Hamma yosh guruhlar uchin rasm chizish faoliyatiga o'rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar: 1. Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o'zaro
proporsiyalashni ko'rsatib berishga, harakat natijasida ularda o'zgarishlarda
o'rgatish.
2. Tasvirlashni obrazli yorqin qiladigan ba'zi bir harakterli detallarni
tasvirlashga o'rgatish.
3. predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o'zaro birlashtirib berishga o'rgatish.
4. Bo'yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko'nikmalarni rivojlantirish.
Bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolalar guruxida rasm chizish malakasining xosil bo'lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya tashklilotlarida rasm chizishga o'rgatish 3 yoshdan boshlanadi. Bu davrda bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri xisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta sekin to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bolani bajarayotganligini emas balki, qalamning harakatini uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog'oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko'rib xursand bo'ladi. Shuning uchun bu davr «Ala-buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta'sir ko'rsatadi. Bu guruxda maktabgacha ta'lim-tarbiya dasturi guruxiy mashg'ulotlarni talab qilmasada, agar bolalar xoxlashsa ularni stol atrofiga o'tirib rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.
2. Bu davrga kelib, nutqi o'sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruxda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o'rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarni turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o'xshatishga o'rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding deb bolani chizgan ishini qaysi predmetga o'xshashligini aniqlaydigan ko'plab savollar beradi. Bola harakati ixtiyorsiz bo'ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o'z harakati natijasida hosil bo'lgan ishida predmet o'rtasidagi o'xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatni o'sishi o'z-o'zidan nutqini rivojlanishiga sabab bo'ladi. Ular tarbiyachi ko'rsatishimiz ishlarida oddiy predmet va xodisalarni tasvir etadi. Masalan: Yomg'ir yog'ayapti, qor yog'ayapti, barglar uchayapti, daryoda suv oqmoqda va boshqalar. 3yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib uni predmetga o'xshatadilar. Masalan: uncha katta bo'lmagan qog'oz betiga qizil bo'yoqda bo'lib, “men gul chizdim” deydi. Bu guruxda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko'k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o'rgatiladi. “Quyosh”, “ko'm-ko'k o'tlar”, “gullar”. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg'ulotdan keyin bo'yoqdan foydalanib bo'yaydi, undan foydalanishni o'rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo'yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan: Barglar daraxtlardan to'kilayapti, “uyda chiroqlar yoqildi”. Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetni oddiy tasviriyga o'rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, bolalarni, tarbiyachi koptok chizadi-bolalar yo'l. Yilning 2-yarmiga bolalar bilan mashg'ulot uyushtirib, uni (mo'yqalam qo'yib olish) qo'g'irchoqni ko'ylagini yoki dastro'molcha va qo'lqopni dog'lar bilan bezashga o'rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o'rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.
Tarbiyachining badiiy so'zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsani obrazli tasavvur etishga yordam beradi. Masalan: quyosh to'g'risida shunday she'r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan xisoblanadi. 1 kichik guruxda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo'llaniladi. Tarbiyachi katta qog'oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi. (mo'yqalamni tikka qog'ozga qo'yish usuli bilan). Bunday mashg'ulotlarni tarbiyachi 5-6 ta bolalar guruxi bilan uyushtirish mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan tip mashg'ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan:bolalarga rasmlar berib, unda nimalar tasvirlanganligini kabi o'yinlar o'tkazish mumkin. Masalan: quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo'lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam byeradi. Tarbiyachi bolalar ishini taxlil qilib ularning ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o'rtasidagi o'xshashlikni ko'rsatib beradi.
Kichik yosh guruhidagi bolalar (3-4 yoshli bolalar) psixolog jixatdan rivojlanadi, turmush tajribalari o'sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo'yicha mashg'ulot olib borganda bolalarning rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalarning rasm ishining sifati emas, balki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo'yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining og'zaki ko'rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko'rsatib bergan usullarini bajarishga o'rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda o'yin faoliyatiga o'tish bilan ajralib turadi. Masalan: doirachalar chizib, uni ichini qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho'qiyapti dyeb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi. Bolalar tasvirlash jarayonida so'z bilan ifodalashga o'rganadilar. Rasmda tasvirlay olmagan voqealarni so'z bilan to'ldiradi. Bolalarda mustaqillik, faollik o'sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg'ulotda olgan bilim va ko'nikmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini tug'diradi. Bolalar turli shakldagi predmetlarni tasvirlashga o'rgatiladi, doira, to'g'ri to'rtburchak, uchburchak va turli yo'nalishdagi chiziqlar to'plamidan iborat narsalarni chizadilar. Predmetlarni shaklini to'g'ri tasvirlashga o'rgatish uchun bolalarni qo'llarini shakliy harakat qilishga o'rgatish lozim. Bolalarni predmet shakli bilan qo'lning shakl harakatlari o'rtasidagi bog'liqlikni o'rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o'rgatishdan oldin, uni mashg'ulot oldidan ko'rib chiqadi.(ya'ni kuzatish olib boradi). Bolalar jonu-dili bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa munchoqlarni tasvirlaydilar. To'g'ri to'rtburchak shaklini tasvirlashga bolalar bu guruhda qiynaladilar, shuning uchun bu shakl yilning 2 yarmida beriladi. Bolalar archa, daraxt tursa yiqilmas qo'g'irchoq, aravachani tasvirlaydi. Ranglarni qizil, sariq, ko'k, yashil, qora, oqlarni bilishga o'rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlarni (pushti, havo rang va zarg'aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu guruh bolalarini ranglarni to'g'ri atash va tasvirlash aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi asta-sekin predmetlarni rang tusini xaqqoniy tasvirlashga o'rgatib borishi kerak. Masalan:Ko'm-ko'k o'tlar o'smoqda, o'tlarda sap-sariq jo'jalar o'tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruxda bolalarning mazmun jixatidan juda sust bo'ladi, ya'ni ishlar mazmuni asosan so'zda ifodalaniladi. Masalan: mashina chizib, so'z bilan mazmun beradi, u bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib elyapti. Mashg'ulot davomida bolalar bir turdagi predmyetlarni bir necha marta tasvirlashni o'rganadilar. Bu esa bolalarni texnik ko'nikmalarini mustaxkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi vazifalar berishi mumkin. Masalan: o't ustida yurgan jo'jalar yonida don yoki turli chuvalchanglarni chizishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan ishlarini mazmunan boyitib borish va bolalarni ham shunga o'rgatib borish lozim.
kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Hayotni 3-4 yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni ham bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma'nosini biladilar. Ular o'zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o'xshatib chizadilar. pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga urinishni rag'batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda turli shakllarni to'g'ri tasvirga o'rgatib borish zarur.
Bu yoshda tasviriy faoliyatni o'rgatish vazifalari bir rejaga qo'yilgan.
• Sodda predmetlarni asosiy belgilari (rang, shakl) byerib, turli xil to'g'ri va aylanasimon shakllarini tasvirlashga o'rgatish.
• Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish;
• Kompozitsion ko'nikmalarni, qog'ozni o'rtasiga tasvirlarni joylashtirshni rivojlantirish.
• Texnik ko'nikmalarni o'zlashtirish.
Bu guruhda to'g'ri va egri chiziqlarni to'g'ri chizishga o'rgatish birinchi vazifa bo'lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha chapdan o'ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o'rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo'lakcha, qalam, yomg'ir shaklida chizish mumkin. kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to'g'ri chiziqdan iborat) bo'lgan predmetlarni ancha qiyin, chunki uch yoshli bolaning taxlil sintez qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu gurux dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo'lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiritilgan. Shakl qanchalik murakkablashsa rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq predmetlarni tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o'rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, sariq rang quyi, yashil rang archa va boshqalar.