O'rta guruhda dyekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Dekorativ rasm chizish bolalarga 4 yoshdan boshlab o'rgatiladi. O'rta guruxda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning vazifalari quyidagilar:
• Chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;
• Ranglar xissini rivojlantirish-ya'ni, kontrast, yorkin ranglarni chiroyli moslashtirish;
• Turli yirik va mayda shakllarni-naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;
• Mo'yqalamdan foydalanishning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish, qog'ozga yengil tekkazib, nuqtalar hosil kilish;
Mo'yqalamning boshchasidan to'g'ri chiziqlar o'tkazishda, hamda dog'chalar hosil qilish usulida mo'yqalamdan to'liq foydalanish; O'rta guruxda dekorativ rasm chizishning kompoziцion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga o'xshashdir. Boshlang'ich mashg'ulotlarda, bolalar mo'ykalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida mo'yqalam yordamida dog'chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o'rganadilar. Bunda dog'chalarning ranglarini, va naqsh murakkablashgan sari, o'rnini o'zgartiradilar. Mo'yqalam yordamida dog'chalar hosil qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo'lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi va mo'yqalamni qog'ozga botirib olishdan hosil bo'ladi. Shuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish usuli kiritiladi, so'ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi. Nuqta hosil qilish mo'yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo'yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga bolada koordinatssion harakat yetarlicha rivojlangan bo'lishi kerak, chunki mo'yqalam qog'ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang'ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun hos bo'lgan qo'lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.
Almashinuv - kompozitsiyaning murakkablashgan usulidir. Chunki u bir nechta shakllarning o'zaro moslashuviga asoslanadi. O'rta guruxdagi bolalar uchun ikkitagina elementni shakli va rangi bilan navbatma-navbat almashtirish yetarli bo'ladi. Dasturdagi materialning mukammallashib borishi murakkabroq kompozitsiya bilan naqshda yangi tasviriy elementlarni kiritish xisobidan hosil bo'ladi. Nuqtalar chizish va mo'yqalamni botirib olish usulidan tashqari, bolalar naqshda doirachalar, halqalardan foydalanib chizishni o'rganadilar. Bu elementlarni bolalar kichik guruxlarda tasvirlashni o'rganganlar.
Dyekorativ rasmda bu shakllarni chizish ancha o'zgaradi: ular ancha kichik xajmda, chizayotganda shakllar bir-biriga xajmi jixatdan mos bo'lishi kyerak; undan tashqari, bu shakllar pryedmyet obrazi bilan bog'lik emas, bu albatta bola uchun tasviriy proyessini murakkablashtiradi. Bolalar yana, naqshni faqat bir chiziqda emas, balki turtburchak shaklida, doirada ham joylashtirishni o'rganadilar. Bu shakllar naqshda
boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to'g'ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to'rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor. Quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi.
• Aylana, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda qo'llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish.
• Rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglarni mos holda ishlatishni o'rgatish.
• Naqshning oddiy elementlarini chizishga o'rgatish.
• Mo'yqalamdan foydalanishning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish (qog'ozda yengil yurg'izish, tochkalar qo'yish, chiziqlar chizayotganda mo'yqalamning butun usti bilan chizish).
Avval bolalar mo'yqalam bilan to'g'ri chiziqlarni chizishni va ularni orasiga nuqtalar qo'yishi, ranglarni ketma-ket almashtirib chizishni o'rgatadilar. Undan tashqari bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o'rganadilar.
Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha murakkabroq topshiriqlarni berish mumkin. Chunki bu yoshda bolalarning estetik xissiyotlarining rivojlanish darajasi ancha yuqoridir. Bolalarga quyidagilarni o'rgatish zarur:
• Qog'oz shakliga yoki xajmli predmyetga nisbatan naqshni simmetrik joylashtirish;
• Naqshda turli xil to'g'ri, doirasimon chiziqlardan, shakllardan, hamda o'simlik elementlaridan foydalanish;
• Asos (fon) ga nisbatan ranglarning chiroyli moslashuvini topish;
Mo'yqalamdan maxorat bilan foydalanish (uchi bilan chizish, boshchasi bilan to'liq chizish, mo'yqalamni turli yo'nalishda harakatlantira olish). Boshlang'ich mashg'ulotlarda o'rta guruxda hosil qilingan malakalar mustaxkamlanadi. Ular quyidagilardan iborat: turli shakllarda mo'yqalam yordamida to'g'ri chiziq chizish, botirib olish usuli bilan chizish, nuqtalar chizish. Bu-o'rta gurux materialini oddiygina qaytarish emas. Bolalarning ixtiyoriga bir necha xil ranglar,
hamda naqshda bir-biriga moslashadigan elemyentlarning turli xajmlari xavola qilinadi. Yilning boshida bolalarga doira ichida naqshni chizishning yangicha usuli o'rgatiladi, ya'ni markaz, hamda konsentrik aylana bo'ylab simmetrik elementlar chiziladi. Doira va kvadratdan tashqari naqshni tuzish uchun bolalarga-oval, uchburchak, rozeta (to'pbarggul shaklidagi bezak), oltiburchak kabi shakllar beriladi.
Katta guruhda kompozitsion usul sifatida elyementlarni navbat bilan almashib chizish prinsipidan foydalaniladi; bunday usul naqshni yanada dekorativlashtiradi. Navbat bilan almashib chizishda naqsh o'z ichiga turli xil shakldagi va rangdagi 2-3 xil elemyentni olishi mumkin. Naqshning bezak elementi sifatida bolalar turli chiziq shakllaridan (enli va ensiz chiziqlar, botirib olib chizish, nuqtalar, doirachalar, aylanalar chizish) va murakkabroq bo'lgan–o'simlik shakllari (barglar, myevalar, gullar) dan foydalanishni o'rganadilar. Bunday o'simlik shaklidagi elemyentlarni bir nyecha marta qaytarib chizish bolalar uchun ancha murakkablik qiladi. Bolalarga yana mo'yqalamdan foydalanishning yangicha usuli ko'rsatib beriladi, ya'ni qog'ozga mo'yqalamni yon tomoni bilan botirib olish usulidir. Bunday botirib olish natijasida hosil bo'ladigan bosmalar barg shaklida bo'ladi va ulardan gullarning, barglarning naqshini chizishda foydalanish mumkin. (mo'yqalamning raqamini inobatga olgan holda: № 3, № 5, № 6.)
Katta guruxda bolalar rangli fonga moslashtirgan holda turli ranglar jilosidan foydalanishni o'rganadilar. Dekorativ rasmda mazmunli rasmga nisbatan fonning rangi juda ham turli xil bo'lishi mumkin. Yorqin ranglarning moslashuvidan tashqari, bolalar ranglarning chiroyini ma'lum bir ranglar majmui (gamma) da (ko'k, xavo rang, oq, qizil, olov rang, sariq va xokazo) ko'rishni o'rganadilar. Bolalar bir xil rangdagi, sidirg'a naqshlarni xis qilish layoqatiga egalar. Masalan: qor parchasining naqshi, turning jimjimador naqshi. Katta guruxda bolalarni xajmli buyumlarda naqshlarni hosil qilishga o'rgatiladi. Bunday rasm chizishning murakkabligi shundaki, naqsh kompozitsiyasini ko'zatish qiyin, negaki chizuvchi uni qisman ko'ra oladi va naqsh elemyentlarining shakli buyumning yuzasi qavariqligidan ozmuncha o'zgaradi. Masalan: ko'zani yoki biror o'yinchoqni bezatish. Shuning uchun bolalarga naqsh bilan bezash uchun beriladigan xajmli buyumlar sodda shaklga bo'lishi kerak. Masalan: Xamro buvi uyinchoqlari namunasi asosida loydan yasalgan-qushlar, otlar. Xamro buvi o’yinchoqlarining naqshi sodda va ritmikdir-turli kenglikdagi to'g'ri va to'lqinsimon chiziqlar bilan nuqtalarning, doirachalarning, xalqachalarning moslashuvidan iborat. Bu ornamentlar rangi jixatdan oq fonning bir necha asosiy yorqin ranglar bilan oddiy kontrast (kyeskin) moslashuvini beradi. Bolalarni quyidagi vazifalarga o'rgatish kerak.
Varaqning shakliga mos qilib naqshni simmetrik chizish.
Naqshda turli to'g'ri, egri chiziq va shakllardan o'simlik elymentlaridan foydalanish.
Fondan kyelib chiqib, ranglarning turli ottenkalaridan foydalanish.
Mo'yqalam bilan ishlash (uchi bilan, butun uchi bilan, turli yo'nalishlarda erkin harakatlantirish).
Bolalar to'g'ri to'rtburchakka, aylanaga, kvadratga naqshni chizishni o'rganib boradilar. Bulardan tashqari oval, uchburchak va oltiburchak ichiga naqsh chizishni o'rganadi.
Tayyorlov guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Olti yoshdagi bolalarni dekorativ rasm chizishga o'rgatish vazifalari quyidagicha:
Kompozitsiyalash xissini rivojlantirish: yassi va xajmli shakllarda predmetning ahamiyatliligiga va belgilangan maqsadiga nisbatan naqshlarni tuzish.
Ranglar hissini rivojlantirish: turli xildagi ranglardan, ularning nozik rang jilosi (ottyenok) dan turli moslashuvlarda foydalanish.(Qizil- pushti rang; ko'k-moviy rang; yashil-och yashil rang; qora-kul rang).
Xalq dekorativ naqshlarining turli ko'rinishlarining ahamiyatini ko'ra olishni o'rgatish; rasmlarda halq naqshining aloxida elementlaridan foydalanish;
Qalam va bo'yoqlar bilan chizish texnik ko'nikmalarini takomillashtirish.
Maktabga tayyorlov guruxiga yumaloq to'g'ri burchakli shakllarda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo'lgan bolalar keladi. Ularga yangi shakllar-to'g'ri to'rtburchak va ko'pburchak, hamda turli xildagi yassi shaklli predmyetlar-vazalar, ko'za
(kuvshin) lar, piyola (chashka) lar, qo'lqoplar, shapkalar va xokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmyetlar to'g'ri geomyetrik shaklga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydalanishni talab qiladi. (Masalan: ko'zacha bo'ynining chyetiga-chiziqli ornament (naqsh) chizilsa, yumaloq qismi esa-markazda chiziladigan naqshdan foydalaniladi). Undan tashqari simmyetriya haqidagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o'ng tomonga joylashtirish bilan tanishadilar. Undan so'ng bolalar to'rsimon byezak prinцipi asosida bir turdagi naqsh bilan-elyemyentlarni shaxmat kyetma-kyetligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni to'ldirish usulini egallaydilar. Bolalar matolar uchun, qo'g'irchoqning ko'ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Uchburchakdagi naqsh faqat chyetlarida, burchaklarida bo'lmay, balki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo'ylab tarqalishi mumkin. Bunday hollarda tyeng tomonli uchburchak shakli emas, balki yon tomonlari tyeng bo'lib, tugri yoki utmas burchakli uchburchak shakli olinadi. Bolalar ularda uchburchak shaklga ega bo'lgan ro'molcha naqshini chizadilar. Naqshni chizish uchun bolalar turli tabiiy shakllardan (o'simliklar, hayvonlar) foydalana boshlaydilar. Maktabga tayyorlov gurux bolalari halq dyekorativ naqsh byezaklarining elyemyentlaridan o'z naqshlarida foydalanishlari mumkin. Bunda asosiy usul saqlanib qolishi kyerak. Tarbiyachi bolalarni halq san'atining namunalariga qarab, naqsh jimjimalarini, mayda va yirik shakllarni o'zaro moslashtirishni, ularni o'tsimon byezak bilan byezashni, byerilgan naqshga hos ravishda ranglardan ma'lum moslashuvda foydalanishni o'rgatadi. Xamro buvi uyinchoklari namunasida loydan yasalgan o'yinchoqlarni byezashdan tashqari, bolalar yana papьye-mashyedan yasalgan katta-kichik likobchalarni, piyolalarni naqshlar bilan byezashlari mumkin.
• Tayyorlov guruxda bolalar faqat bo'yoqdan emas, balki rangli qalamlardan ham foydalanishni o'rganadilar. Kichikroq guruxlarda rangli qalamlardan faqat mazmunli rasm mashg'ulotlarida foydalanilar edi, chunki bolalar qalam bilan kyerakli ranglarni mye'yoriga yetkaza olmasdilar; bu esa dyekorativ rasmda juda katta ahamiyatga ega. Ozoda, bir tyekisda yorqin shtrixlash kabi tyexnik qiyinchiliklar ko'pgina diqqatlarini va kuchlarini olib qo'yar edi. Tayyorlov guruxidagi bolalarda
• ma'lum ko'nikmalar mavjud bo'lib, ular qalamdan turli rang jilolarini hosil qila
oladilar. Masalan: gulning har bir gulbargini markazdan qalam bilan turli xil bosimda shtrixlanadi. Bolalar faqat yorqin ranglarning moslashuv go'zalligini emas, balki nozik, sokin va bir vaqtning o'zida ko'zlar uchun yokimli bo'lgan ranglarning go'zalligini ko'rishga o'rganadilar. Tayyorlov guruxida bu vazifa qalam hamda bo'yoqlar bilan chizishda xal qilinadi. Dekorativ rasmda barcha guruxlarda faqatgina guashdan foydalaniladi, chunki guashьda bir rang ustiga boshqa rang bilan chizish imkoni bor; dekorativ rasmda ko'pincha bunday ustma-ust chizish talab qilinadi va akvarel bo'yoq bunday imkonga ega emas.