Tayyorlov guruhda syujyetli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko'nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o'rgatish vazifalarini murakkablashtirishi imkoniyatini byeradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
• Bolalar rasmlarning mazmunini boyitish byerilgan mavzu bo'yicha rasm syujyetini bolalar mustaqil holda aniqlashga o'rgatish.
• mazmunda harakat natijasida pryedmyetning shaklini o'zgartirishga o'rgatishi (masalan, engashishni, yugurishni)
• Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; pryedmyetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog'ozning pastga, uzoqdagilarni tepasiga (razmyerlarini o'zgartirmaslik).
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish mustaqil holda syujyetga mos rangni berishga o'rgatish.
Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachiga berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, “Uy qurish” mavzusi bo'lsa, bolalar o'zlari qanaqa uy, kim quryapti, qayerda kabi savollarga javob byeradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o'zgarishini bilishadi shu o'zgartirishlarni tasvirlay oladilar.
Maktabgacha ta'lim muassasasida dekorativ rasm solishga o'rgatishning vazifalari.
Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyug'uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san'ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san'at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg'ularni tarbiyalash kyerak. Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o'z ichiga oladi.
• Naqshning turlicha shakllarini bog'liq holda kompozitsion hisni bolalarda shakllantirish.
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
• Xalq amaliy san'atining stillarining farqlashga va ularning alohida elementlarini bolalarning o'z ijodida foydalanishga o'rgatish.
• Qalam va mo'yqalam bilan chizishning texnik ko'nikmalarini mustahkamlash.
Bolalarni dekorativ rasm chizishga o'rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponyentlari, ranglari, kompoziцiyalari, shakl elemyentlari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'ra olish malakasini rivojlantirishi zarur. Bola predmyetni shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan ornamenti, naqshi o'zgarishini xis qilishi va albatta, tushunishi zarur. Shundan kyelib chiqgan holda u naqsh bilan bezashning ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o'rtasidagi bog'liqlikni bilib, tushunib boradi. Bolalarni dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil qilishga o'rgatish zarur. Chunki ekorativ san'at olami ritm va simmyetriyasiz mavjud bo'la olmaydi. Dyekorativ rasm chizishda asosiy vazifalardan biri-rangni xis qilishni rivojlantirishdir. Rang-naqsh ornamyentida kompoziцiya bilan chambarchasbog'langan, naqsh byezagida ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kyelib, uyg'unlashishini albatta, barchasini o'zlashtira olmaydilar. Lyekin, rang xissi ularda bog'chagacha bo'lgan yoshdan boshlabm rivojlana boshlaydi. Dyekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruxda murakkablashib boradi: yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottyenok) ning turli uyg'unlashuviga qadar. Bu vazifani amalga oshirishni bolalar eng sodda tasviriy shakllarni chizishni o'rganib bo'lganlaridan keyingina, bolalar diqqatini yangi vazifaga konsyentraцiyalash ya'ni, qaratish lozimdir: bu-shu oddiy-sodda shakllarni naqsh hosil qilish uchun ma'lum bir ketma-ketlikda joylashtirishdir.
Boshlangich tasvirlash ko'nikmalarga bolalar birinchi va ikkinchi kichik guruxda ega bo'ladilar. Ikkinchi kichik guruxda ayrim vazifalar dyekorativ haraktyerga ega. Masalan: «Ro'molchaning chyetini chiziqlar bilan byeza». Lyekin bunday mashg'ulotning asosiy maqsadi-naqsh hosil qilish emas, to'g'ri chiziqlarni turli yo'nalishda o'tkazish malakasini mustaxkamlashdir.