O'rta guruhda rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar:
• To'g'ri to'rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarni tasvirlash ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o'rgatish.
Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o'rgatish. Qog'oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvini bilishda rivojlantirish. Rasmni qalam va bo'yoq bilan bo'yashda texnik ko'nikmalarni mustahkamlash.
Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmetning qismlarini tasvirlash o'rgatiladi. (yuqorida, pastda, bir tomonda, boshqa tomonda) hamda bir qancha proporsional joylashgan qismlarni tasvirlash o'rgatiladi. Bu alohida qismlarni o'zaro solishtirish va taxlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 tomonlama joylashgan novdalari bilan. Bu guruhda tasviri qiyin bo'lgan ob'yektni odamni rasmini chizish mashg'ulotlarga kiritiladi. Odamni chizishdan oldin bolalar soddaroq shakllarni qorbobo, nevolyashka, matryeshka, qo'g'irchoqlarini chizish edi. Katta guruhda rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda bolalarni tasviriy va yorqin obrazlarni yaratish qobiliyatlarini tasvirlash turli usullardan foydalanib chizishga o'rgatiladi.
Quyidagi vazifalar bor: • Predmyetning shaklini uning byelgilarini hajmini va qismlarining joylashishini o'rgatishni davom ettirish.
• Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o'rgatish.
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash.
• Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo'yoqlar, mo'yqalam harakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko'nikmalarni rivojlantirish.
• Rangli bo'rlar, ko'mirlar, akvarel bo'yoq bilan chizish usullarini o'rgatish.
Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetni o'xshash va farqli tomonlarini tasvirlash va topishga o'rganadilar. Masalan, 2ta turli olmalar shakli va rangi bilan farqlanadi, yoki lavlagi bilan turup, ular sabzavotlar uchun umumiy bo'lgan dumaloq shaklda. Bu guruhda bolalar yana asosiy spyektr ranglari bilan tanishib, rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarishni o'rganadilar. Bolalar rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmyetning umumiy belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar.
Tayyorlov guruhida rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.
Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko'nikmalarga o'rgatish yakunlanadi. Quyidagi asosiy vazifalar bor:
• Naturadan va tasavvur qilishdan predmyetning harakterli belgilari tuzilishini, hajmini tasvirlashga o'rgatish.
• Shakl va bo'yoqlarning boyligi tasvirlab berishga yorqin obrazlar yaratishga o'rgatish.
• Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (predmyetning hajmi va formasining harakterini hisobga olib predmyetni qog'ozda joylashtirish).
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (1 rangni turli ottenkalarini bera olish qobiliyati).
• Texnik ko'nikmalarni rivojlantirish (bo'yoqlarni boshqacharoq bo'yoq olish uchun aralashtirish, predmet shakli bo'yicha qalamda shtrix o'tkazish).
Olti yoshli bolalarda analitik fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo'ladi. Ulardan turga mansub predmetlar belgisini ajrata olganliklari kabi, ularning bir predmetni boshqasidan ajratib turuvchi individual xususiyatlarini ham tasvirlay oladilar. Bu esa ijodiy tasavvurni rivojlantiradi.