Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekiston Prezidentining tegishli farmon va qarorlari ijrosi doirasida Toshkent shahrida ham maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bog’chalar tarmog’ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yunusobod tumani Bog’ishamol mahallasida joylashgan 74-maktabgacha ta’lim muassasasi joriy yilda rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ta’mirlandi. Mashg’ulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlar bilan jihozlandi. Oshxona va sport zali yangidan qurildi.
Bugungi kunda muassasada 375 ta bola ta’lim-tarbiya olmoqda. Prezidentimiz bog’chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, xodimlar bilan muloqot qildi. Biz uchun birinchi o’rinda bolalarimizning ma’naviyati, bilimi, sog’ligi. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha ta’limga katta e’tibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning ko’zidagi nurni ilg’ab olish, ularga yaxshi tarbiya berish, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi.