Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg’ulot jarayonlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid ilmiy, huquqiy-normativ manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umulashtirish.
Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Maktabgacha ta’lim bo’limi, Maktabagcha ta’lim tashkiloti.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg’ulotlarni tashkil etish va jarayonlarni o’rganish
Kurs ishining metodolari:Mavzuga oid normativ me’yoriy hujjatlarni soxaga oid Prezident qarorlarini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzulishi va hajmi: kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat.
I.Bob. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim tarbiya berishning ahamiyati Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonidagi o’rtog’iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo’la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi qo’shnilari e'tiborini jalb qila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta'sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtog’ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqi shuningdek, ob'yektiv aloqalarning o’ziga xos sohasi sifatida namoyon bo’ladi va bularni so’z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan o’ynab turib anglaydi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog‘chasidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o‘yin, mehnat, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi.
So’nggi yillarda nutq rivojlanishidagi ayrim bosqichlarni o’rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun umri mobaynida til boyliklarini egallagani holda o’z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim bosqich maktabgacha yoshga to’g’ri keladi.
Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni va har bir mashg‘ulot qancha davom etishi belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining haftalik mashg‘ulotlar jadvalini tuzadi, bu ta’limning hamma bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.