MASHG\'ULOT MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA\'LIM BERISHNING ASOSIY SHAKLI1
2.1 Bolalarni kichik va o`rta katta yosh guruxlarida tarbiyalash. Tarbiya vazifalari, mazmuni va metodlari umuman bir yoshgacha bo`lgan davr uchun emas, balki bolalarning har bir yosh davridagi rivojlanishlariga muvofiq ravishda qarab chiqilishi kerak. Bolalar bog`chasida tarbiya dasturi har bir davr uchun ko`proq xarakterli bo`lgan malakalarni belgilab beradi, bular bolalarning umumiy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachilarning diqqate'tibori avvalo anna shu malakalarni o`z vaqtida rivojlantirishga qaratilgan bo`lishi kerak. Masalan, bola 2,5-3 oylik bo`lguniga qadar unda diqqat qo`yib ko`rish va eshitish malakalarining o`z vaqtida hosil bo`lishiga, o`zini mumkin qadar ko`proq tetik his qilishiga va serzarakat bo`lishiga, bolada tebranish, so`rg`ich, barmog`ini so`ri shva boshqa shu kabi yaramas odatlarning paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik nihoyatda muhimdir. 9-10 oylikdan bir yoshgacha bo`lgan bolalarda esa nutq o`stirish va narsalar bilan murakkab harakatlar qilishni rivojlantirish asosiy vazifa bo`lib hisoblanadi. Bir yoshgacha bo`lgan bolalar hayotini tashkil etish.Kundalik rejimning Aniq bajarilishi bir yoshgacha bo`lgan bolallarning to`g`ri o`sishi va rivojlanishi uchun zarur shartdir.3-5 haftalik bolalar ko`p vaqtlarini uyqu bilan o`tkazadilar. Lekin bolalarning usib borishlariga qarab sutkalik uxlash vaqti kamayadi, shunga muvofiq uyg`oqlik vaqti ortadi. Bolani ikki oyligidan boshlab muayyan rejimga o`rgatish mumkin. Sutka davomida bolalarning ovqatlanish, uxlash va uyg`oqlik vaqtlari, ularning yoshiga muvofiq ravishda, quyidagi tarzda taqsimlanadi; 1,5 oylikdan 3 oylikkacha bo`lgan bolalar 7 marta, har 3 soatda emiziladi, 1-1,5 soatdan 4-5 marta uyg`oq bo`ladilar, kunduzi 1,5-2 soatdan 4 marta, kechasi esa kechqurun soat 19.30 dan ertalab soat 6 gacha uxlaydilar; 3 oylikdan 5-6 oylikkacha bo`lgan bolalar 6 marta, har 3 soatda emiziladi, ular 1,5 soatdan 4-5 marta uyg`oq bo`ladilar, kunduzi 1,5-2 soatdan 3-4 marta, kechasi esa soat 19.30 dan ertalabki 6 gacha uxlaydilar; 5-6 oylikdan 9-10 oylikkacha bo`lgan bolalar 5 marta shar 4 soatda ovqatlantiriladi, 2- 2,5 soatdan 4 marta uyg`oq bo`ladilar, kunduzi 3 marta 1,4-2 soatdan, kechasi esa soat 20.00 dan ertalab 6 gacha uxlaydilar; 9-10 oylikdan 1 yoshgacha bo`lgan bolalar 4-5 marta har 4 soatda ovqatlantiriladi, ular 3 marta 3-4 soatdan uyg`oq bo`ladilar, kunduzi 2 marta 2-2,5 soatdan, kechasi esa 20.00 dan ertalab soat 6 gacha uxlaydilar. Bir yoshgacha bo`lgan bolalarning kundalik rejimi bolaning ovqatlanish oldidan uxlashini, ovqatlangandan so`ng uyg`oq bo`lishini ta'minlaydigan qilib tuzilishi kerak.Agar bir gruppada turli yoshdagi bolalar bo`lsa, bolalarni yosh gruppachalariga aniq taqsimlagan holda, boshqa-boshqa xildagi ikki yoki uchta rejim belgilash zarur. Shunday qilinganda bir gruppadagi bolalar uxlaganda, ikkinchi gruppadagilar uyg`oq bo`ladilar. Bu esa bolalarga yaxshiroq qarashga imkon beradi, bundan tashqarii bolalar shovqin-surondan kamroq charchaydilar. Har bir bola uchun rejim belgilashda faqat uning yoshini emas, balki jismoniy rivojlanishini ham e'tiborga olish kerak. Salomatligi yaxshi jismoniy rivojlangan, nerv sistemasi mustahkam bo`lgan bolalar boshqalardan oldin katta gruppacha rejimiga o`tkazilishi mumkin. Aksincha, salomatligi zaifroq bolalarga esa kichikrok yoshdagi bolalarning rejimi mos keladi. Bolalarning rejimi sutkalik qilib tuziladi, ya'ni bolaning bog`chada va uyda bo`ladigan vaqti uchun tuziladi. Qabul qilingan qat'iy amal qilinishi kerak. Tarbiyachi ertalab bolani yasliga qabul qilish vaqtida bolaning uyda necha soat va qanday uxlaganligini aniqlashi, agar u yomon uxlagan yoki etarlicha uxlamagan bo`lsa, shu kuni bolaning yaslidagi uxlash vaqtini uzaytirishi lozim. Agar bola soat 6 da uyg`ongan bo`lsalar, ularni yaslida 8 da uyg`ongan bolalardan oldin ovqatlantirish va uxlatish kerak. Shuning uchun yosh sostavi bir xil bo`lgan guruhlarda hali ko`pincha bolalarni rejimi xilma-xil bo`lgan ikkita guruhga-erta va kech uyg`onganlar guruhchalarga bo`lish zarurati paydo bo`ladi. Bolalar muassasasiga kelgunga qadar boshqa rejimda yashagan bolani astasekinlik bilan yangi rejimga o`rgatish kerak. Rejim tuzayotganda bolaning uxlash, uyg`oqlik vaqt iva ovqatlanishinigina emas, balki xilma-xil faoliyat turlarini ham to`g`ri navbatlashib kelishini nazarda tutish lozim. Shuning uchun bolalarning uyg`oqlik vaqtidagi mustaqil o`yini, tarbiyachi o`tkazadigan mashg`ulotlar bilan, xonadagi o`yin, sayr qilish bilan, harakatli o`yinlar harakatsiz o`yinlar bilan almashtirib turilishi kerak. Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularni ovqatlantirish, uxlatish vaqtin iva tualetni metodik jihatdan to`g`ri o`tkazish kerak. Faqat shundagina bolalarda yaxshi ishtaha bo`lishini, ularning yaxshi uxlashini, yuvintirish va cho`miltirish bamaylixotir munosabatda bo`lishini ta'minlash mumkin bo`ladi. Bola bir yoshgacha ona sutini emishi zarur. Ona bolani emizishdan oldin qo`lini yuvishi, ko`kragini esa qaynagan suv bilan yuvib olishi kerak. Buning uchun bolalarni yasliga qabul qilish xonasida qaynagan suv solingan idish, toza paxta va foydalangan paxtani tashlash uchun tos bo`lishi lozim. Bolalar emchak uchini og`izlariga to`la olishlari, ona ko`kragini qo`llari bilan ushlab turishlari, yaxshi emishlari uchun ularning bu boradagi faoliyatini o`stirmoq kerak. Bolada charchash alomatlari paydo bo`lsa, 2-3 minut tanaffus qilish, keyin emizishni Yana davom ettirish lozim. Agar onaning suti kam bo`lsa, vrach qo`shimcha ovqat belgilaydi. Bolaga 3-4 oydan boshlab meva yoki sabzavot sharbati berish kerak. 5 oydan boshlab 5% manniy kashadan iborat qo`shimcha ovqat berilsa bo`ladi. Qo`shimcha ovqat asta-sekin, avval emizishdan oldin, bir kunda 1 marta 3-4 choy qoshiqdan yedirib boriladi, so`ngra esa 7-8 kundan keyin 3-4 stakangacha etkaziladi. Emizishlardan biri o`rniga sabzavot pyuresi yoki kasha beriladi. Bolaga 4,5-5 oyligidan boshlab qoshiqda ovqat edirish kerak, 7-8 oyligidan boshlab esa kattalar ushlab turgan piyoladan choy ichiriladi. Bolani ovqatning yangi xiliga va ayni bir zamonda qoshiqda eyishga o`rgatmaslik kerak. Bolani ovqatlanish vaqtida faollik qo`rsatishga o`rgatish kerak: uning o`zi, kattalarning qistovisiz, og`zini ochsin, 7-8 oylardan boshlab non, pechenelarni qo`lida ushlasin va ularni mustaqil ravishda yesin. Bolaning ovqatlanish vaqtidagi holati uning o`sishiga qarab o`zgarib boradi: bola 4-5 oylardan boshlab yarim o`tirgan holda, 7 oylarda –enaganing tizasida o`tirib, qoshiq bilan eyishni o`tirgandan keyin esa, stulda o`tirib ovqatlantiriladi. 6 oyligidan boshlab, bolani ovqatlantirish vaqtida ovqatlanish bilan bog`liq bo`lgan buyum va harakatlarining nomini aytib, gaplashish kerak. Bolalar navbatdagi ovqatni kutib o`tirmasligi kerak, hamma narsa oldindan tayyorlangan bo`lishi zarur. Bolalar jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanishlari uchun har kuni rejimda ko`rsatilgan vaqtga binoan tinch va yaxshi uxlashlari lozim. Uyqusi kelgan bolalarni birinchi bo`li byotqizish kerak , bolalarning manejda uxlab qolishiga yo`l qo`ymaslik, darkor. Bolalar ochiq havoda yaxshi uxlaydilar. Agar ochiq havoda uxlatish imkoniyati bo`lmasa, bolalarni oynasi ochib qo`yilgan alohida xonaga yotqizish zarur. Rejimga o`rganmagan, vaqtida uxlamay yig`laydigan bolalarni yaxshisi boshqa bolalardan keyin va alohida xonada uxlatgan ma'qul. Odatda bolalar bir vaqtda uyg`onmaydilar. Uyg`ongan bolani xonadan olib chiqish, kiyintirish, ovqatlantirish, manejga o`tqazib qo`yib, o`yinchoqLar berish kerak. Agar bola vaqtidao`yg`onmasa uni uyg`otish lozim. Kichkintoylar gigienik jihatdan yaxshi qarab turishga muhtoj bo`ladilar. Har kuni ertalab bolaning xojatini bekamiko`st o`tkazish kerak. Ertalabki xojat, bolalarni yuvintirish bilan tugallanadi (yuvintirishda ham, xuddi yuzini yuvish kabi oqib turgan issiq suv bo`lishi kerak). 6 oygacha bolalarni har kuni, keyinchalik esa kun ora cho`miltirish kerak, cho`miltirilgandan so`ng quloqlari orqasiga, ko`ltig`lariga va boshqa qiyiladigan joylariga vazelin yoki o`simlik yog`i surtiladi. Bolalarni ilk yoshlik chog`idan boshlab ozodalikka o`rgatish lozim. Bu esa kattalarning bolaning iflos qilib qo`ygan kiyim-boshlarini qanchalik tez almashtirishlariga bog`liq. Bolalarni taxminan 8 oylardan keyin gorshokka o`tirishga odatlantirish kerak. Bu ish kun sayin muntazam ravishda va faqat bolalar bunga ehtiyoj sezganlarida: uxlatishdan oldin, uyqudan turgandan keyin (agar ular quruq yotgan bo`lsalar ), ovqatlanganlaridan keyin 15-20 minut o`tgach, o`tqizilishi lozim. Bolaga qarash yuzasidan bo`ladigan barcha protsesslarni o`tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur; a) barcha protsesslarni shoshmasdan bolada nomaqbul tuyg`ular hosil qilmasdan bajarish;
b) bolalarga qarashni ularning ishsiz turishlariga yo`l qo`ymaydigan holda o`tkazish: stolga o`tirishlari bilanoq ovqat berish; bolalarning tualetga va yotoqxonaga 2-3 tasini birdaniga olib borish (qolgan bolalar bu vaqtda o`ynab turishlari mumkin); v) tarbiyachi har bir bolaning yaxshi ovqatlanishini, o`z vaqtida uxlatilishini, to`yib uxlashini, uning doimo toza, tagi quruq, o`ng`ay va ixcham kiyingan bo`lishini, charchamasligini kuzatib borishi kerak; g) bolalarni qurbi etadigan harakatlarni, ishlarni va ular bilan bog`liq bo`lgan protsesslarni bajarishga o`rgatish lozim; d) ovqatlantirish, uxlatish va tualetni o`tkazishda metodikaning birligi va tarbiya usullarining doimiyligi zaruriy shartlardandir. Bola bilan munosabatda bo`lishda bola odatlangan usullarning har qanday o`zgarishi uning xatti-harakatiga salbiy ta'sir qiladi. Sog`lom bolalarni, ularning ikki oyligidan boshlab, manejga (ochiq havoda) yotqizib qo`yish (ikki oylikkacha bo`lgan bolalarni odeyallarga o`rab, qo`llari chiqarib qo`yiladi, 2-2,5 oylardan boshlab ishton, polzunki kiydirgan holda) kerak. Ularning qarab yotishi uchun har xil rangdagi yarqiragan o`yinchoqlar (bolaning ko`kragidan 50 sm yuqoriga) osib qo`yiladi. Bolalar bu o`yinchoqlarni ushlaydigan bo`lganida (2-3 oyligida), bola qo`lini rostlaganda osonlik bilan ushlaydigan qilib osib qo`yish lozim. Manejda osib qo`yilgan o`yinchoqlardan tashqarii, turli xildagi shiqildoqlar, rezina yoki sellyuloiddan qilingan o`yinchoqLar bo`lishi kerak, qorni bilan yotgan bolalar bularni olishlari mumkin; yana bolalarning qarab yotishi uchun 2-3 ta kattao`yinchoqlarni qo`yib qo`yish zarur. O`yinchoqlarni har er, har erga qo`yib qo`yiladi, uyg`oqlik vaqtida o`yinchoqlarni almashtirish lozim. Bolalarning uyg`onish vaqtigacha manejda barcha sharoitlar tayyorlangan bo`lishi kerak. Har bir manejda, kattaroq bolalarning kichkintoylarga halaqit bermasligi uchun, yoshlari bir-birlariga deyarli teng bo`lgan 6-8 ta uyg`oq bola yotqizib qo`yiladi. Tarbiyachi bolalarning butun manej bo`ylab taqsimlanishiga e'tibor berishi zarur.
Bola uyg`oq vaqtida uning oldiga tez-tez kelib turish, uni erkalatib gaplashish, ashulalar aytib berish kerak. Shunday qilganda bolaning aktivlik faoliyati ortadi va bu faoliyatni ancha vaqtgacha saqlash mumkin bo`ladi. 3 oydan oshgan bolalar bilan mustaqil faoliyat vaqtida munosabatda bo`lishdan tashqarii, maxsus o`yin-mashg`ulotlar (buning uchun ajratilgan vaqtida) o`tkazish kerak. Mashg`ulotlarni boshlashdan avval hamma bolalarning yaxshi kayfiyatda bo`lishlarini ta'minlash-ishtonini xo`l qilib qo`ygan bo`lsa almashtirish, ba'zi bolalarning holatini o`zgartirib qo`yish, o`yinchoq berish, bolalarda quvnoqlik holatini vujudga keltirish zarur. 2,5-3 oylikdan 5-6 oylikkacha bo`lgan bolalar bilan olib boriladigan o`yin mashg`ulotlar avvalo bolalarning ko`rib va eshitib idrok qilish qobiliyatini o`stirishga kattalarning qo`lidagi o`yinchoqni turli holatdan ola bilishga, gu-gulash va g`u-g`ulashga, bolani emaklashga tayyorlovchi harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo`lishi kerak. O`yin-mashg`ulotlarni asosan yakka-yakka va manejda emotsional bir suratda o`tkazmoq kerak, bolada tegishli javob reaktsiyasi hosil qilishga harakat qalish lozim. Mashg`ulotlarni ancha passiv va birinchi bo`lib uyg`ongan bolalardan boshlash kerak. Bola har gal uyg`oq bo`lganda uning bilan turli xil o`yin-mashg`ulotlar o`tkazib turish kerak, ammo hammasini surunkasiga o`tkazish yaramaydi. Tarbiyachi 2-3 bola bilan mashg`ul bo`lgach, birinchi bola yoniga keladi va u bilan Yangi bir o`yin-mashg`ulot o`tkazadi. Agar biror bir malaka yaxshi mustahkamlangan bo`lib, bola bu malakadan osonlik bilan foydalanadigan bo`lsa, u holda 5-6 bola bilan bir yo`la o`yinmashg`ulot o`tkazish mumkin. Muzika mashg`ulotlari , surib yurgiziladigan muzika buyumlarini tinglash hamda kuzata bili shva boshqa shu kabilar ana shunday o`yinmashg`ulotlar jumlasidandir. Buning uchun hamma bolalarni bir qator qilib chalqancha yotqizish kerak, shunday qilganda bolalar tarbiyachini osonlik bilan kuzatib turadilar va boshlarini u harakat qilayotgan toionga buradilar. Mashg`ulotlarni o`tkazish vaqtida gruppada shovqin-suron va tashqi tovushlar bo`lmasligi kerak. 5-6 oylikdan bir yoshgacha bo`lgan bolalarning tetiklik bilan uyg`oq turi shvaqti 2,5-3 soatgacha cho`ziladi. Shuning uchun bolalarning ancha muddat mustaqil o`ynay olishlarini ta'min qiladigan sharoit yaratish lozim. Buning uchun bolalarning harakat qilishlariga imkon tug`diradigan etarli joy bo`lishi, ularga zarur bo`lgan miqdorda turli xil o`yinchoqLar berish, bu o`yinchoqlarni tashqi ko`rinishi bilan bolalarni turli xil harakat qilishga undaydigan qilib joylashtirish zarur . Bolalarning ancha muddatgacha va turli xil faoliyat bilan band bo`lishlari uchun o`yinchoqlarni vaqt-bevaqt almashtirib turish kerak. Bolalar taxminan 7-8 oylik bo`lganlaridan boshlab, ularning uyg`oqlik vaqti manejda o`tkaziladi, bu yoshdagi bolalar o`rinlaridan siljiy boshlaganligi sababli, manejda ko`pi bilan 6-7 bola bo`lishi kerak. Bolalar yaxshi emaklaydigan va mustaqil suratda to`siqni ushlab turadigan bo`lganlarida, ularning uyg`oqlik vaqti erda o`tkazilishi lozim. Bolalarning polda erkin harakat qilishlari uchun etarli bo`lgan maydon to`siq bilan ajratilishi kerak. 6 oylikdan 1 yoshgacha bo`lgan bolalarga ta'sir etish vositalari o`zgaradi va murakkablashadi. Bu yoshdagi bolalar (5-6 oylikdan 9-10 oylikkacha) bilan olib boriladigan individual o`yin-mashg`ulotlar vaqtida bola kattalar nutqini ko`proq tushuna boshlaydi, chug`ur-chug`ur va oson bo`g`inlarga taqlid qilishi shakllana boradi, ko`proq emaklay boshlaydi. Kattaroq bolalarning (9-10 oylikdan 1 yoshgacha) aktiv nutqini o`stirish, kattalar nutqini tushunishi davom ettiriladi, ular tevarak-atrof bilan kengroq tanishadilar, ularda narsalar bilan qilinadigan harakatlar tarkib toptiriladi, mustaqil yurish malakasi hosil qilib boriladi.