MTM turli yosh guruxlarida tabiatshunoslikka oid ta’limiy o’yinlarni rejalashtirish.
Reja:
O`yin va uning turlari
MTTda didaktik o`yinlarning ahamiyati
Turli yosh guruhlarda tabiat hodisalariga oid o`yinlarni tashkil etish
O`yinlardan namunalar yozib kelish
Turli yosh guruxlarda tabiat burchagini tashkil etish.
Tabiat burchagiga qo'yiladigan talablar.
Mayda sut emizuvchilar va ularni parvarishlash yollarini o'rgatish.
Tabiatshunoslikkadoirta’limiyo’yinlardanfoydalanishdaularningshakli,mazmunigakarabishlatishrejalashtiriladi.Tabiatshunoslikkaoidishlarnirejalashtirgandaharbiryoshguruxningxususiyatixisobgaolinib,ularningasosiyshakllaridanfoydalanilibtabiatbilantanishtirishuslublariasosidatuziladi.Tarbiyachibajarilganishnikundalikishrejasidaxisobgaolib boradi. Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, yangi sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlardan foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni faollashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol-bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Predmetli o‘yinlar - barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib qopcha», «Mevalar va ildizlar», «Bu butoqda kimning bolakaylari» va shu kabi o‘yinlardir. Bu o‘yinlar yordamida bolalar faol muloqotda bo‘ladigan predmetlarning xususiyat hamda belgilari haqidagi tasavvurlari aniqlanib, boyitiladi. Predmetli o‘yinlar, ayniqsa, kichik va o‘rta yosh guruhlarda keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |