MAVZU: SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARI
REJA:
1. Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy
sifatlarning tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi.
2. Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari.
3. Shaxsning irodaviy sifatlari rivojlanishi.
MOTIVLAR KURASHI - qaror qabul qilish bilan bog‘liq irodaviy harakatlar bosqichi
IRODAVIY ZO‘R BERISH - irodaviy xarakatlarning sub’ektiv komponenti bo‘lib,
kuchli kechinmalarni kechinishi.
IRODA - psixik aks ettirish jarayonlaridan bo‘lib, bu tashqi yoki ichki to‘siqlarni yengish
bilan bog‘liq harakatlarni tanlash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
IMPULSIV HARAKATLAR - ixtiyorsiz bajariladigan va ong bilan yetarli darajada
nazorat qilinmaydigan ish harakatlar.
QAROR QABUL QILISH - masalani hal qilish, yechish variantlaridan, usullaridan
birini tanlash.
IRODA KUCHI - maqsadga erishish irodaviy zo‘r berishning zaruriy darajasi (qatiylik,
uddaburonlik va h.k.)
Shaxsning irodaviy sifatlari. Ularning klassifikatsiyasi. Irodaviy sifatlarning
tuzilishi. Ixtiyoriy reaksiyalarning kelib chiqishi.
Kishining irodaviy sifatlari ya'ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim
hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema
tarzida quyidagicha ifodalanadi.
Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu
odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin.
Shaxsning bu o’ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir
kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi
xarakterining xislati bo’lavermaydi.
Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko’rsatishi mumkin,
ayrim hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi
xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli
deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon
qilganini bilmoq kerak.
Kishining xarakterini ta'riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi
demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi
shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter
xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo’ylik, to’g’riso’zlik
xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini,
xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq
bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz.
Intizomlilik
Irodaviy sifatlar
Maqsadga intiluvchanlik
Tashabbuskorlik
Dadillik
Qat'iyatlik
Printsipiallik
Mustaqillik
O'zini tuta bilish
Matonatlilik
Iroda kuchi va xarakter qat'iyati. Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi:
ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda
kuchsiz namoyon bo’ladi.
Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi
irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo
ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz
intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz.
Iroda kuchi ravshan va aniq maqsad qo’yishda, shuningdek mazkur maqsadga
yetishishga yordam beradigan yo’l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda
namoyon bo’ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga,
bilimiga va umumiy saviyasiga bog’liq. Aniq maqsad qo’yishda inson tafakkuri va
ayniqsa real xayollar (fantaziya)ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol'
o’ynaydi.
Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida,
sabotlilikda ko’rinadi. Yuksak g’oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlik
va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qat'iyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan
qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda
belgilaridandir.
Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi.
Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga
ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi
hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o’ziga
bergan amridir. Kishi axloqiy burchining talabiga ko’ra, buyuk maqsadga erishish
uchun bir zumda hayot bilan o’limdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi
ekanligini ko’rsatadi.
Jasorat shunday qarorki, u go’yo ish-harakatga aylanadi. Bu ish-harakat esa
kuchli zo’r berishni talab qiladi. Xarakter xislati bo’lgan dadillikda odamning
qanchalik puxta o’ylab ish ko’rishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi.
Puxta o’ylab ish ko’rishni o’zi yuksak g’oyaviylikka va kishining axloqiy
tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. O’ylab, shoshmasdan
bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz.
Odatda o’zgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar ta'sirida tez bir qarorga
keladigan xarakterli, dadil kishilar ham mavjud. Bular hissiyotga beriladigan
tasodifiy kayfiyatli kishilardir. Bunday kishilar odatda sabotsizligi, shoshmashosharligi va kalta o’ylashi bilan ajralib turadilar. Kishi uncha ikkilanmasdan
o’ylab, e'tibor bilan to’g’ri bir qarorga kelsa va shu qarorni dadil amalga oshira
bilsa, dadillik xarakterning ijobiy xislati bo’ladi.
Bir necha imkoniyatdan birini tanlab olishga to’g’ri keladigan ish - harakat bir
qadar xavf-xatar bilan bog’langan bir murakkab vaziyatda dadillik ayniqsa yaqqol
ko’rinadi. Qat'iyatsizlik xarakterning salbiy xislatidir, qat'iyatsizlikda kishi sustlik
bilan bir qarorga keladi, qabul qilgan qarorini ko’pincha o’z vaqtida bajarmaydi.
Bunday odam qabul qilgan qarori to’g’riligiga shubhalanadi, turli imkoniyatlardan
birini tanlab olishda ikkilanadi, ayniqsa qiladigan ish-harakatlari xavf-xatar bilan
bog’langan bo’lsa, shunday ahvolga tushadi. Shu sababli qat'iyatsiz kishilar
ko’pincha kam faolliklari bilan ajralib turadilar yoki umuman passiv bo’lib,
yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar.
Sabotlilik dadillikka chambarchas bog’liq bo’lib, xarakterning ijobiy xislati
hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo’lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini
odatda o’zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bu qarorlarini bajarmasdan
qo’ymaydilar. Bu kishilar va'dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta
qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir bo’ladi. Ularga ishonsa bo’ladigan subutli
insonlardir.
Qabul qilingan qarorlarini ko’pincha bekor qiladigan, bergan va'dalarini
ustidan chiqmaydigan, aytgan so’zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi.
Kishi irodasining kuchi va qat'iyati xarakterning irodaga bog’liq bo’lgan
qaysi xislatlarida ifodalangan bo’lsa o’sha xislatlar eng yorqin xislatlardan
hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo’ladi.
Ammo hamma kishilarni va har qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb
bo’lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina
irodasi kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini
tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi.
Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o’z vaqtida bajarishda ko’rinadi. Shuning
uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish,
galdan-galga qoldiraverish, boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilmaslik irodaning
kuchsizligi alomatidir.
Lekin qabul qilingan qarorni bajarish har qanday qilingan ish-harakatning,
irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy
harakatlar yordami bilan qanday to’siqlar yengilganiga va shu yo’l bilan qanday
natijalarga erishilganligiga qarab aniqlanadi. Irodaviy zo’r berish vositasida
bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining
ob'ektiv ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r berish
va irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zo’r muvafaqqiyatlarga erishsa,
bu kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi.
Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi. Bu
qahramonlar kosmik parvozlarga tayyorlanish davrida ham, parvoz paytida ham
tashabbuskorlik ko’rsatish, mustaqillik, dadillik ko’rsatish va qabul qilingan
qarorlar uchun, o’z xatti-harakatlari uchun mas'uliyat sezish bilan ham ta'riflanadi.
Irodaning axloqiyligi hayot va faoliyatda iroda kuchi, uning mustaqilligiga
ijobiy yoki salbiy baho berganda qanday to’sqinlik va qiyinchiliklar bartaraf
qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy
qiyofasi irodaviy harakatlarda qanchalik ifodalanishi, biron odamning irodasi
naqadar axlohiy ekanligi ham nazarda tutiladi.
Irodaning axloqiyligi deganda odatda kishi o’z oldiga qanday maqsadlar
qo’yilishi, bu maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, irodaviy intilishlar
(xohishlar) qanday mayllar tufayli kelib chiqishi va ma'lum bir qarorga kelishida
qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda tutamiz.
Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo’lsa, iroda kuchi
ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari
haqida fikr yuritilganda aytilgan so’zlarni emas, balki ularning ma'naviy qiyofasini
ko’rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli
irodaning mardlik, o’zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi
xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz.
Kishi biror qarorga kelishda o’z qarori va harakatlari uchun axloqiy
mas'uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi.
Kishining chinakam axloqiyligi ma'naviy qiyofasi, so’zida va
muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya'ni
mehnatga va ishning o’ziga mehr qo’yishida namoyon bo’ladi.
O’zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim axloq
tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz.
Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari va shaxsning irodaviy
sifatlari rivojlanishi.
Ota-onalar farzandlari intizomli, mas'uliyatli va maqsadli bo'lishlarini orzu
qilishadi. Bu juda qiyin vazifa, chunki bolalarning aksariyati narsalarni qanday
oxiriga etkazishni bilishmaydi, bezovtalanishadi, va'dalarini bajarmaydilar. Buning
uchun xarakterning kuchli irodasini talab qiladi. Vasiyat - bu hayot davomida
shakllanadigan va meros qilib olinmagan shaxsiyat sifati.
Bolalarning mustaqil, tirishqoq, qiyinchiliklarga tayyor bo'lishlari uchun
ularda kuchli irodali fazilatlarni shakllantirish muhimdir. Bolalarning irodasini
oshirish - bu oilaviy tarbiyaning muhim maqsadi. Iroda rivojlanishida quyidagi
omillar eng muhimdir:
Rivojlantirish va tarbiyalash texnikasi bola yashaydigan sharoitlar
Iroda namoyon bo'lishi: nimani izlash kerak?:
Kichkintoylarning ixtiyoriy namoyon bo'lishi quyidagilarda aks etadi.
Maqsad sari intilish
Maqsadlarni saqlab qolish, hatto bola chalg'itsa ham
Bola qanday kutishni biladi
Kichkintoy o'z maqsadiga erishish uchun to'siqlarni engib chiqadi
Bolalikda irodani tarbiyalash vazifalari:
Har qanday yoshdagi bolalarning irodasini tarbiyalash va rivojlantirishning
maqsadi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishdir:
Qattiqqo'llik qat'iyat mustaqillik chidamlilik intizom qat'iyat bashorat va
o'jarlik bilan kurashish
Bolalarning irodasini tarbiyalashni qachon boshlash kerak?:
bag'rikeng bo'lishga o'rgating. Ba'zi holatlarda siz kutishga qodir bo'lishingiz
kerakligini tushuntiring Muvaffaqiyatsizlikning foydasini aytib bering. Kichkintoy
bilan birgalikda uning xatolarini tahlil qiling irodani tarbiyalash uchun o'zingizning
misolingizdan foydalaning: onam vazn yo'qotayotganda iroda ko'rsatishi mumkin,
va dadam mashq paytida bolalarni biror narsani zo'rlik bilan qilishga
majburlamang. Bolaning jinsiga e'tibor bermang. Irodali kuchning kuchi bolaning
jinsi bilan bog'liq emas! adabiy qahramonlardan namuna sifatida foydalanib,
bolangizga maqsadlaringizga erishish qanchalik yoqimli ekanligini ko'rsating bola
bilan temperament muolajalarini o'tkazish. U chidamlilik va erkinlikni yaxshi
o'rgatadi. Bolalarni odob-axloq qoidalariga rioya qilishga undang. Jamiyatdagi
xulq-atvor ko'nikmalari iroda namoyon bo'lishi bilan chambarchas bog'liq. Biz
o'ynash orqali bolaning irodasini tarbiyalaymiz:
Taklif etilayotgan o'yinlar bolada quyidagi shaxsiy fazilatlarni
shakllantirishga qaratilgan:
O'z-o'zini boshqarish vosita va hissiy reaktsiyalarni boshqarish kuzatish
qat'iyatlilik kognitiv jarayonlarni o'qitish: xotira, e'tibor, fikrlash
"Taqiqlangan so'z"
Voyaga etgan bola boladan keyin, masalan, idish-tovoqlardan tashqari barcha
so'zlarni takrorlashni taklif qiladi. Idishlarni takrorlash o'rniga, oyog'ingizni
muhrlashingiz kerak.
"Ertak aytib bering" (4 yoshdan)
Bola ertakni aytib beradi, belgilar nomini chapakchalar, irmoqlar, xarakterli
tovushlarning talaffuzi bilan almashtiradi.
"Ehtiyot bo'ling" (4 yoshdan)
Varaqda siz doiralar, kvadratchalar, to'rtburchaklar, romblarni chizishingiz
kerak. Farzandingizni doiralarni ko'k rangga, tuxumdonni sariq rangga va
kvadratlarni yashil rangga bo'yashga taklif qiling.
"Toshbaqa" (5 yoshdan boshlab)
Boladan ma'lum masofada, o'yinchoqni qo'ying, unga juda sekin yurishni
taklif qiling.
"Baqiring, jim bo'ling, pichirlash"
Rangli kartondan siz uchta palma qilishingiz kerak: qizil, ko'k, sariq. Voyaga
etgan kishi kaftini qizil rangda ko'taradi - baqirishingiz kerak, sariq -
shivirlashingiz, ko'k - muzlatib, jim bo'lishingiz kerak.
"Muzlatish"
Musiqaga qarab, bola harakat qiladi. Musiqa to'xtaganda, siz to'xtashingiz va
siljimasligingiz kerak. Stol o'yinlari bolalar irodasini rivojlantirish va tarbiyalash
uchun juda zarurdir:
Lotto shashka domino kublar
Bolaning ixtiyoriy fazilatlarining rivojlanishi ota-onalarga bog'liq bo'lib, ular
bolasida tug'ilish onini o'tkazib yubormasliklari kerak.
Bolada irodani qanday singdirish kerak? Qanday qilib uni o'z irodasi bilan
aralashtirib yubormaslik kerak? Farzandlaridan mustaqil ravishda qiyinchiliklarni
engishga qodir inson bo'lib etishish uchun ota-onalar qanday qiyinchiliklarni
engishlari kerak?
Masalan, kichkina bolaga irodani singdirish mumkinmi? Bu mumkin va zarur
ekan, chunki agar siz bolaligidanoq biron bir oddiy vazifalarni bajarishga
ko'nikmasangiz, unga ba'zi bir asossiz impulslarni ushlab turishga ko'nikmasangiz,
kelajakda bunday bolani muntazam ishlashga va o'rganishga ko'ndirish yanada
qiyin bo'ladi.
Bizga tug'ilishdan ixtiyoriy fazilatlar berilmaydi, ular ta'lim ta'siri ostida
hayotiy tajriba natijasida shakllanadi.
O'z xohish-irodasini tarbiyalashda asosiy omil - bu rejim, bolaning hayotining
ma'lum bir tartibi. Rejimning aniq bajarilishi chaqaloqni tartib, tartib, tartibintizomga o'rgatadi.
Kichkintoylar bilan hech qanday maxsus narsa qilish kerak emas. Faqat
bolalar rivojlanishining ba'zi xususiyatlarini eslang, har qanday ixtiyoriy
harakatning asosi bu istakdir. Busiz odam o'zini yengib chiqolmaydi va bu o'z
dangasasiga qarshi biron bir narsani qilish qobiliyatidir, bu biz iroda haqida
gapirganda qo'rquvni anglatadi. Bolaning orzulari bo'lishi uchun u taassurotlarga
muhtoj. Siz shuni tan olishingiz kerakki, atrofingizdagi dunyo monoton va quvnoq
bo'lganda biror narsani xohlash qiyin. Musiqa, turli xil narsalar va o'yinchoqlar
teginish, ota-onalarning qo'llarining iliqligi - bularning barchasi chaqaloqning
xohishlarini uyg'otishga yordam beradi. Ayniqsa, ohangi pasaygan, juda xotirjam
bo'lgan bolalarga, odatda ota-onasini bezovta qilmaydigan, ko'p uxlaydigan va
kuchaytirilgan e'tiborni talab qilmaydiganlar.
Bola mustaqil ravishda harakatlana boshlaganda, taqiqlash va
maydalanganlarning harakatlarini nazorat qilish muammosi paydo bo'ladi.
Taqiqlash orqali uni haddan oshirmang, bolaga o'z xohishlarining kuchini his
qilishiga yo'l qo'ying.
Ikki yoshli Ira yomon odatga ega - uxlash paytida bosh barmog'ini so'rib
oladi. Oyim, qizni yotog'iga qo'ymasdan oldin, bu barmoqni unga bog'lay boshladi.
Har safar chaqaloq pichirlab: "Bog'lamang, men bo'lmaydi!" Bir marta, onam rozi
bo'ldi, bog'lamadi, lekin ogohlantirdi: "Shunday bo'lsa ham, men bog'lamayman,
lekin agar siz hali ham og'zingizga barmog'ingizni qo'ysangiz, keyingi safar uni
bog'lab qo'yishingiz kerak." Kechasi, qiz onasini uyg'otdi:
"Endi nima bo'ldi, - dedi u sirli ravishda, - barmoq og'zimga keldi va men
tupurdim!"
Qiz vasvasaga qarshi turish uchun qat'iy iroda bilan harakat qilishi kerak edi.
U sinovdan o'tdi va maqtovga sazovor bo'ldi.
Tarbiya jarayonida ba'zan bolalar o'zlarining xohish-irodalarini bajara
olishlari uchun sharoit yaratib berishlari kerak, chunki ixtiyoriy fazilatlar faqat
doimiy mashg'ulotlar orqali tarbiyalanadi.
- Ba'zi! - Tanya xafa bo'lib qichqiradi va g'azab bilan oddiy kublar qurilishini
buzadi. Qanday qilib bu kublar itoatsiz: ular itoat qilishni xohlamaydilar, hamma
narsa tushadi. Onam uni asta kuzatmoqda.
"Va siz boshqa minora qurasiz." Faqat ehtiyotkorlik bilan quring. Shunday
qilib, kublarni aniq qo'ying ... Bu to'g'ri. Va bu hatto ...
- Aniq bo'ldi! - qiz quvondi.
Ko'pincha bunday hodisani kuzatish kerak. Bola kiyinishga harakat qilmoqda.
Mana, u xirillab, paypoq tortmoqda. Hech narsa bo'lmaydi. Onam aralashadi.
- Men o `Zim! - bolaga norozilik bildiradi.
- O'tiring, aks holda men yurmayman.
- Men buni o'zim xohlayman.
Nega ba'zi ota-onalar chaqaloq biroz qiyin bo'lishidan qo'rqishadi?
Xulosa
O'n daqiqadan so'ng kiyinib oling. Ammo "o'zim". Darhaqiqat,
ixtiyoriy harakatlar nafaqat jismoniy qiyinchiliklarni engishda, balki ichki,
psixologik qiyinchiliklarga qarshi kurashishda ham rivojlanadi.
Hech qanday holatda, bola "men o'zim" degan paytni o'tkazib yubormang. Bu
juda muhim nuqta. Kichkintoyga yordam bering, menga qanday qilib o'zingizni
qilish yaxshiroq va oson ekanligini ayting. Tashabbusni bostirmang, maqtang. Bu
bolaga katta quvonch keltiradi.
"Men o'zim" bilan mustaqillik boshlanadi. Sifat juda muhim, qat'iyatlilik,
tirishqoqlik va mehnatsevarlik bilan chambarchas bog'liq.
Bir yarim yoshli chaqalog'iga o'yinchoqlarni tortmaga qo'yish juda qiyin
emas. Uni bu ishga taklif qiling, yordam bering. Yotishdan oldin kiyimni katlama
ham oson. Bola buni zavq bilan o'zi bajaradi. Dastlab yomon bo'lsin. Yaxshi, astasekin o'rganing va o'rganib oling. Odat mustaqillikni tarbiyalashda juda muhimdir.
Har safar o'yinchoqlarini tozalashga, yotishdan oldin kiyimlarni yig'ishga va
hokazolarga odatlanib qolgan bolaga endi bu oddiy vazifalarni bajarish kerakligini
eslatib turmaslik kerak. U ularni zo'rliksiz amalga oshiradi.
Siz bolani mustaqillikka juda erta o'rganishingiz mumkin. Men bir oilani
bilaman, unda bir yarim yoshli bola o'zi ovqat eydi, na onasi va na buvisi bu
protseduraga umuman aralashmaydi. Ular faqat plitalarni almashtiradilar va
tozalaydilar. Kichkina Sasha qo'lida qoshiqni mahkam ushlaydi, uning harakati
ishonchli va aniqdir.
Dostları ilə paylaş: |