Kamol Rahmonov jahon tarixi fanini o‘qitishda innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish


 Jahon tarixi fani mavzularini o‘tishda o‘qituvchining kreativ yondashuviga



Yüklə 364,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix24.12.2023
ölçüsü364,13 Kb.
#193681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
12570 1 AB6BBB1FBE976C83EFCC4B03D4E58904CF236E82

3. Jahon tarixi fani mavzularini o‘tishda o‘qituvchining kreativ yondashuviga 
oid mulohazalar 
Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovasiyalarni keng 
ko‘lamda qo‘llash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Pedagogik 
innovasiyalar ko‘lamining ortib borishi, mamlakatda modernizasiya jarayoni tez 
sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli 
ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo ko‘plab pedagogik 


innovasiyalarning yaratilayotganiga qaramay, ta’lim jarayonlariga o‘qitishning 
yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tatbiq etish bo‘yicha pedagogik 
tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo‘lmaydi. 
Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda Jahon tarixi fani 
o‘qituvchisining o‘z faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid yangiliklarni 
muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil qo‘llay bilish 
mahoratiga ega bo‘lishi bugungi kunning muhim talabidir. 
Shuningdek, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 
bo‘yicha tarixchi-pedagog kadrlar tayyorlashning sifatini ko‘tarishda talabalarni 
ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Bugun fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o‘quv dasturlari 
mazmuniga tez kiritish talab etiladi va bu orqali, zamonaviy bilimlarni 
shakllantirishga zamin hozirlanadi. Bundan tashqari zamonaviy o‘qitish 
texnologiyalari, ular bilan bog‘liq metodik yondashuvlar bo‘lajak o‘qituvchilarda 
zaruriy bilimlar, muhim qonuniyatlar, ko‘plab fundamental tushunchalarni nisbatan 
yengil, chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. 
Bo‘lajak tarix o‘qituvchisining chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish 
mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy hamda 
amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangiliklardan unumli foydalanish 
malakasining qanchalik shakllanganligiga bog‘liqdir. 
Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko‘p yangilik 
kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy 
yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investisiyalardir. 
Novatorlikka qiziqish uyg‘otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash 
uchun ta’limning o‘zi yangiliklarga boy bo‘lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti 
hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda 
pedagogikaning mustaqil sohasi - pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib 
bormoqda. 
Ayniqsa, Jahon tarixi fani o‘qituvchisi novator bo‘lishi shart. Novatorlik va 
yangilik - madaniyat, ta’lim va umumiylikda jamiyat rivojlanishining ikki jihati. 
An’analar 
va 
yangiliklarning 
xilma-xil 
munosabatlariga 
tayanib, 
madaniyatshunoslar jamiyatni an’anaviy va zamonaviyga ajratib ko‘rsatishadi. 
An’anaviy jamiyatda an’ana novatorlik ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy 
jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat sanaladi.
Yigirmanchi asrning so‘nggi yillarida jahon miqyosida ta’lim sohasida 
yuzaga kelgan quyidagi “inqiroz”li holatlar “qo‘llab-quvvatlovchi” ta’limning 
muqobili sifatida “innovasion” ta’limni rivojlanishining asosiy sabablaridan biri 
bo‘ldi. Turli davlatlarda uning xilma-xil shaklda namoyon bo‘lishida quyidagi 
umumiy jihatlar yorqin namoyon bo‘lmoqda: 


1)
ijtimoiy amaliyot rivojlanishi ehtiyojlari va oliy ta’lim bitiruvchilarining 
real tayyorgarlik darajasining o‘zaro mosligini ta’minlash; 
2)
Respublikamiz ta’lim tizimida tarix faniga yangi maqsadlarning qo‘yilishi 
hamda darsning tashkiliy tuzilishi va shakllarining o‘zgarishi; 
3)
ta’lim jarayoniga o‘quvchilarning qiziqish va imkoniyatlarining ortishi. 
Ayniqsa, O‘zbekiston tarixi fanining kirish imtihonlariga majburiy fan sifatida 
kiritilishi bu jihatdan ahamiyatlidir.
1979 yilda “Rim klubi” a’zolari “o‘zining asosida avval ma’lum, 
takrorlanuvchi vaziyatlarga tuzatish kiritish uchun taqdim etilgan metod va 
qoidalarni ifoda etuvchi” ta’lim tizimini “qo‘llab-quvvatlovchi” ta’lim deb 
nomlashdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uning muqobili sifatida “innovasion 
ta’lim” tushunchasi ham qo‘llanila boshlandi.
Ilm-fan va ishlab chiqapishning jadal rivojlanishi jamiyatni iqticodiy tapaqqiy 
ettirish bilan bir qatopda ijtimoiy munosabatlar mazmunida ham tub 
o‘zgapishlapning po‘y berishiga zamin yapatmoqda. Shuningdek, iqtisodiy sohada 
bo‘lgani singari ijtimoiy, shu jumladan, ta’lim sohasida ham texnologik yondashuvni 
tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, 
pedagogik texnologiyaning ahamiyati avval o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar bilan 
yangi o‘zlashtiriladigan bilimlar oracida muctahkam bog‘lanishlarning yuzaga 
kelishi bilan belgilanadi.
Mazkur jarayonda Jahon tarixi fani o‘qituvchisi quyidagi qoidalarga amal 
qilish talab etiladi:
-
teng qiymatli (ekvivalent) amaliyot qoidaci: ta’lim oluvchilarning ta’lim 
jarayonidagi xatti-hapakatlari test o‘tkazish yoki imtihon davrida ta’lim oluvchi 
tomonidan tashkil etilishi kutiladigan xatti-harakatlarga to‘la mos keladi;
-
o‘xshash amaliyot qoidaci: ta’lim oluvchilar codir etilishi kutilayotgan xatti-
harakatlarini tashkil etish majburiyatiga ega bo‘lmay, balki mohiyatan shunday 
bo‘lgan sharoitlarda mashq qilish imkoniga ega bo‘ladilar; 
-
natijalarni aniqlash qoidaci: ta’lim oluvchining har bir xatti-harakatining 
mazmunini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumot berish, mazkup shartga akcariyat 
hollarda joriy nazoratni tashkil qilish jarayonida rioya etiladi; 
Real ta’lim amaliyoti ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy 
etish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishini to‘liq tasdiqlamoqda. Biroq ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni oliy ta’lim jarayoniga qo‘llash bilan bog‘liq bir qator 
muammolar ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqdaki, ularni e’tiborga olish va hal etish 
ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday dolzarb muammolar sirasiga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 


1) ta’lim tizimida Jahon tarixi fanlari bo‘yicha qo‘llash uchun mo‘ljallangan 
interfaol metodlar tasnifi va ularning mazmun-mohiyatini yoritib beruvchi o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarning yetarli emasligi. Garchi respublikamizda pedagogik 
texnologiyaga doir qator o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, 
mazkur o‘quv qo‘llanmalar asosan interfaol metodlarga faqat ta’rif berish, mazmuni 
va qo‘llash bo‘yicha umumiy xarakterga ega. Ularda alohida fan va uning 
mavzulariga doir metodik ko‘rsatmalar aniq o‘z ifodasini topmagan. Mazkur holat 
oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarining interfaol metodlarni qo‘llashga doir 
ma’lumotlardan to‘la xabardor bo‘lmasligiga olib kelmoqda. Ta’lim jarayonini 
kuzatish professor-o‘qituvchilar keng qo‘llaydigan interfaol metodlar juda 
kamchilikni tashkil etishini ko‘rsatadi.
2) Jahon tarixi fanlaridan dars olib borayotgan professor-o‘qituvchilar 
interfaol metodlarni qo‘llashda metodik qoidalarga to‘liq rioya etishlari lozim. 
Boshqacha aytganda, interfaol metodlar fanning o‘ziga xos xususiyati, mavzuning 
maqsad va vazifalari, talabalarning yosh xususiyatlari, mashg‘ulot shakli, 
auditoriyada maqbul shart-sharoitning mavjudligi kabi jihatlarni aniq hisobga olgan 
holda qo‘llash lozim. Oddiy bir misol: o‘qituvchilar, ayniqsa, yosh o‘qituvchilar 
deyarli har bir mashg‘ulotida klaster metodini qo‘llaydi. Eng qizig‘i, mazkur metod 
orqali o‘quv maqsadiga erishish mumkin yoki mumkin emasligidan qat’iy nazar 
undan foydalanish holati ko‘p uchraydi. Bundan tashqari, uch-to‘rt doirani chizish 
orqali tarmoqlar hosil qilish ham mumkin emas. Mazkur metod talabalarning 
ma’lum bir narsa-hodisa, jarayon yoki tushunchaga oid fikrlarini umumlashtirish, 
ularni tizimlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, 
klaster metodidan o‘tilgan materialni mustahkamlash bosqichidagina foydalanish 
mumkin. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, interfaol metoddan noo‘rin 
foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga emas, aksinchi mashg‘ulot sifatini 
pasaytirishga olib keladi; 
Tarix ta’limi jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish an’anaviy 
o‘qitish tizimining muqobili sifatida xizmat qilishi lozim. Chunki barcha auditoriya 
mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llashga zaruriyat yo‘q. Eng asosiysi, 
texnologik yondashuv asosida o‘quv mashg‘ulotida kutilgan natijaga erishilishi 
lozim. Mazkur jarayonda maqsadga erishishga imkon beruvchi istalgan maqbul 
metodlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning 
texnologik yondashuvni noto‘g‘ri talqin etgan holda, ma’ruza mashg‘ulotlarini 
talabalarning o‘zlari tomonidan o‘tib berilishini talab qilishlari ham maqsadga 
muvofiq emas. Ma’ruza mashg‘ulotiga nisbatan bunday yondashuv uning 
samaradorligini ta’minlashga to‘liq xizmat qilmaydi. Tarix o‘qitishning asosiy 
shakli sifatida ma’ruzaga qo‘yiladigan metodik, shu jumladan, ma’ruzachiga 
qo‘yiladigan talablar mavjud. Mazkur talablarning to‘liq bajarilishi tarix fani 


o‘qituvchisi orqaligina samarali amalga oshishi mumkin. Faqat anjuman-ma’ruza 
mashg‘ulotlarini talabalarning ma’ruzalari asosida tashkil etish imkoniyati mavjud 
va bu sohada respublikamizda katta tajriba to‘plangan. Bunda ham anjuman-
ma’ruzani tashkil etish va o‘tkazish talablariga rioya qilinishi lozim. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim tizimida pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi metodik 
vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim: 
1) Jahon tarixi fani o‘qituvchisi “interfaol metod”, “strategiya”, “texnologiya” 
kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini aniq tushunib olishlari lozim. Mazkur 
tushunchalarning mohiyatini to‘g‘ri anglay olmaslik ularni qo‘llashda ko‘plab 
metodik qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oliy ta’limda asosiy e’tibor o‘qitish 
jarayonini loyihalash (texnologik model) va rejalashtirish (texnologik xarita)ga, 
ya’ni texnologizasiyaga qaratilishi kerak; 
2) Jahon tarixi fanlarini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan 
foydalanishda metodik qoidalar va ko‘rsatmalarga rioya qilinishi kerak. Aniq 
metodik ko‘rsatmalarga rioya etish orqali intferfaol metodlarni samarali qo‘llash 
imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi; 
3) fanlar bo‘yicha ta’lim texnologiyalarini yaratishda xilma-xillik, ijodiylik, 
innovasion yondashuvlarga asoslanish, bir qolipga tushib qolishdan saqlanish 
maqsadga muvofiq. Mazkur jarayonda fanlarning, mashg‘ulot shakllari, 
mavzularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish o‘rinli 
bo‘ladi; 
Bugungi kunda Jahon tarixi fani o‘qituvchisiga qo‘yiladigan muhim talablar 
quyidagilar deb hisoblaymiz: 
1.
Tarixni o‘tmishda va hozirda kechayotgan shunchaki dalil va raqamlar hamda 
voqeliklar jarayonigina deb qarash emas, balki ma’naviy meros, hayot va 
yashash, istiqbol poydevori sifatida idrok etish salohiyatiga ega bo‘lish. 
2.
O‘zbekiston va Jahon tarixi voqeliklarini teran kuzatib borish, O‘zbekiston 
tarixi umumjahon tarixining ajralmas bir qismi ekanligi, shuningdek, o‘ziga 
xos taraqqiyot xususiyatlariga egaligini ham nazardan qochirmaslik. 
3.
O‘z bilim va ko‘nikmalarini doimo takomillashtirib borish, har bir o‘tiladigan 
Jahon tarixi mavzusini “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” bilan bog‘lab 
o‘quvchi va talabalar ongiga singdirish uslubini qo‘llash. 
4.
O‘qituvchi ilm-fan va texnologiya sohasida yuz berayotgan intensiv 
o‘zgarishlarni ilg‘ay olishi, ommaviy-axborot vositalari, internet 
ma’lumotlarini, innovasiyalarni o‘tiladigan Jahon tarixidan har bir dars 
jarayoniga olib kirishi, ta’limni samarali bo‘lishi uchun zamonaviy texnika 
vositalaridan foydalanishi kerak. 


5.
O‘quvchi va talabalarni O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo mintaqasida hamda 
jahonda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlardan 
mutassil xabardor qilib turish uchun Jahon tarixi fani o‘qituvchisi doimiy 
o‘zini-o‘zi takomillashtirishga e’tibor qaratishi zarur. 

Yüklə 364,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin