D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘r-fayllar.org
qonuniyatni «10% qoidasi» deb ta’rifladi. 12. 10% qoidasini ilk bor 1927-yil angliyalik ekolog olim Ch. Elton aniqlagan va ekologik piramida qoidasi deb atagan. 13. «Hayot qobig‘i» haqidagi dastlabki fikrlar J.B.Lamark nomi bilan bog‘liq. 14. Biosfera atamasi birinchi bo‘lib fanga 1875-yili avstriyalik olim Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan. 15. V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratgan (36-rasm). Bu ta’limotga asosan, biosfera – tabiatdagi barcha tirik organizmlar va ular qoldiqlari, atmosfera, gidrosfera, litosferaning tirik organizmlar yashaydigan yoki ular hayotiy faoliyati izlariga ega qismlarini o‘z ichiga oladi. V.I.Vernadskiy: «Biosfera geologik va biologik rivojlanishning hamda biogen va abiogen moddalarning o‘zaro ta’siri natijasidir», deb ta’kidlagan. V.I.Vernadskiy tirik modda haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: «Yer yuzida, pirovard natijaga olib keladigan oqibatlari jihatidan, tirik organizmlardan ko‘ra qudratliroq kuch yo‘qdir». V.I Vernadskiy Yerning paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay hayot paydo bo‘lgan va u sayyoramizning qiyofasini o‘zgartiruvchi asosiy omillardan biri bo‘lgan, deb ta’kidlaydi. Tirik modda yordamida kimyoviy moddalarning migratsiyasini V.I. Vernadskiy atomlarning biogen migratsiyasi deb atagan. V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi. 16. Rus olimi I.I.Mechnikov esa dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar sharsimon koloniyadagi ayrim hujayralarning koloniya ichiga ko‘chib o‘tishi – migratsiyasi natijasida paydo bo‘lganligini qayd etadi.