Kanallar va ularning turkumlanishi


Vazifasi bo’yicha kanallardagi inshootlarning turlari



Yüklə 35,73 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü35,73 Kb.
#192679
1   2   3   4   5
ЯНГИ

Vazifasi bo’yicha kanallardagi inshootlarning turlari
Kanallarda rostlovchi, to’siqlardan suv o’tqazuvchi, tutashtiruvchi va boshqa turdagi inshootlar ko’plab quriladi. Suv sarfi, sathi, tezligi va boshqa gidravlik parametrlarni boshqarish uchun kanal trassasi o’qiga tik (frontal) yoki yonboshlatib rostlovchi inshootlar quriladi. Ular odatda suv parametrlarini boshqaruvchi qurilma – zatvor bilan ta‘minlanadi.
Kanaldagi ortiqcha suvni boshqa o’zanga chiqazib tashlash suv tashlash inshootlari yordamida amalga oshiriladi. Suv sarfini tarmoqlarga proportsianal taqsimlab berish vazifasini bajarish uchun kanal trassasida suv taqsimlovchi rostlagichlar (inshootlar) ham qurilishi mumkin. Birmuncha katta miqdorga farq qiladigan suv sathlarini ishonchli tutashtirish (bog’lash) vazifasi tutashtiruvchi inshotlar yordamida amalga oshirishadi. Ular tezoqarlar, pog’onli yoki konsolli sharsharaklar tipida loyihalanishi mumkin.
Suv sarfini rostlovchi inshootlar (suv chiqargichlar) iste‘molchiga beriladigan suv miqdorini boshqarish uchun xizmat qiladi. To’suvchi inshootlar suv sathini rostlash vazifasini bajaradi. Inshootlarning yuqori b‘efidagi har xil cho’kindilarni quyi b‘efga ishonchli o’tqazib yuborish uchun suv tezligini boshqaradigan yuvuvchi rostlagichlar quriladi. Suv tezligini kamaytiruvchi uzan yoki qurilmalar yordamida tindirgichlarni hosil qilish mumkin.
Kanal trassasini tanlash va uning bo‘ylama kesimi
Kanal trassasi yo'nalishi uning vazifasidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Ichimlik suvi uchun mo'ljallangan kanallar aholi istiqomat qiluvchi maskanlaridan o'tmasligini ta’minlash, sanitar zonalarni tashkil qilish lozim. Sug'orish kanallari trassasi joyning yuqori nuqtalaridan, zax qochirish kanallari trassasi joyining past sathidan o'tkaziladi. Energetik kanallar trassasini belgilashda yo'qotilgan energiyaning minimal narxlar yig'indisi va foydalanish davrida ketgan narxni hisobga olgan holda o'tkaziladi. Trassani tanlashda, odatda, relefning tegishli joylarida boshlang'ich va oxirgi punktlar orasida o'tkaziladigan trassaning mumkin bo'lgan variantlari ko'rib chiqiladi. So'ngra kanalning o'rtacha nishabligi aniqlanadi. Qabul qilingan nishabliklar kanaldagi suv oqimi tezligi yo'l qo'yiladigan tezlikdan katta bo'lsa, uni uchastkalarga bo'linadi, trassaning eng noqulay joylarida tutashtiruvchi, to'siqlardan suv o'tkazuvchi inshootlar o'rnatiladi. Kanal balandliklar bilan kesishganda kanal trassasi turlicha suv sathiga ega bo'lgan uchastkalarga bo'linadi. Uchastkalar orasidagi suv sathlari farqi - balandlikka ko'tarilishda nasos stansiyalar va undan tushishda tutashtiruvchi inshootlar yordamida bartaraf etiladi.
Kanal trassasini o'tkazishda noqulay bo'lgan muhandis - geologik va topografik sharoitlarni chetlab o'tishga to'g'ri keladi, chunki bunday noqulay sharoitlar ba’zi bir uchastkalarda kanallami tunnellarga, lotok yoki quvurlarga almashtirishga olib keladi. Noqulay muhandis-geologik sharoitlar tog' jinslarining tektonik buzilishlariga, tog' jinslaridagi tuzlarning erishiga, suyuq oquvchan loylarning paydo bo'lishiga. grunt suvlarining sati kanaldagi suv sathidan baland bo'lishiga, to 'liq ko'tarmadagi kanallarning cho'kishiga olib keladi
Kanal trassasini tanlashda kanalni to'liq qazilmada yoki yarimqazilma - yarim k o ‘tarmada o‘tkazishga intilishimiz lozim. T o ‘liq ko‘tarmada o'tgan kanallarni, nisbatan uncha katta bo'lmagan pastliklar bilan kesishgan joylardan o'tkazish mumkin.
Kanalning oxirgi ko'ndalang, bo'ylama kesimlari va trassasi qurilish ishlarini hisobga olgan variantlarni texnik-iqtisodiy asoslash asosida qabul qilinadi. Katta kanallarni loyihalashda, ularning uzun uchastkalarga ega bo'lishi kanaldagi suv sathini ko'tarib yuborishini hisobga olish lozim. Kanal trassasini, mumkin qadar shamol eng ko'p esadigan yo'nalish bilan mos kelmasligini ta’minlanish kerak.
Daryolarni boshqarishda mavjud o’zan ko’rinishi (plandagi joylashishi, kеngligi, chuqurligi, suv sathlari, oqim tеzliklari jixatidan) yangilanadi, chunki u ma'lum bir xo’jalik talablariga javob bеrishi va shu bilan birga mustahkam bo’lishi kеrak, ya'ni unga bеrilgan shaklni va o’lchamlarni uzoq vaqt dаvоmidа minimаl
eкspluаtаsiоn hаrаjаtlаrni tаlаb qilingan hоldа sаqlаshi lоzim.

2-rasim. Turgun egri o’zan trassasini qurish sxеmasi.
Chap va o’ng qirgoqlarning plandagi ikki loyiha chiziqlari bilan chеgaralangano’zan tasmasi rostlovchi trassa dеb ataladi. Mеjеn davrida pеrеkatda chuqurlikningko’paytirishga mo’ljallangan rostlovchi trassalarni joylashishiga misollar 2.1 va 2.2-rasmlarda ko’rsatilgan; ularda kеma qatnovi
Chiziqlari va harakat chеgaralari ham ko’rsatilgan (2.1-rasm). 2.2-rasmdaquyidagilarni ko’rish mumkin:
a) qirgoqning mavjud yoki salgina tartibga kеltirilgan 1-2, 3-4 va 11-13
qismlari;
b) qirgoq kamarlari bilan mustaxkamlangan mavjud qirgoqning 2-5 qismi;
c) yangi qirgoqlarni hosil qiluvchi bo’ylama va ko’ndalang o’zan rostlovchiinshootlar; bo’ylama inshootlarga 6-8, 9-11 va 10-12 dambalar (birinchi ikkitasizaprud dеb ham ataladi), ko’ndalang inshootlarga esa 4-7 qismdagi shporalar yokiyarim zaprudlar kiradi;
d) o’zanni bir tomonlama yoki ikki tomonlama kеngaytirish uchun kеsilganqirgoqning 5-6 qismi;
e) yangi o’zan hosil qilish uchun o’tqaziladiagan suv havzasini chuqurlashtiradigan prorеz 7-8-9-10.
Rostlovchi inshootlarning tuzilishi masalasini ko’rishga o’tishdan oldin,qisqacha tarzda rostlovchi trassalarni loyihalash qoidalariga to’xtalib o’tamiz.Loyihalash vazifasi mavjud o’zan planida trassa o’qini, trassa eni va chuqurligini bеlgilash va o’zanning ko’ndalang kеsimlarini o’rnatishdan iborat; bu ishloyihalashtirilgan o’zanning turgunligini tеkshirish bilan yakullanadi.

Shu o’rinda, o’zanning turgunlik darajasiga bogliq holda uch holatni ajratishmumkin.
1. Turgunmas (IТ. Bunda daryo irmoqlarga bo’linib oqadi. Bu holdao’zanda bilinarli darajada siljishlar hosil qilmagan holda himoya inshootlarini mavjudbo’lgan qirgoqlar bo’ylab joylashtirish kеrak, ya'ni ko’p irmoqlik va katta nishabliksaqlangan xolda har bir qirgoqning himoya trassasini bir-biridan mustaqil holdaloyihalash mumkin.
2. O’rtacha mustahkam o’zanlar (IТ=I) .Himoya va rostlovchi inshootlartrassalarini tabiiy sharoitlarga javob bеradigan egri chiziqlar ko’rinishida loyihalashkеrak.
3. O’zan turgunligi ortiqcha (IТ>I) bo’lganda rostlovchi inshootlar va ishlaruning nishabligini mustahkamligini oshishini ta'minlashi lozim. Buning uchunirmoqlarni birlashtirish, o’zanlarni toraytirish va burilish joylarini to’grilash kеrak.


Yüklə 35,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin