Respublika viloyatlari bo'yicha irrigatsiya-melioratsiya qurilishini investitsiyalash (kapital mablag'larini sarflash)
(mln. so'm, amaldagi bahoda)
Viloyatlar
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
2021 y.da 2017
y.ga nisbatan (marta )
|
Qoraqalpog'iston R.
|
91,8
|
89
|
234
|
235
|
762
|
8,3
|
Andijon
|
353,8
|
430
|
776,7
|
965
|
1300
|
3,7
|
Buxoro
|
433,1
|
512
|
602,9
|
854
|
1350
|
3,1
|
Jizzax
|
238, 3
|
233
|
474,4
|
626
|
1254
|
5,3
|
Qashqadaryo
|
471, 7
|
480
|
589,2
|
650
|
1602
|
3,4
|
Navoiy
|
243, 3
|
169
|
277
|
447
|
550
|
2,3
|
Namangan
|
609
|
627
|
776,4
|
1483
|
2970
|
4,9
|
Samarqand
|
265, 2
|
254
|
321,7
|
343
|
690
|
2,6
|
Surxondaryo
|
535,3
|
510
|
770,6
|
855
|
2413
|
4,5
|
Sirdaryo
|
187,7
|
465
|
519,6
|
430
|
753
|
4,0
|
Toshkent
|
957,2
|
756
|
1005, 2
|
1430
|
1972
|
2,1
|
Farg'ona
|
237,1
|
243
|
460,5
|
450
|
1270
|
5,4
|
Xorazm
|
432
|
585
|
817,6
|
942
|
2090
|
4,9
|
USUB
|
158
|
108
|
298
|
317
|
1012
|
6,4
|
Jami
|
5213,5
|
5461
|
7923, 8
|
10027
|
19988
|
3,8
|
2017-2021 yillarda mamlakat miqyosida irrigatsiya-melioratsiya qurilishi uchun sarflangan kapital qo’yilmalar qiymati 3,8 martaga ortgan. Shu investitsiyalarning aksariyat qismi Xorazm, Surxondaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari hududlariga to'g'ri keladi. Irrigatsiya-melioratsiya inshootlari barpo etilishi natijasida xo'jaliklarning suv bilan ta'minlanish darajasi oshdi. Bu hol yangi erlarni o'zlashtirish imkoniyatini yaratdi.
Kelajakda qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini talab darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini, tajribalarini oshirish uchun investitsiya (kapital qo'yilma) lar sarflashni davom ettirish kerak. Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy byudjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag'larni o'z vaqtida olishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, korxonalar iqtisodiyotini yuksaltirish natijasida ularning faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko'proq mablag' ajratilishini ta'minlashga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlarning mablag'larini ham oqilona sarflashga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko'lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi.
Qishloq xo'jaligiga talabni qondiradigan darajada kapital qo'yilmalar sarflanishini kelajakda ishonchli ta'minlash uchun investitsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko'lamini kengaytirish talab etiladi. Bunday shaxslar respublika yoki chet davlatlardan bo'lishi mumkin. Bunda, hozirgi davrda qishloq xo'jaligidagi investitsion jarayonni shakllantirishda sust qatnashayotgan investorlarni intensivroq jalb etis alohida e'tibor berish lozim.
Qishloq kredit uyushmalari yoki kooperativlarini tashkil etish va ularning
faoliyatini rivojlantirish orqali qishloq xo'jaligiga investitsiya oqimini ko'paytirishga erishish mumkin. Ular nodavlat, notijorat kredit instituti bo'lgani ma'qul. Shuning uchun ularga davlatning imtiyozli iqtisodiy yordami zarur. Bu yordamni davlatning qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan quyidagi dasturlari asosida amalga oshirish mumkin:
«Oziq-ovqat muammosini hal etish»;
«Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini rivojlantirish»;
«Qishloq faunasini, florasini hamda ekologiyasini yaxshilash»;
«Yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish, ishsizlikni yumshatish»;
«Qishloqda malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida «Bilimi-malaka» dasturini tuzish»;
«Qishloqda ijtimoiy sohani rivojlantirish» va boshqalar.
Bundan tashqari yangi tashkil etilgan qishloq kredit kooperativlarida ayrim fondlar bo'yicha davlat subsidiyalari va kafolatlari tizimini joriy etish lozim. Tashkil etilayotgan qishloq kredit kooperativlari boshlang'ich kapitalining 35-45 foizi davlatning imtiyozli hamda foizsiz kreditlari hisobidan shakllantirilishi maqsadga muvofiqdir. Qishloq kredit kooperativlarini tashkil etish jarayonida davlatning roli quyidagilar bilan chegaralanishi maqsadga muvofiqdir:
respublikadagi qonun yaratuvchi idoralar bu kooperativlar uchun mamlakat miqyosida hamda xorijiy davlatlarda to'liq faoliyat yuritishning huquqiy asoslarini yaratib berishi;
ushbu kooperativlarning ilmiy, uslubiy muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan qulay muhit yaratilishi;
ularni tashkil etish bo'yicha chet el ekspertlarini jalb etish va mahalliy mutaxassislar tomonidan xorijning ilg'or tajribalarini o'rganishga izchillik bilan yordam berish;
davlat idoralarining rahbar va mutaxassislari yangidan tashkil etilayotgan Qishloq kredit kooperativlarining afzalliklarini barcha axborot vositalari yordamida targ'ib etishga, tushuntirishga qaratilgan faol siyosat olib borishlari, ularni amalda tashkil etishga ko' maklashishlari zarur.
Kredit kooperativlarini qishloq hududlarida tashkil etish uchun quyidagi shartlar bajarilib, ijobiy muhit shakllantirilgan bo'lishi zarur:
qishloq xo'jalik korxonalarining rahbar, mutaxassislari, shuningdek, mehnatga qobiliyatli aholining ushbu moliya-kredit institutiga ishonishi va uni hurmat qilish holatining mavjudligi;
shu moliya-kredit instituti faoliyatida faol ishtirok etish uchun aholi moliyaviy farovonlik darajasining yuqoriligi bu aholining bo'sh mablag'lari mavjudligidan dalolat beradi;
barcha bo'g'indagi davlat hokimiyati idoralari va boshqa tashkilotlarda qishloq xo'jaligi korxonalarini, ayniqsa, fermer va dehqon xo'jaliklarini, kichik korxonalarni kreditlashtirish rivojlantirilishini ta' minlaydigan ushbu g'oyani moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlab, unga hayrixohlik munosabatlari mavjudligi. Chunki qishloq kredit kooperativlarining tashkil etilishi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini kreditlashtirish bilan shug'ullanadigan moliyaviy bozorda erkin raqobatchilik rivojlanishini ta'minlaydi;
qishloq joylarida xodimlar, mutaxassislar kredit kooperativlarining malakali xodimlarga bo'lgan talabini qondira oladigan darajada mavjudligi;
qishloq hududlarida yangi kredit kooperativlarini tashkil etish bo'yicha ijtimoiy, iqtisodiy muhitning talab darajasida shakllanganligi va boshqalar.
Demak, qishloq hududlarida kredit kooperativlarini tashkil etish masalasining ijobiy hal etilishini jadalalashtirish uchun yuqorida ta'kidlangan shart-sharoitlarni tezroq shakllantirishga eng avvalo tarmoqdagi tadbirkorlar, qolaversa, davlat va nodavlat idoralari alohida e'tibor berishlari zarur.
Yangidan tashkil etilayotgan Qishloq kredit kooperativlar nodavlat, notijorat moliya tashkiloti yuridik maqomiga ega bo'lishi lozim. Ularning asosiy maqsadi foydalanish uchun berilayotgan kapital evaziga foyda olish emas, balki qishloq xo'jalik mahsulotlari etishtiruvchi, xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik?^ faoliyati rivojlanishiga imkon beradigan kredit olish sharoitlari yaxshilanishini ta'minlashdir. Bunday kooperativlar berayotgan kreditlari uchun o'z a'zolari majburiyatlari yuzasidan, ya'ni jamoatchilik asosida kafolat beradi, berilgan qarzlarni o'z vaqtida sug'urtalaydi, a'zolaridan pay badallarini yig'adi va boshqa iqtisodiy munosabatlarni amalga oshiradi. Chunki kooperativning har bir a'zosi jamg'arma fondiga qo'shgan hissasidan qat' i nazar bir ovozga ega.
Tashkil etish taklif qilinayotganda Qishloq kredit kooperativlari notijorat moliya-kredit tashkiloti sifatida tijorat banklaridan muayyan jihatlari bilan ajralib turadi).
Qishloq kredit kooperativi faoliyati natijasida olingan daromad uning bo'linmas hamda zahira fondini tashkil etish uchun ishlatiladi. Bunday zahira fondni shakllantirishdan maqsad, eng avvalo, kooperativ faoliyati natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan zararni qoplash uchun mablag' yig'ish, ya'ni birgalikdagi mas'uliyat xavfini kamaytirishdir. Bundan tashqari, mazkur fond iqtisodiy tanglik va tanazzullar davrida ishonchli zahira bo'lib xizmat qiladi, qishloq kredit kooperativlarining kelajakda barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi.
Kredit olishni rasmiylashtirish muddati 1 kun bo'lishi kerak.
Kredit berish shaxsan ishonish yoki kimningdir kafilligi ostida amalga oshirilishi lozim.
Kooperativ a'zolari garovsiz kredit olishlari mumkin.
Kredit kooperativlari dastlabki 5 yil davomida soliqqa imtiyozli ravishda tortilishi, ularning foydasidan soliq olinmasligi kredit stavkalari mos bank stavkalaridan ancha past bo'lishi va kreditni tovar bilan qaytarib olish imkoniyati ko'zda tutilishi lozim.
Kreditlarning qisqa muddat ichida rasmiylashtirilishi mablag'larning tez aylanishiga yordam beradi.
Kooperativning o'z mablag'lari, qarz mablag'lari, shuningdek, mol-mulki bo'lishi mumkin. Kooperativning o'z mablag'lari a'zolarining pay badallari, faoliyati natijasida olingan foyda, shuningdek, o'z mablag'larini qimmatli qog'ozlar hamda pul shaklida banklarga joylashtirish hisobiga tashkil topadi. A'zolar tomonidan pay badali sifatida berilgan, shu bilan birgalikda ushbu
kooperativ faoliyati davomida sotib olingan mol-mulklar uning huquqiy sha7?l sifatidagi mulki hisoblanadi.
Kredit kooperativi faqat o'z a'zolari omonatlarini saqlash va ularga qarz berish maqsadida tuzilganligini hisobga olib, bitta a'zoga kredit berish hajmi majburiy pay badali hajmi bilan belgilanadi.
Qishloq kredit kooperativi o'z faoliyatining dastlabki bosqichlarida pul mablag'larining etishmasligi va a'zolariga kerakli miqdorda qarz bera olmaslik kabi muammolarga duch kelishi mumkin. Shu bois dastlbaki davrda unga a'zolarining qarz olishga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun qo'shimcha moliyaviy mablag'lar kerak. Bu muammoni davlat yordami bilan hal etish mumkin. Bu borada davlat byudjetidan qishloq xo'jalik moliyaviy infratuzilmasining shakllanishiga, qishloq kredit kooperatsiyasi tizimi rivojlanishiga alohida ahamiyat bergan holda mablag' ajratilishi, bu mablag' qaytarib berilmaydigan yoki qaytarib beriladigan ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Bunga bog'liq bo'lmagan ravishda kredit kooperativlarini tashkil etish bosqichida ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy asoslashda davlatdan olingan qarzlarni o'z muddatida (qaytarilayotgan summa miqdori va davriyligi) qaytarish imkoniyatlari hisob-kitob qilinishi kerak.
Kredit kooperativi faoliyatining dastlabki va keyingi davrlarida mablag' etishmasligi muammosini hal etishning boshqa usullari ham mavjud. Bu, avvalo, bankdan imtiyozli kredit olishdir. Bu holatda qarzga olingan mablag'dan foydalanganlik uchun to'lov (bank foizi) xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan kooperativ xarajatlarining bir qismini tashkil etadi va u kooperativ a'zolariga berilgan qarz uchun olingan foiz orqali qoplanishi lozim. Bunda kooperativdagi berilgan qarz uchun foizlar bank kreditidan foydalanganlik uchun to'lanadigan foizlarga qaraganda yuqoriroq bo'ladi, chunki kooperativ bu turdagi xizmatni amalga oshirishi uchun o'zi tomonidan qilingan xarajatlarni qoplashi kerak.
Qishloq kredit kooperativining asosiy faoliyati kooperativ a'zolariga kredit berish va pul mablag'larini jamg'arish kabi xizmatlarni ko'rsatishdan iborat. Shunga mos holda ushbu xizmatni amalga oshirish uchun kooperativning kredit siyosati ishlab chiqiladi va nizomda belgilab qo'yiladi.
kimga qarz beriladi;
qanday maqsadlar uchun qarz beriladi;
kooperativning bir a'zosi uchun beriladigan qarzning maksimal miqdori;
qarz berish muddati, qarzdan foydalanganlik uchun to'lov miqdori (foiz stavkasi);
qarzni qaytarish kafolati;
kelishmovchilik va nizolarni hal etish.
Qarz faqat kooperativ a'zolariga beriladi. Yana bir muhim jihati shundaki, qarz nizomda ko'rsatilgan maqsadlar uchungina beriladi. Qarzni ishlatish maqsadini aniqlash kreditor bo'lganligi sababli kooperativning o'z manfaatlarini himoya qilishi lozimligi bilan izohlanadi.
Kredit kooperativi faoliyatining dastlabki davrida, ya'ni kredit resurslari fondi endi shakllanayotgan vaqtda berilayotgan qarz miqdorini aniqlash zarur. Chegaralovchi holatlar berilayotgan qarzning qaytarilish kafolatini oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bitta a'zoga berilayotgan qarzlar miqdori har xil bo'lishi mumkin va u kredit fondining holatiga qarab belgilanadi. Beriladigan qarzning eng katta miqdorini kooperativning pay fondi hajmi darajasida chegaralash maqsadga muvofiqdir. Bu kooperativ a'zosinining o'ziga bog'liq bo'lmagan u yoki bu sabab bilan qarz bo'lib qolish holatlarida ro'y berishi mumkin bo'lgan yo'qotishlarni qoplash kafolatini beradi.
Kooperativ a'zolariga qarz berish muddatini belgilash katta ahamiyatga ega, chunki qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish bilan shug'ullanish pul mablag'lari kelib tushishi va unga bo'lgan ehtiyojning davriyligini keltirib chiqaradi. Qishloq kredit kooperativi uchun qarz muddati 6 oy va undan ko'pga belgilanishi maqsadga muvofiqdir.
Kredit kooperativi faoliyatining muhim jihati qarzdan foydalanganlik uchun to'lov miqdori hisoblanadi. Agar kooperativning kredit fondi faqat omonat uchun qo'yilgan xususiy mablag'lar hisobiga shakllansa, qarzlar kichik foiz bilan berilishi mumkin. To'lov stavkalarini asoslash va belgilashda kr fondi shakllanishida yuzaga keladigan xarajatlarni hisobga olish kerak. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida jalb qilinayotgan mablag'lar qiymati o'zgarishini hisobga olib, nizomda kredit uchun to'lovning aniq miqdorini belgilash shart emas, balki uning quyi va yuqori chegaralarini belgilab qo'yish maqsadga muvofiq. Nizomda ko'rsatilgan vaziyatning eng maqbul varianti kooperativ boshqaruviga kuzatuv kengashi bilan birgalikda iqtisodiy vaziyatning o'zgarishini hisobga olib, qarzdan foydalanganlik uchun to'lov stavkalarini imkon qadar past belgilash huquqini berish kerak.
Foiz stavkalarining o'zgartirilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
uning ko'payishi - faqat qarzdan foydalanish uchun foizning o'zgarishi vaqtida tuzilgan shartnoma asosida hisobga olinadi;
uning kamayishi-barcha shartnomalar, jumladan, oldin tuzilgan shartnomalar asosida hisobga olinadi. Kelishilgan vaqtda tuzilgan shartnomada qarzdan foydalanish uchun foiz ko'rsatiladi va keyinchalik u amal qilayotgan vaqtda barcha o'zgartirishlar kiritiladi.
Berilayotgan qarzning kafolatli ta'minoti kredit siyosatining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Qarzni qaytarishning kafolatli ta'minoti usullari quyidagilar bo'lishi mumkin: qarz miqdoriga loyiq garov berish (garov shartnomasi imzolanadi) yoki qarz olayotgan shaxs bilan uni o'z vaqtida to'lash majburiyatini barobar bo'yniga olgan kooperativga ko'pchilik a'zolarning ishonch bildirishlari.
Kooperativ a'zolariga qarz berish tartibi va uning miqdori kooperativ nizomiga mos holda umumiy yig'ilish tomonidan belgilanadi. Boshqaruv kengashi qarz berish bo'yicha qarorlarni maqsadga muvofiq holda mustaqil qabul qilishi kerak.
Nizomda qarz berishning taxminan quyidagicha tartibi belgilanishi lozim:
qarzning umumiy summasi, qarz olishning aniq maqsadi, muddati va qaytarish kafolati ko'rsatilgan belgilangan shakldagi ariza;
kooperativ boshqaruvining ariza beruvchining kreditni qaytarish qobiliyat bergan bahosi;
kooperativ a'zolariga qarz berish uchun umumiy yig'ilish tomonidan qaror qabul qilinishi.
Umumiy yig'ilish qarori asosida kooperativ bilan uning a'zosi o'rtasida qarz shartnomasi imzolanadi. Unda kredit kooperativi nizomida belgilangan qonuniy holatlar, o'zaro munosabatlar va asosiy vaziyatlar o'z aksini topshii kerak. Qarz shartnomasida tomonlar roziligi bilan qarzni uzish tartibi hamda qarz beruvchilarning olingan qarzdan foydalanishi ustidan nazorat qilish imkoniyatlari ko'rsatiladi.
Kredit kooperatsiyasi faoliyatining asosiy yo'nalishi kooperativ a'zolari shaxsiy jamg'armalarini jalb qilish bo'lishi mumkin. Qishloq aholisi jamg'armasini to'plab, jamg'arma omonatlariga yaxshi sharoit yaratish bilan kredit kooperativining rivojlanishi uchun mustahkam moliyaviy asos yaratish mumkin. Kooperativ va uning a'zolari o'rtasidagi jamg'armalarni saqlash tartibi va sharti bo'yicha o'zaro munosabatlarda shartnoma tuzilib, umumiy yig'ilish tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Qishloq kredit kooperativi buxgalteriya hisoboti andozalariga mos holda hisobotlarni amalga oshiradiki, ular quyidagilarni o'z ichiga oladi: umumiy qoidalar-me'yoriy hujjatlar, tamoyillar, buxgalteriya hisobi masalasi, buxgalteriya hisobi va hisobotiga javobgarlik; hisob texnikasi- nizom jamg'armasidagi operatsiyalarni badallarni ko'rsatgan holda aks ettirish; fondning tashkil topishi, undan foydalanish tartibi va erkin xususiy mablag'larning qolgan qismi. Kredit kooperativi umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadigan foyda va xarajatlar smetasi har yili chorak (kvartal) larga ajratilgan holda tuziladi.
Shunday qilib, qishloq kredit kooperativlari tijorat bankidan o'z faoliyatining maqsadi, tashkiliy-huquqiy shakli, foydani taqsimlash usuli, xususiy mablag'ining manbai va xizmat ko'rsatishi bilan tubdan farq qiladigan alohida turdagi moliyaviy institut hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda qishloq kredit kooperativlari tizimi murakkT^ tashkiliy tuzilmaga ega. Kooperativlarning asosiy kooperativ banklari uch darajali tizimga ega bo'lib, asosiy vazifasi qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash hisoblanadi. Ular tarkibiy tuzilishi bo'yicha quyidagicha ko'rinishga ega:
mahalliy kredit kooperativlari;
hududiy kooperativ banklar;
hududlararo markaziy kooperativ bank.
Mamlakatda qishloq kredit kooperativlarini rivojlantirish bosqichma- bosqich amalga oshirilishi kerak, chunki, avvalo, fermer va dehqon, shuningdek, boshqa turdagi qishloq xo'jalik korxonalari bunday tuzilmalarni barpo qilish zarurligini va ahamiyatini tushunib etishlari lozim. Shundagina kooperativ banklar tuman va viloyat kooperativlarini birlashtiruvchi ko'p darajali qishloq kredit kooperatsiya tizimini shakllantirishi mumkin. Bu tizimning vazifalari qat'iy taqsimlangan birlamchi kredit bo'g'inlaridan to hududiy va markaziy kooperativ banklar ittifoqi ko'rinishidagi tashkiliy tuzilma sifatida tuzilishi mumkin. Quyi bo'g'indagi qishloq kredit kooperativlari, yuqorida ta'kidlanganidek, ixtiyoriy ravishda dehqon, fermer va boshqa turdagi qishloq xo'jalik korxonalarining pul mablag'larini jamlash yo'li bilan tashkil etiladi. Ular o'z a'zolarining mablag'laridan samarali foydalanishlari ustidan nazorat yuritadilar.
Bundan tashqari, qishloq xo'jaligini investitsiyalash jarayoniga turli xildagi banklarning, investitsiya, lizing va sug'urta kompaniyalarining, ishlab chiqarish kontsernlarining, savdo va boshqa korxona hamda tashkilotlarning mablag'larini jalb etish lozim. Buning uchun ularga davlat hamda qishloq xo'jaligi tomonidan ma'lum darajada iqtisodiy imtiyozlar yaratilishi zarur. Shundagina ular o'z mablag'larini qishloq xo'jaligiga solishi mumkin. Barcha manbalardan shakllanayotgan investitsiya mablag'larini qishloq xo'jaligida quyidagilarga sarflash maqsadga muvofiqdir:
yangi erlarni kompleks o'zlashtirishga;
tarmoqda fan va samarali texnologiyalarni rivojlantirishga;
irrigatsiya, melioratsiya shaxobchalarini qurishga, mavjudlarining ishga
yaroqliligini ta' minlash maqsadida ta' mirlashga;
yangi, samarali traktorlarni, mashinalarni, kombaynlarni sotib olish va mavjudlarini ta'mirlashga;
ishlab chiqarish bino-inshootlarini qurishga, mavjudlarini ta'mirlashga;
ko'p yillik daraxtzorlar, bog'zor, tokzorlar yaratishga;
sermahsul chorva hayvonlarini talab darajasida ko'paytirishga;
tarmoqni barcha ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlashga;
mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish, intellektual mulkni
rivojlantirishga;
Barcha yo'nalishlar bo'yicha qishloq xo'jaligiga sarflanayotgan investitsiya (kapital qo'yilma) larning maqsadga muvofiq yo'naltirilishi ta'minlanishi kerak. Shunda yalpi investitsiya (kapital qo'yilma) lar sof investitsiya (kapital qo'yilma) ga aylanadi. Ya'ni foydalanish mumkin bo' lgan ishlab chiqarish resurslari ko'payadi. Ulardan oqilona, samarali foydalanish natijasida qishloq xo'jaligining yalpi mahsuloti, yalpi va sof daromadi ortadi. Bu investitsiya (kapital qo'yilma) larning iqtisodiy samaradorligi yuksalishini ta'minlaydi.
XULOSA
Qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida ta'minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda.
Investitsiyalar tufayli tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg'or texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalarning o'z mablag'lari hamda chet elga jalb etilayotgan mablag'lar evaziga amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan mablag'lar summasi ortib bormoqda.
Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq (absolyut) hamda qiyosiy (nisbiy) samaradorligini tarmoq, korxona va yo'nalishlar bo'yicha aniqlash maqsadida muayyan ko'rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi talab darajasida emas. Sababi-xo'jaliklar sof foydasi kamligi sababli maqsad uchun etarli miqdorda mablag' ajrata olmayotirlar, o'zgalarning mablag'lari, ya'ni chet el investitsiyalari, bank kreditlari ham talabni qondiradigan darajada jalb etilayotgani yo'q.
Kelajakda investitsiyalarni talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun:
investitsyailar manbalarini kengaytirishga erishish;
investitsiyalar jalb etishda garov hamda sug'urta masalalarini rivojlantirish;
investitsiyalarni maqsadga muvofiq, samarali yo'nalishlarga sarflash kerak.
Dostları ilə paylaş: |