Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya′ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya′ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya′ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.So'zning keng ma'nosida kapital - bu ko'p miqdorda iqtisodiy foyda keltirish maqsadida yaratilgan har qanday resurs.
Kapitalning ikkita asosiy shakli mavjud:
Asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma) Aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va h.k.)
Kapital bozori
Kapital bozori
kapitalga bo’lgan talab
Talab va taklifning o'zaro ta'siri natijasida investitsiya kapitalining narxi foiz shaklida shakllanadigan bozor.
Kapital bozorining tuzilishi
kapital ta'minoti
kapital narxi (foiz stavkasi)
Ssuda kapitali — vaqtincha foydalanib qaytarish, maʼlum foiz haq toʻlash sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Ssuda kapitalining iqtisodiy maʼnodagi oʻziga xos xususiyati shundaki, u foiz koʻrinishida foyda keltiradi Kapitlga bo’lgan talab
Kapital bozorida biznes kapitalni talab qiladi. Kapitalga bo'lgan talab - bu tadbirkorlar tomonidan investitsiya faoliyati uchun foydalanadigan qarz mablag'lariga (ssuda kapitaliga) talab.
Kapital ta’minoti-ssuda kapitalini shakllantirish manbalaridan biri bo'lgan qarz mablag'larini (erkin jamg'armalarni) ta’minlaydi Kapital narxi
Ssuda kapitalidan ma'lum muddatga foydalanganlik uchun ssuda foizlari shaklida ma'lum miqdorda pul to'lanadi. Ssuda foizi - bu kapital egasiga ma'lum vaqt davomida o'z mablag'laridan foydalanganlik uchun to'lanadigan narx. Ssuda foizlari odatda yil uchun foiz stavkasida ifodalanadi.
Investitsiya - daromad olish uchun qo`yiladigan kapital mablag`.Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to`ldirish jarayonidir.
Yalpi investitsiya-kapital zahirasining umumiy o`sishidir.Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag`ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo`lsa, sof investitsiya musbat bo`ladi (bu holda kapital ko`payadi va ishlab chiqarish kengayadi).
Agar yalpi investitsiya qoplashdan kichik bo`lsa, sof investitsiya manfiy bo`ladi (mavjud kapital kamayib boradi).
Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo`lsa, kapital hajmi o`zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).
Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda kapitalning ichki o`zini oqlash koeffisienti dan va ssuda foizi dan foydalaniladi.
Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi ularning chekli ichki oqlash koeffisientidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali aniqlanadi: , Δr=r-i bu yerda Δr -chekli sof qoplash; r - chekli ichki qoplash; i - ssuda stavkasi foizi.
Agar r = i bo`lsa, investitsiyadan olinadigan foyda maksimal bo`ladi.
Asosiy kapitalga qo`yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo`ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya′ni undan foydalanish muddati mavjud bo`lib, u chegaralangan bo`ladi. Asosiy kapital xizmat ko`rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi.
Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qo`yilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat ko`rsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak bo`ladi.
Faraz qilaylik, I- investitsiyani chekli qiymati, R1 -xizmat ko`rsatish yilida asosiy kapitaldan olinadigan chekli (qo`shimcha) daromad. U holda birinchi yil uchun kapitalning chekli oqlash normasini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin: I (1 + r) = R1
Sarmoya kiritgan firma kelajakda daromad olish uchun bugun pul sarflaydi. Investitsiyaning foydali bo'lishi muammosini hal qilish uchun firma kelajakdagi daromadning diskontirlangan miqdorini aniqlashi kerak.
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang`ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga diskontirlash deyiladi.
Hozirgi qiymat (PDV) - bu ma'lum vaqt davomida, masalan, yil davomida to'langan 1 dollarning joriy qiymati. Bunday holda, PDV quyidagi formula bilan ifodalanadi: