4
5-BOB. DIVIDENDLARNI TO’LASH TARTIBI
21. Bank aksiyalar boʻyicha eʼlon qilingan dividendlarni toʻlashi shart. Dividendlarni toʻlash toʻgʻrisidagi
qarorda dividendlarni toʻlash boshlanishi va yakunlanishi sanasi koʻrsatiladi. Dividendlarni toʻlash
muddati
dividendlar toʻlash haqida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan kech boʻlmasligi lozim.
22. Bank dividendlarni toʻlash boʻyicha majburiyatni dividendlarni toʻlash muddati davomida har qanday kunda
bajarishga haqli.
23. Bir aksiyadorga hisoblangan dividendlar summasi muayyan turdagi bir aksiyaga toʻgʻri
keladigan
dividendlar summasini aksiyadorga tegishli ushbu turdagi aksiyalar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
24. Bank dividendlar miqdorini ulardan ushlab qolinadigan soliqlar hisobga olinmagan holda eʼlon qiladi.
Dostları ilə paylaş: