“Kapitalbank” atb kengashi tomonidan 2015 yil 24 dekabrda “tasdiqlandi”



Yüklə 187,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix27.06.2023
ölçüsü187,62 Kb.
#135438
1   2   3   4
Dividend-siyosati

2-BOB. SIYOSAT TAMOYILLARI 
8. Bank aksiyalari boʻyicha toʻlanadigan dividendlar miqdorini muayyan barqaror darajada saqlab turish 
siyosatning asosiy tamoyili hisoblanadi. Olib borilayotgan siyosat bank aksiyalarining bozor qiymatini oshirish va 
tegishli darajada saqlashga qaratilgan. 
9. Siyosat quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
a) dividendlar toʻlovlarini amalga oshirishda vaqt chegaralarini belgilovchi oʻz vaqtidalik tamoyili; 
b) asoslanganlik tamoyili, dividendlar toʻlash va miqdori haqida qaror faqat bank tomonidan ijobiy moliyaviy 
natijaga erishilgan taqdirdagina bankning rivojlanish strategiyasi va investitsiya dasturini hisobga olgan holda qabul 
qilinishi mumkinligi tushuniladi. 
3-BOB. DIVIDЕNDLAR MIQDORINI BЕLGILASH VA ULARNI TOʻLASH TOʻGʻRISIDA QAROR 
QABUL QILISH (EʼLON QILISH) TARTIBI 
10. Agar qonunchilik va bank ustavi bilan boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, bank moliyaviy yilning 
birinchi choragi, yarim yilligi, toʻqqiz oyi natijalariga koʻra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga koʻra joylashtirilgan 
aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Har bir turdagi aksiyalar boʻyicha 
dividendlarni toʻlash (moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va toʻqqiz oyi natijalariga koʻra), dividend 
miqdori, uni toʻlash shakli va tartibi toʻgʻrisidagi qaror bank Kengashi tavsiyasi, ishonchliligi toʻgʻrisida auditorlik 



xulosasi mavjud boʻlgan holda moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan 
qabul qilinadi. Dividendlar miqdori bank Kengashi tavsiya etgan miqdordan koʻp boʻlishi mumkin emas. Moliyaviy 
yilning birinchi choragi, yarim yilligi va toʻqqiz oyi natijalariga koʻra dividendlar toʻlash toʻgʻrisidagi qaror (e’lon) 
tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. 
11. Bank 
Kengashining aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga tavsiyalari dividendlarni toʻlashga 
yoʻnaltiriladigan foydaning umumiy summasini, shuningdek har bir turdagi bir dona aksiyaga toʻgʻri keladigan 
dividendlar summasini oʻz ichiga olishi lozim. 
12. Dividendlar bankning bank tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) oʻtgan yillarning taqsimlanmagan 
foydasidan toʻlanadi. 
13. Agar dividendlar to‘lash oqibatida aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo‘jalik ahvoli jiddiy tarzda 
yomonlashadigan bo‘lsa, dividendlar to‘lash taqiqlanadi. 
14. Bank: 
a) bank ustav kapitalining hammasi uning taʼsis etilishi chogʻida toʻliq toʻlab boʻlinguniga qadar; 
b) agar dividendlar toʻlanadigan paytda bankda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki bankda shunday belgilar 
dividendlarni toʻlash natijasida paydo boʻlsa; 
v) agar bank sof aktivlarining qiymati uning ustav kapitali va zaxira fondi summasidan kam boʻlsa, aksiyalar 
bo‘yicha dividendlar to‘lash (e’lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas. 
Ushbu bandda koʻrsatilgan holatlar tugatilgach, bank hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga toʻlashi shart. 
Bunda O’zbekiston respublikasi Markaziy banki qonunchilikda belgilangan tartibda bankdan bankni moliyaviy 
sog‘lomlashtirish, shu jumladan aksiyadorlarga dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini amalga oshirishni talab 
qilishga haqlidir. 
15. Dividendlarni toʻlashda hisoblangan, biroq olinmagan foizli daromad summasiga tuzatilgan amalda mavjud 
foydadan kelib chiqish lozim. 
16. 
Bank toʻlanadigan dividendlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qimmatli qogʻozlar bozorini 
tartiga solish boʻyicha vakolatli davlat organining (www.csm.gov.uz), bankning (www.kapitalbank.uz) va 
“Toshkent” RFBning (www.uzse.uz) rasmiy veb-saytlarida, qonunchilikda belgilangan muddatlarda eʼlon 
qiladi.

Yüklə 187,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin