Karer haqida tushuncha. Pog‘ona elementlari



Yüklə 134,21 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü134,21 Kb.
#207410
1   2   3   4   5
Karer haqida tushuncha. Pog‘ona elementlari

4.1-rasm. Pog‘ona elementlari
Pog‘onaning qazib olingan tomoni bo‘yicha burchak ostida chegaralovchi qiyalik pog‘ona qiyaligi deyiladi. Pog‘ona qiyaligini uning ostki va ustki maydonchalari bilan kesishgan chizig‘iga mos ravishda ustki (s) va ostki (d) brovkalar deyiladi.
Pog‘ona balandligi Nu ish olib borish xavfsizligini hisobga olgan holda o‘rnatiladi va ekskavator o‘lchamlari hamda tog‘ jinslarining fizika-texnik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘plab karerlarda pog‘ona balandligi 10-15 m ni tashkil etadi, ba’zan esa 20-40 m ga yetadi. Ish olib boriladigan pog‘onaning qiyalik burchagi odatda 65-80˚ ga teng, ish olib borilmaydigan pog‘onada bu ko‘rsatkich 45-60˚ ni tashkil etadi.
Ish olib boriladigan pog‘onani uning balandligi buyicha chegaralovchi gorizontal yuzaga ustki (a) va ostki (v) maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun mo‘ljallangan jihozlar (burg‘ulash dastgohlari, ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydon kengligi 40-70 m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari to‘xtatilsa, u holda ish olib borilmaydigan maydon deyiladi.
Pog‘ona odatda ketma-ket ravishda parallel yo‘laklar, 10-20 m kenglikdagi ba’zan esa undan kengroq bo‘lgan zaxodkalar bilan qaziladi. Zaxodkalarning boshi berk qismi (ye) kovjoy (zaboy) deyiladi. Zaboyda bevosita foydali qazilma yoki qoplovchi jinslarni qazish-yuklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada zaboy siljib boradi va zaxodka qazib olinadi, so‘ngra esa yangi zaxodkaga o‘tiladi.

Karer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar.
Karerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari mavjud.(4.2 rasm)

2-rasm. Karerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari

Yuqori pog‘onaning yuqori brovkasini quyi pog‘onaning quyi brovkasi bilan bog‘lovchi chiziqlar orasidagi burchak ish olib boriladigan bortning qiyalik burchagi, esa ish olib borilmaydigan bortning qiyalik burchagi deyiladi.


Ish olib boriladigan bortning pog‘onalarini ajratuvchi ishchi maydonlarda tog‘ jinslari yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi maydon kengligi Vr.p=40-80 m, ishchi bort qiyalik burchagi esa =7-15˚ ni tashkil etadi.
Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar kichik kenglikdagi maydonchalarga: transport va ximoyalovchi maydonchalarga bo‘linadi. Ish olib borilmaydigan bort qiyalik burchagi 35-45˚ ni tashkil etadi.
Karerning ishchi borti pastki gorizontda joylashgan transheyani o‘tish hisobiga shakllanadi.
Pog‘onalarda zaxodkalarning qazib borilishi bilan birgalikda karerning ishchi borti ham siljib boradi va karerning chegara konturiga yaqinlashadi, so‘ngra ishsiz holatga keladi. Ishchi maydon esa himoya yoki transport maydoniga aylanadi.
Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar ish olib borilmaydigan pog‘onalar deyiladi.

Yüklə 134,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin