Pog‘ona elementlari
Pog‘onaning qazib olingan tomoni bo‘yicha burchak ostida chegaralovchi qiyalik pog‘ona qiyaligi deyiladi. Pog‘ona qiyaligini uning ostki va ustki maydonchalari bilan kesishgan chizig‘iga mos ravishda ustki (s) va ostki (d) brovkalar deyiladi.
Pog‘ona balandligi Nu ish olib borish xavfsizligini hisobga olgan holda o‘rnatiladi va ekskavator o‘lchamlari hamda tog‘ jinslarining fizika-texnik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘plab karerlarda pog‘ona balandligi 10-15 m ni tashkil etadi, ba’zan esa 20-40 m ga etadi. Ish olib boriladigan pog‘onaning qiyalik burchagi odatda 65-80˚ ga teng, ish olib borilmaydigan pog‘onada bu ko‘rsatkich 45-60˚ ni tashkil etadi.
Ish olib boriladigan pog‘onani uning balandligi buyicha chegaralovchi gorizontal yuzaga ustki (a) va ostki (v) maydonchalar deyiladi. Qazib olish uchun mo‘ljallangan jihozlar (burg‘ulash dastgohlari, ekskavatorlar, transport vositalari va b.) joylashgan maydon ishchi maydon deyiladi. Ishchi maydon kengligi 40-70 m ni tashkil etadi. Agar maydonda kon ishlari to‘xtatilsa, u holda ish olib borilmaydigan maydon deyiladi.
Pog‘ona odatda ketma-ket ravishda parallel yo‘laklar, 10-20 m kenglikdagi ba’zan esa undan kengroq bo‘lgan zaxodkalar bilan qaziladi. Zaxodkalarning boshi berk qismi (e) kovjoy (zaboy) deyiladi. Zaboyda bevosita foydali qazilma yoki qoplovchi jinslarni qazish-yuklash ishlari amalga oshiriladi. Natijada zaboy siljib boradi va zaxodka qazib olinadi, so‘ngra esa yangi zaxodkaga o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: |