Karer osti o‘lchamlari, karerning oxirgi chuqurlik belgisida qazib olinayotgan uyum qismi bilan chegaralanadi. Karerning ostki minimal o‘lchamlari pastki pog‘onada olib borilayotgan jinslarni xavfsiz qazib olish va yuklash shart-sharoitlari bilan aniqlanadi (kengligi buyicha kamida 20 metr, uzunligi buyicha 50 metrdan kam bo‘lmasligi kerak).
Karer bortining qiyalik burchagi bort yonbag‘iri massivi jinslari mustahkamligi va transport kommunikatsiyalarining joylashtirilishi shart-sharoitlari bilan aniqlanadi. Qoplovchi tog‘ jinslarini qazib olishni kamaytirish maqsadida bortlarning qiyalik burchaklarini iloji boricha tikroq qilib olinadi.