Bakterial dog’lanish (Bacillus mycoides Feugg)
Lavlagining bakterial dog’lanish kasalligi barcha maydonlarda keng
tarqalgan. Bu kasallik yosh o’simliklarda 2-3 ta chin barg chiqargandan boshlab
zararlanadi. Kasallikning asosiy belgilaridan barg plastinkasida to’q-qo’ng’ir
rangdagi hoshiyalar bilan o’ralgan bo’lib, doirasimon dog’lar yuzaga keladi. Katta
barglarda dog’larning hajmi katta ko’rinishda bo’ladi. Ular bir necha kundan so’ng
kattalashib bir-biriga qo’shilib, yaxlit dog’ni hosil qiladi. Kasallangan to’qima
qurib to’kiladi. Bu kasallikni ko’p hollarda teshikchali dog’lanish deb, yuritiladi.
Kasallikni Bacillus mycoides Feugg. Bac. mesentericus pv vulgatus
Feuggezamburug’lari yoki boshqalar keltirib chiqaradi. Kasallikning rivojlanish
davri tashqi ob-havoga bog’liq bo’lib, havo harorati 10-14
0
S da 8-10 kunni tashkil
etadi.
Patogen asosan o’simlik qoldiqlari, kasallangan o’simlik, saqlab qo’yilgan
urug’lik manbalari orqali tarqaladi. Kasallik o’simlikda kuchli rivojlanishi
natijasida qurib qolishi hollari yuz beradi. O’simlikni ko’p qismi kasallanganda
o’sish va rivojlanishdan orqada qolib, hosildorligi kamayib ketadi. Bu kasallik
bilan katta yoshdagi o’simliklar kamdan-kam hollarda kasallanishi mumkin.
Kasallikka qarshi kurash choralari
.
Almashlab ekishni tashkil etish. Kasallik
tarqalgan maydonlardan urug’lik tayyorlamaslik. Ekish davrida yuqori
konditsiyaga ega bo’lgan urug’larni ekish. Vegetatsiya davrida o’simliklarni
karantin choralaridan bo’lgan fitosanitariya nazoratidan o’tkazish.
Qator oralariga oz-ozdan tez-tez oziqlantirishni tashkil etish va hosilni
yig’ishtirish davrida ham fitosanitariya nazoratidan o’tkazish kerak.
Savollar
1.
Kartoshkaning rak, qo’ng’ir chirish kasalliklari xaqida nimalarni bilasiz?
2.
Kartoshka qorakuya kasalligi qanday kasallik?
3.
Lavlagining bakterial dog’lanish kasalligi o’simlikningqaysi davrida
yuzaga keladi?
4.
Lavlagi kumushrang dog’lanish bilan kasallanganda o’simlikda qanday
belgilar hosil bo’ladi?
Dostları ilə paylaş: |