Kartoshkaning rak, qo’ng’ir chirish kasalliklari Kartoshka qorakuya kasalligi


Karantin choralari va qarshi kurash



Yüklə 47,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü47,65 Kb.
#182533
1   2   3   4   5
Karantin choralari va qarshi kurash.
Almashlab ekishni to’g’ri tashkil 
etish. Kasallik tarqalgan maydonlardan urug’lik tayyorlamaslik. Kartoshka ekilgan 
maydonlar yil davomida karantin fitosanitariya nazoratida bo’lishi lozim. 
Urug’larni erta muddatlarda ekishni tashkil etish. 
Kasallik 
aniqlangan 
maydonlar 
bo’yicha tuman, qishloq xo’jalik 
mutaxassislariga doimiy ravishdama’lumot berish kerak bo’ladi. kasallik o’chog’i 
bo’lgan joylardan kartoshka tuganagi va ildiz mevalarini keltirish to’xtatiladi. 
Kasallik tarqalgan maydonlarda 5 yilgacha kartoshka, pomidor va ildiz mevali 
ekinlar va boshqa tuproq osti ekinlari ekish ta’qiqlanadi. Zararlangan tugunaklar, 
kartoshka palagi va qurigan yog’ochlik qismini yig’ish, yo’qotish hamda ohak 
eritmasi, formalin bilan ishlov berish lozim.
Kasallik tarqalishini aniqlash uchun kartoshka palagi, qurigan poyalari va 
tugunaklari sinchiklab ko’zdan kechiriladi. Dalani diagonali bo’ylab bir xil 
oraliqda tartib bilan 5 tupdan kartoshka olib tekshiriladi. Namunalar soni ekin 
maydoniga qarab olinadi. 


 
Kartoshkaning qo’ng’ir chirishi (Ralstonia solanacearum 
(Smith) Yabuuchi et al.) 
Kartoshkaning qo’ng’ir chirish kasalligi qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar 
yetkazish bo’yicha iqtisodiy ahamiyatga ega. Kasallikka moyil ekinlar hosildorligi 
bu kasallik ta’sirida 50 % gacha kamayadi. 
Evropa, Osiyo, Amerikada,O’zbekiston respublikasi hududlarida uchramaydi. 
Tashqi karantin hisoblanadi. 
Kasallikni birinchi belgilari odatda gullash fazasida tugunakni dastlabki 
shakllanishi davrida paydo bo’ladi. Bu vaqtda o’simlik to’satdan so’liydi, barglari 
sarg’ayadi, burishadi va osilib qoladi. Ba’zan bitta shoxi quriydi, ammo 
qurishjarayoni tez boradi, ba’zi bir quriyotgan shoxlar sekin-asta qo’ng’ir tusga 
kiradi. Ildizning pastki qismi yumshoqlanib boradi va chiriydi. 
Kasallik qo’zg’atuvchini o’simlikka kirib borishi ildiz tizimi va qo’shimcha 
ildizlarning hosil bo’lishi vaqtida sodir bo’ladi. O’simlikka tushgan bakteriya 
tezda ko’payadi va tomirlarni to’ldirib boradi. Natijada yo’llari to’lib qolgan 
o’simliklar tezda so’liydi.
YAngi regionlarda kartoshka va manzarali o’simliklar orqali tarqalishi 
mumkin. Lekin tabiiy tarqalishi sekin boradi va bunda organiq hollarda sodir 
bo’ladi. Kasallikni asosiy manbai zararlangan tuproq, latent infektsiyalarni kelib 
qolishi, begona o’tlar, o’simlik qoldiqlari, ituzumdosh va yovvoyi o’simliklar, 
sug’oriladigan joylardagi suvlar hisoblanadi. 

Yüklə 47,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin