Norin tuman 2-son kasb-hunar maktabi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI
NORIN TUMAN 2-SON
KASB-HUNAR MAKTABI
RAQAMLI MULTIMEDIA AXBOROTLARINI QAYTA ISHLASH VA YARATISH TEXNOLOGIYASI
O’QUV AMALIYOTIDAN
MA’RUZALAR MATNI
Maxsus fan o’qituvchisi:
2020-yil
1-mavzu: Texnik vositalar
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda. Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, balki kompyuterga ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.
Periferik qurilma bu – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo'shimcha qurilmalar ham deyiladi, ularsiz ham kompyuter o'zining asosiy ishlarini amalga oshiraveradi. Periferik qurilmalar faqatgina qo'shimcha ishlarni amalga oshiradi.
Periferik qurilmalar kompyuterga ma'lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin. Misol uchun, USB, LPT, COM portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya'ni wi-fi, Bluetoothvahakazolar orqali.
Demak, bu qurilmalarga nimalar kiradi? Bu qurilmalar juda ko'p, shuning uchun nimalar kirmasligini bilib olsak, qolgan hamma narsalar kirishi oydinlashadi.
Kompyuter nimalardan tashkil topgan va nimalar bo'lmasa umuman ishlamaydi? Shu savolga javob beramiz. Kompyuter tizim blok(системный блок), monitor va klaviaturadan tashkil topgan. Bu qurilmalarning birortasi bo'lmasa kompyuterni ishlatib bo'lmaydi(ya'ni temir sifatida topshirib yuborish ham mumkin). Ko'pchilik bu ro'yxatga sichqonchani(mыshka) ham kiritishadi, lekin u siz ham kompyuterni ishlatish mumkin-ku. Tizim bloki ichidagi narsalar(ОЗУ, vinchester, protsessor,..) umumiy holda uning ichiga kirib ketadi. Qolgan barcha qurilmalar periferik qurilmalardir.
Periferik qurilmalarning soni ko'pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo'lib o'rganiladi. Bu maqolamda ularning ba'zilarini qaysi guruhlarga kirishini yozib o'taman, qolgan qurilmalarni o'zingiz biroz o'ylagan holda, kerakli guruhga kiritib olishingiz mumkin, demak bu guruhlar quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |