Kasb hunar maktablarida ona tili va adabiyot fani õqitish uslublari Otaxonova Muqaddas Daminovna - Toshkent viloyati Zangiota tumani 2-son kasb hunar maktabi ona tili va adabiyoti fani õqituvchisi
Tel: +998998703585
Annotatsiya: Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Mazkur maqolada ona tili va adabiyot darslarini o'qitishda foydalaniladigan usullar va tavsiya etiladigan interfaol metodlardan namunalar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Dars, o’qitish usullari, intefaol, innovatsion texnologiya, charxpalak, taqdimot usuli, tanlash, ixtiyoriy, bajarish, majburiy, imkoniyat, metod, texnologiya.
Методика обучения родному языку и литературоведению в профессионально-технических училищах Аннотация: Обучение – это длительный процесс, качество которого зависит от используемых на уроке методов. Осмысленный ход урока, используемые на нем методы и достигнутые результаты определяют мастерство и уровень знаний учителя. В данной статье представлены примеры рекомендуемых интерактивных методов и приемов, используемых на уроках родного языка и литературы.
Ключевые слова: Урок, методика обучения, интерактив, инновационная технология, чархпалак, метод презентации, выбор, факультатив, исполнение, обязательность, возможность, метод, технология.
Methods of teaching native language and literature in vocational schools Abstract: Education is a long-term process, the quality of which depends on the methods used in the lesson. The meaningful course of the lesson, the methods used in it and the results achieved determine the teacher's skill and level of knowledge. This article presents examples of recommended interactive methods and methods used in teaching mother tongue and literature classes.
Key words: Lesson, teaching methods, interactive, innovative technology, charkhpalak, presentation method, choice, optional, performance, mandatory, opportunity, method, technology.
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashi jahonning turli rivojlangan mamlakatlari bilan siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy ta’lim sohihasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishi katta yutuqlarga olib keldi. Mustaqillikdan keyin o‘tgan qisqa davr ichida ta'lim tizimida juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi, olamshumul kashfiyotlar va yutuqlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki, fan va ta'lim doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor juda katta bo‘lmoqda. Innovatsion va pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi -bu ta'limda tub burulish davri bo‘ldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion texologiya va metodlar bu o‘quv jarayonida asosiy boshqaruvchi -o‘qituvchi, boshqariluvchi -o‘quvchi faoliyati birgalikda yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham o‘quvchidan ham mustaqillik va ijodkorlik sifatlarini talab etadi. Hozirgi kunda ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiya va metodlar o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil qarashlarga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsda qo‘llaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta o‘rganishi va tadqiq qilishi lozim. Pedagog-ya'ni bola yetaklovchi, bolaga faqat tayyor fikr bermasligi kerak balki uning fikrini kengaytirishi, olamni o‘rganishga imkon beruvchi vositalarni topa bilishga o‘rgatishi zarur. Biz bir necha zamonlar an'anaviy uslubda ish olib bordik. Pedagogik texnologiyalarning maqsadi o'qituvchi va o'quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta'minlashdir. O'quv jarayonida o'quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o'zlari xulosa qila olsa, ko'zlangan maqsad amalga oshadi. O'qituvchi o'quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi o'qitish jarayonining asosi sanaladi. Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi zamonaviy pedagogik texnologiyalarda yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining tashkiliy va metodik jihatlariga muayyan ijobiy o’zgarishlar olib kirmoqdaki, ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq.
Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogiktexnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya –hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin.Innovatsion texnologiya–ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi. Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi. An’anaviy darsda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o’quvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda bunday darslar yaxshi samara bermaydi.
Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlashni taqozo etadi. Noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi.
Darsda metodlar to’g’ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o’qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o’tishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi doimo o’z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O’qituvchi bir vaqtning o’zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo’lsa,kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o’quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo’ladi.Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan.
Keng qo’llaniladigan usullar –“Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, metodlarini, uyga vazifa berishda “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati va sharoitga qarab tanlanadi.