Buxoro viloyati Romitan tumani 24-maktabning Texnologiya fani oʻqituvchisi Yavqochdiyev Davlatning bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
KASBLAR KO’PDIR DUNYODA,BIR-BIRIDAN ZIYODA
Kasb. Kasb odobi haqida tushuncha.
Kasbga doir reja tuzish.
Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar.
Kasb - (lot.professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) — maxsus nazariybilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsningmehnat faoliyati turi hisoblanadi.
Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik kasblarida xirurg , oftalmolog , dermatolog va b.). Kasb odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.
Kasb odobi – jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan odob-axloq bahosi ikki asosiy omil bilan: birinchidan, mazkur kasb-hunar vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun nimalar berishi bilan; ikkinchidan, jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish ma’nosida ularga nimalar berishi bilan belgilanadi. Ana shu odob-axloq baho omillariga ko‘ra, kasb odobini har bir kasb-hunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin: o‘qituvchilik ixtisosiga qarab:
pedagog axloqi;
tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi;
huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab – yurist axloqi;
xizmat ko‘rsatish ixtisosligiga qarab – xizmat ko‘rsatish odobi va hokazo.
Kasb odobi talablari umumiy bo‘lishiga qaramay ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor me’yorlarini ham e’tiborga olish kerak. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramay, insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa bunda o‘zini ham ayamasligi lozim, ya’ni shifokorning qasamyod burchi unga har qanday vaziyatda ham qiyinchiliklarga qaramasdan, ba’zi hollarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham bemorga yordam berishga undaydi. Huquq vakillaridan kasb odobida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilishlari talab etiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi vakillaridagi odob-axloq me’yorlari, avvalambor, muomala madaniyati va mijozlarning ehtiyojini qondirishga, diqqat-e’tiborning kuchli bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi.