^ Kasbiy tanlov–mеhnat prognostik ekspеrtizasi shakli bo`lib, odamning qaysi kasbga yaroqliligi haqida kafolat bеrish bilan bog`liq jarayon. Eng muhimi qaysi kasb uning uchun nomaqbul, zararli ekanligini ogoxlantirishdir. Kasbiy tanlov natijalari kasb-hunar bilim yurtlarida hisobga olinib o`quvchi qaysi kasb bo`yicha o`qishi yoki boshqa sohaga ishga o`tkazilishi muxokama qilinadi.
Kasb qobiliyati vaziyatga qarab o`zgarishi mumkin. Shuning uchun zarur sharoitlar yaratish, kеlgusi faoliyat turini bеlgilab olishga maslahat bеrilishi mumkin.
Kasbiy maslahatning pirovard natijasi shaxs moyilligini aniqlashdir. Moyillik shaxs sifati bo`lib, uning tarkibiga ma'lum faoliyatga qiziqish va uni bajarishga intilish, o`z– o`ziga asoslangan baho bеrishdir.
Moyillikning ikki turi bor: potеntsial va faol moyillik. Potеntsial moyillik ko`pincha kishini yashiringan imkoniyatlari bilan bog`liq, xatto o`zi ham bilmasligi mumkin. Faol moyillik bеvosita ish jarayonida namoyon bo`ladigan qiziqish bilan bog`liq.
Profadaptatsiya, uning asosiy va mohiyati. Kasb tanlashga yo`llashning hal qiluvchi davri o`quvchini biror kasb ichiga asta sеkin kirib borishi, moslashuvi bosqichidir. Bunda o`quvchi shogirdlikdan malakali ishchi darajasi sari takomillashib boradi. Profadaptatsiyaning ikki bosqichi bor: tayyorgarlik va bеvosita kasb egallash bosqichi. Tayyorgarlik o`quv jarayonida umumtеxnika va maxsus fanlarni o`rganadi, ayrim konkrеt ko`nikmalarni hosil qiladi. Bu biologik, sotsial – psixologik adaptatsiya ko`rinishiga ega.
Shunday qilib fikrlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib oʻtamiz:
- oila aʼzolaringiz va doʻstlaringiz bilan maslahatlashilgan holda ularning fikriga koʻra, siz tanlagan kasbingiz oʻzingizga mos keladi;
- ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi va maxsus manbalar (adabiyotlar internet va boshqalar) sizga jamiyatda ehtiyoji yuqori boʻlgan yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar beradi;
- oʻzingizni xohishingiz va hayotingizdagi ustanovkalaringizni esingizga oling;
- olingan materiallarni har tomonlama koʻrib chiqing, yaxshilab tahlil qiling va oʻzingizga “Hayotda menga nima kerak?” degan savolga javob berishga harakat qiling.
- imkoniyatingiz boʻlsa, kasb tanlash boʻyicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.
Qariyb chorak asrdan ziyodroq vaqt oʻtgan boʻlsada mustaqillik tantanasi kechagidek quvonchlarimizni bezayveradi. Qalblarimizga olam olam baxt, betakror his-tuygʻularni bagʻishlayveradi. Nega bilasizmi? Chunki erkinlik, mustaqillik oʻrnini bosuvchi odamga bu qadar yoqadigan biror boshqa tuygʻu yoʻq. Hech kimga tobe va qaram emasligimizni oʻylasak entikamiz, faxrlanamiz. Axir, ne-ne ota-bobolarimiz bu kunlarni uzoq vaqt orzu qilganlar, tushlarida koʻrganlar, xayollarida gavdalantirganlar. Hatto koʻplari bu orzuga erishish yoʻlida jonlarini qurbon qilganlar. Bu yil millatimiz fidoiylari qurbonliklari evaziga kelgan qimmatbaho neʼmatimiz mustaqilligimizga 29 yil toʻlmoqda.
Xaqiqatni qoʻrqmay baralla ayta olish qanday baxt. Keling hamma narsani boricha gaplashamiz. Osmonoʻpar soʻzlarning zamoni oʻtdi. Uzoqqa bormaylik soʻngi toʻrt yil ichida roʻy bergan oʻzgarishlarni olaylik. Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtmishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etib, koʻplab tanqidlarga uchragan taqiqlarni bekor qildi, inson huquqlari va erkinliklariga doir qator amaliy chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etildi. Soʻz erkinligi va hukumat faoliyatining ochiqligi taʼminlagani, xalq qabulxonalarining tashkil etilgani, prezidentga murojaatlar tizimini fuqarolar uchun qulay shakllari ishlab chiqilgani, qoʻshni davlatlar bilan aloqalar mustahkamlangani, OAVlari xodimlari, jurnalistlar, matbuot xizmatlari, blogerlarning erkin faoliyati taʼminlangani ayniqsa, respublikaning xalqaro maydondagi imijini tubdan oʻzgartirdi.
Quruq gaplar, osmonoʻpar vaʼdalar, qogʻozdagina koʻrinadigan yutuqlar amaliy ishlarga oʻrin almasha boshladi. Nazarimda yurtimiz haqiqat tomon ildam borib, "ura-ura"chiliklar, haybarakallachiliklar barham topayotgandek!
Yutuqlarimiz haqida toʻlqinlanib gapirishim mumkin. Ayniqsa oliy taʼlim sohasining isloh qilinayotgani meni behad quvontiradi. Jahonning nufuzli oliy taʼlim dargohlarining filiallari yurtimizdagi viloyatlarda, chekka hududlarda ham tashkil etilmoqda. Boshqa mamlakatda oʻqish, oʻqishni yurtimizga koʻchirish kabi ishlar ham soddalashtirilmoqda.
Umumtaʼlim maktablarida IT xonalari tashkil etilib, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlanmoqda.
Umuman qaysi sohani olib qaramaylik, har birida yangicha yondashuv, yangicha munosabatlarni koʻramiz.
Yutuq va natijalarimiz tub islohotlar debochasidir. Ularni xolis va haqqoniy eʼtirof etishni matbuot xodimi sifatida vijdoniy burchim deb bilaman. Tan olishimiz kerak muammolar ham kamchiliklar ham yoʻq emas. Chunki bir qadam oldinga yurish uchun ham toʻgʻri yoʻlni tanlay bilish lozim. Eng muhimi toʻgʻri yoʻlda ekanimizdan mamnunman. Hech narsa oʻz-oʻzidan qoʻlga kiritilmaydi. Ezgu ishlar, millionlab odamlarning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish xamirdan qil sugʻurgandek oson ish emas. Bir narsani taʼkidlashni istardim. Oʻtgan davrda xalqimizning irodasi ham boʻy koʻrsatdi. Insonparvar siyosatimizning negizini maʼnaviy yuksalish tashkil etgani shubhasiz.
Shu oʻrinda aytish lozimki, inson manfaati ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan tub islohotlar yengil kechayotgani yoʻq. Davlat rahbarining irodasi, uyqusiz kechalari, oʻz oʻrnida qilayotgan tadbirlari evaziga yuksalib bormoqdamiz. Aslida mamlakatimizning kelajakda qanday qudratga ega boʻlishi har birimizga, orzu-intilishlarimizga va albatta dunyoqarashimizga ham bogʻliq. Oʻzgarishni oʻzimizdan boshlasakkina yuksalishga erishamiz. Ogʻir boʻlsada oʻzgarishlar zaruratdir. Mustaqillikning 29 yilligi ortga qarasangiz mohiyatan har birimizning ruhiyatimizga taskin, erkinlik, umid va ishonch olib kelayotganini koʻrasiz. Fidokor xalqimizning orzu-umidlari oʻlmasin. Eng ulugʻ bayramimiz yutuqlar va natijalarga toʻla, moʻl dasturxoni bilan kirib kelmoqda. Yomon koʻzlardan asrasin. Xaqiqatdan ham Oʻzbekistonimiz qudrat manbai, saodat maskaniga aylanmoqda.
Chunki barcha sohada yetuk bilimga ega boʻlgan chin maʼnodagi maʼnaviyatli yoshlarning borligi esa yurtimiz tayanchi va ishonchidir. Bugun yoshlarimizdan har jabhada yana-da faol boʻlib, dunyo hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrnini topa olishi, oʻz huquq-erkinliklari, shuningdek, burchlarini toʻlaqonli anglagan holda, demokratik va fuqarolik jamiyatning munosib vakili boʻlishi talab etilmoqda. Bu borada esa yurtimizda ular uchun keng imkoniyat hamda shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi, ayni haqiqatdir.
Xususan, mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida ekanligini yana bir bor tasdiq etgan holda, Prezidentimizning 2020-yil
2-martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilishi buning yorqin isbotidir.
Yoshlarning huquqiy ongi va savodxonligini yuksaltirish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish va eng muhimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishda yoshlar faolligini oshirish uning asosiy vazifasidir.
Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab quvvatlash barobarida ish bilan band boʻlmagan yoshlarning bandligiga koʻmaklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlar joriy etish, qolaversa, ularning intellektual, maʼnaviy-axloqiy, estetik, badiiy dunyoqarashini kengaytirish kabi bir qator ustuvor maqsad va vazifalar belgilab olingan.
Buning yorqin namunasi sifatida bugungi kunda Navoiy viloyatida ham jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlgan, shijoatli, gʻayratli, shu bilan birgalikda ayni vaqtda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosatni butun shuuri bilan teran anglagan 6 nafar yosh deputatlarimiz Yoshlar parlamenti aʼzosi sifatida saylandi. Ular navoiylik yoshlarning vakili sifatida oʻzlarining yoshlar masalalari boʻyicha taklif va gʻoyalarini ilgari surgan holda, oʻz faoliyatlarini tashkil etmoqda.
– Ayni paytda oʻz faoliyatimni Yoshlar parlamenti bilan bogʻlar ekanman, bu menga katta ishonch va masʼuliyatni yuklaydi. Chunki yoshlarning har qanday maqsad va gʻoyalari, oʻylari hamda fikrlari biz uchun muhim, – deydi Yoshlar parlamenti aʼzosi Bekzod Savurov. – Jamiyat rivojlanib, yurt ravnaq topishida, avvalo, yoshlarning oʻrni beqiyos. Buning uchun esa har bir yosh huquqiy, siyosiy bilim hamda yetuk intellektual salohiyat sohibi boʻlmogʻi lozim. Men navoiylik yoshlar vakili sifatida viloyatimizning faol yoshlari bilan bir qatorda, eng olis hududlaridagi yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal qilishning zarur choralarini koʻrish borasida bor kuch-gʻayratim bilan harakat qilishni oʻz oldimga maqsad qildim.
Darhaqiqat, har bir yosh – bir kelajak! Ularning bugungi erishgan natijalari kelgusi baxtli kunlarning debochasi boʻlishi tayin. Taʼkidlash joizki, Yoshlar parlamenti yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda vakillik organlari bilan hamkorlik qilish, qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish kabi jarayonlarda ham qoʻllab-quvvatlamogʻi lozim.
Taʼkidlash joizki, Yoshlar parlamenti aʼzolari siyosiy va huquqiy sohada egallagan bilim hamda koʻnikmalari, hayotiy pozitsiyalarini aniq belgilab,parlamentimizning kelajakdagi chinakam vorisiga aylanishi, shubhasiz. Ularning teran fikrlashi, har sohaga boʻlgan mustaqil qarashlari, qonun va qarorlarning tub mohiyatini anglagan holda, ular asosida faoliyatlarini olib borishi kelgusida vatanparvar arboblar, siyosatchilar, deputatlar boʻlib yetishishida asosiy poydevor boʻlib shakllansa, ajab emas.
Zero, bugunning yoshlari nafaqat Oʻzbekiston balki dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrnini topishi, xalqaro hamkorliklarda yurtimiz rivoji uchun beminnat hissasini qoʻsha oladigan ilm egalari boʻlmogʻi lozim. Chunki biz maʼnaviyati, madaniyati yuksak boʻlgan ajdodlar avlodi ekanmiz, biz bilan doimo xalqimiz faxr va iftixor tuygʻularini his etmogʻi joizdir.
Psixologlar bunday mas'uliyatli qaror qabul qilishda faqatgina atrofdagilarning tavsiyasiga tayanish emas, tahlilning boshqa muqobil variantlarini ham qo‘llashni taklif qilishadi.
Kasbga yo‘naltirish psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis Azizxon Bahodirov bu boradagi tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Dostları ilə paylaş: |