Zaxira aerodromi
Asosiy tanlovdan tashqari, qo‘shimcha ravishda e'tiborga olinuvchi «zaxira» tanlov ham bo‘lishi kerak. Chunki hayotni oldindan prognozlashtirib bo‘lmaydi, unda har qanday holat ro‘y berishi mumkin.
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga kira olmay qolgan taqdirda tushkunlikka tushmaslik, boshqa optimal variantlarni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi
Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo‘lmasligi, yordamchi ta'sirga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yoki ona/ota o‘z yoshligida egallay olmagan, armon bo‘lib qolgan kasbga farzandini yo‘naltirishi ham noto‘g‘ri. Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy an'analarni davom ettirish majburiy emas
Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto‘g‘ri. Otaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.
Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullansa, o‘zini baxsiz his qiladi.
Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak:
– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila a'zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o‘zingizga qaysi kasb ko‘proq mos kelishi haqida so‘rab olishingiz mumkin.
– Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq ma'lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma'lumotlar beradi.
– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.
– To‘plagan ma'lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.
– Imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.
Mustaqil Ozbekistonda talim tizimida talabalarni tarbiyasiga nisbatan qo'yayotgan eng muxim talablardan biri, layoqatli, ijodiy va mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga o'quvli mutaxassislarni tarbiyalashdan iboratdir.
XULOSA
Zero, bugungi globallashuv davrida yuksak texnologiyalarni boshqarishga layoqatli mutaxassislar etishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan boTar edi.
Ijtimoiy taraqqiyotni ro'yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko'tarmoq lozim, fan va tеxnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javоb bеrish uchun keng saviyali, bilimdon, oz kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og'ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatatsharvar, iymon-e'tiqodli insonlar bo'lib voyaga etishadi.
Buning uchun uzluksiz ta'lim tizimining barcha jabhalarida o'quvchilarni kasbga yo'naltirishning ahamiyati kattadir.
O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda faoliyat masalasi muhim masala xisoblanadi. Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo'nalishda xarakat qilishga undaydigan extiyojlar shaxsning faolligi manbai bo'lib xisoblanadi. Extiyoj - jonli mavjudotning xayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi xolatidir.
Kishining faolligi extiyojlarning qondirilishi jarayonida namoyon bo'ladi. Kishining extiyoji uni tarbiyalash jarayonida shakllanadi. Demak, kishining o'z extiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shakli egallashning faol, muayyan maksadga yo'naltirilgan jarayon sifatida aloxida ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Klimov E.A. Psixologiya professionalnogo samoopredeleniya. - Rostovna-Donu:Finiks, 1996.S-12-14
2.Ishmuhamedov R. Va boshq.Ta'limda innovatsion texnologiyalar, -T.:"Iste'dod"jamg'armasi.2008.-B.16-18
3.Eganberdiyeva N.M. Va boshq.Yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasi. - T.:"Fan va texnologiya" nashriyoti, 2012-B201-202.
4. Karimov I.A. “Xotira va qadrlash muqaddas ma’naviy tuyg’u” , T.: 1999 y
5. Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huququiy kafolati. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1993, 27-28-bet.
6. Baubekova Z.D.Tarbiyaviy ishlar metodikasidagi ko’rsatmalar. – T. 1991 y.
7. Ismailova Z. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi.T.:2006
Dostları ilə paylaş: |