GLOSSARIY: Amaliy faoliyat – insoniyatning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida tabiatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyati.
Industrial psixologiyasi – mehnat psixologiyasining psixologik omillarining sanoatdagi rolini o‘rganuvchi, psixologiyaning qonuniyatlariga asoslanib, mehnat unumdorligini oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Kasb – shaxsning jamiyat a’zosi sifatida yashash manbai bo‘lib xizmat qiladigan doimiy mashg‘ulot yoki faoliyat turi.
Kasb tanlashga yo‘llash – pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.
Kasbga tayyorgarlik – muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatini ta’minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga ega bo‘lishlik.
Kasbiy psixologiya – mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi.
Mehnat psixologiyasi – psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini o‘rganuvchi sohasi.
Muhandislik psixologiyasi – psixologiyaning texnika moslamalari bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish hamda o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi.
Asosiy adabiyotlar: Умаров Б.М., Шойимова Ш.С. Касбий психология. Дарслик. Тошкент., 2018 й.
Зеер Э.Ф. – Психология профессий: Учебное пособие для студентов вузов. – Москва: Академический проект; Фонд «Мир», 2005 г.
Климов Е.А. Психология профессионального самоопределения. Учебное пособие для студ.высщ.пед.учеб. заведений. – Москва: «Академия» 2004 г