Kasbiy bilimga ega bo’lish



Yüklə 18,27 Kb.
səhifə2/2
tarix07.05.2023
ölçüsü18,27 Kb.
#109072
1   2
Boshlang\'ich ma\'lumot


o’quv materiallarini tayyorlash va taqdim etish;


o’quvchilarni bilim va tarbiya olishga qiziqtira olishi;


o’quvchilar shaxsida uchraydigan kamchiliklarni bartaraf eta olishi;


muntazam ravishda o’quvchilarni kuzatib borishi.3


Mazkur yondashuv asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Tajribali pedagog olimalardan A.K.Markovo yondashuviga ko’ra bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari faoliyati to’rt yo’nalishdan iborat:




kasbiy psixologik va pedagogik bilimlarni egallash;


kasbiy pedagogik malakani egallash;


kasbiy psixologik ko’nikmalarni egallash;


shaxsiy fazilatlar egasi bo’lish.


Bizning yondashuvimizga ko’ra, ushbu tavsiyalar nazariy va amaliy jihatdan asoslarga ega. SHu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonini tashkil etishda bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy, psixologik va estetik jihatdan tayyorlashga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Hozirgi zamon rivojlanish jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy tayyorlashda modellashtirish masalasiga ahamiyat berish dolzarb bo’lib turibdi. Unga ko’ra, oliy pedagogik ta’lim jarayoni o’ziga xos model ko’rinishiga ega bo’lishi kerak. Chungi modellashtirish to’rt jihatga ega bo’ladi:




model bu o’quv materiallarini tizimli taqdim etish;


model muammolarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf etib borish;


model ta’lim oluvchini hamisha ob’ekt sifatida bilish;


model yangi ma’lumotlarni o’z vaqtida o’quv jarayoniga kiritib borish.


SHu jihatdan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy tayyorlash ishlarini modellashtirib olish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (2020 yil 23 sentyabr) 5-bobida o’qituvchilarning huquqiy maqomi belgilangan. Mazkur huquqiy maqomga ko’ra, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari faoliyatga quyidagi asoslarga binoan yo’naltirilishi kerak:




chuqur kasbiy tayyorgarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lish;


ta’lim oluvchilar huquqlariga rioya qilish;


kafolatlangan ish sharoitidan foydalanish;


o’quv dasturlarini tuzishda mualliflik dasturlarini ishlab chiqishni bilish;


zamonaviy pedagogik shakllarni, o’qitish va tarbiya vositalarini erkin tanlash;


innovatsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;


sog’liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko’rikdan o’tish;


ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.


Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari ana shu huquqlar asosida faoliyatga yo’naltirilishi kerak.
Ayni paytda, mazkur Qonunda o’qituvchilarning quyidagi majburiyatlari ham belgilab qo’yilgan:




ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’sini hurmat qilish;


o’quv mashg’ulotlarini sifatli o’tkazishi;


axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’qitish va tarbiyaning ilg’or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;


voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi bilan birgalikda olib borishi;


o’z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi;


tibbiy ko’rikdan o’z vaqtida o’tishi.

Mazkur majburiyatlar bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo’naltirishning asoslari bo’lib xizmat qiladi.
Bizning yondashuvimizga ko’ra bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari kasbiy faoliyatga quyidagi mexanizmlar asosida yo’naltirilishi kerak:

a) mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonida;
b) maxsus kurslar vositasida;
v) mustaqil ta’lim vositasida;
g) ustoz-shogird an’anasi vositasida.
Bu mexanizmlarga amal qilish bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo’naltirish jarayonini aniq tashkil etish imkonini beradi. Misol uchun, mustaqil ta’lim vositasini olaylik. Pandemiya kabi murakkab sharoitlar shuni ko’rsatdiki, oliy pedagogik ta’lim jarayoni hamisha va har qanday vaziyatda mustaqil ta’limga tayyor turishi kerak.
Yüklə 18,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin