133
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ta‘limda zamonaviy
didaktika va ta‘lim tarkiblarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari, yangi
g‗oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi
qo‗llanilmoqda. Zamonaviy texnologik mutaxassis bo‗lish uchun ta‘lim
texnologiyalarining barchasini, shu jumladan pedagogik komponentlarini chuqur
o‗rganib, tahlil qilish lozim.
Pedagogik lug‗atda pedagogik texnologiya tushunchasiga turli xil yo‗llar
bilan yondashilgan, shuning uchun bizning tushunchada pedagogik texnologiyalar
har xil mualliflarning ta‘riflarini umumlashtiruvchi sermazmun yig‗imdir.
Pedagogik
texnologiya
ko‗proq sifatli natijaga erishishga qaratilgan.
qo‗llanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, birinchi navbatda, pedagogning
mahoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-
kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bog‗liq.
A
uditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, o‗quv faoliyatini
samarali bo‗lishi uchun faol o‗qitish metodlari va ularni tashkil etish usullarini
bilish muhim bo‗lib, yangi pedagogik va didaktik texnologiyalarni joriy etishning
o‗z psixologik qonuniyatlari mavjud. Dars mobaynida munozara, breynshtorming
va treninglarni o‗tkazish, dars samarasini oshiradi. Har qanday muammoni
yechish uchun qo‗llash mumkin bo‗lgan bahs turlari va asosan yozma bahsni
o‗tkazish qoidalari bor. ―Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi‖ va ―Ta‘lim
to‗g‗risidagi Qonun‖da o‗qitishning yangi texnologiyalari va o‗qituvchi-pedagog-
psixologlarga qo‗yilgan yangi talablar ham ta‘lim sifatini oshirishga, ham
o‗qituvchining kasb mahoratini yuksak bo‗lishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: