31
introversiya - ekstroversiyani o`lchaydi, savollarga «ha» yoki «yo`q» tarzida javob
berish so`raladi.
Test-topshiriq
odam xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida
baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreativlilikni aniqlash
uchun ko`pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira
shaklidagi shakllardan o`zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi.
Ma‘lum vaqt va tezlikda bajarilish sur‘ati, rasmlarning o`ziga xos va betakrorligiga
qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreativligiga baho
beriladi, miqdoriy ko`rsatkich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni
turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo`llashning qulayligi, bir guruhda natija
bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o`tkazish imkoniyatining borligi,
kamchiligi - ba‘zan
tekshiriluvchi, agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib
qolsa, sun‘iy tarzda uning kechishiga ta‘sir ko`rsatishi, faktlarni falsifikatsiya
qilishi mumkinligidir.
Testlar ichida
proektiv testlar
deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning
asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo`ladi, ya‘ni shunday topshiriq beriladiki,
tekshiriluvchi topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashi mumkinligini bilmaydi.
Masalan, mashxur Rorshaxning «siyox dog`lari» testi, yoki TAT (tematik
appersepsion test), tugallanmagan xikoyalar kabi
testlarda bir narsaning
proeksiyasidan go`yoki ikkinchi bir narsaning moxiyati aniqlanadi. Usha 1921
yilda kashf etilgan «siyox dog`lari» va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni
eslayotganligi, dog`lar nimalarga o`xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi
yo`nalishlari, xayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish
paytidagi emotsional xolatlari aniqlanadi.
Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin
uni faqat kasbiy faoliyat psixologiyasida qo`llash va natijalarni moxirona taxlil
qilish talab qilinadi.
1905 yildan, ya‘ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon
insonning aqliy o‘sish va iste‘dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini
olg‘a so`rganidan keyin kasbiy faoliyat psixologiyasida test metodi qo‘llana
32
boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste‘dod darajasini
aniqlash vositasi
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni
hisoblanmaydi. Ma‘lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik
vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob‘ektlarini
o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma
hamda malakalarni
aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning
emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga
olmaydilar. Psixologlar K. M. Gurevich, V. A. Krutetskiy va boshqalar
qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan.
Ular testlarning
tafakkur ko‘rsatkichi (indiqatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan
yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini
bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal
qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga
psixologlardan Rorshax, Rozensveyg,
Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining
namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish
(maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, malaka darajalarini
baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga
mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emosiyasi,
qiziqishi, motivasiyasi va
xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs «loyihasi»
(proekti) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil
qilib shaxs. xususiyatining «loyihasi» ishlab chiqiladi) kiradi.
Dostları ilə paylaş: