Kasbiy faoliyat psixologiyasi


Kasbga moslashish (adaptatsiya qilish



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

Kasbga moslashish (adaptatsiya qilish
) - lavozimi bo`yicha emas, balki 
shaxsning psixologik qiyofasiga binoan uning talabalik (o‗quvchilik) davridan 
yuqori malakali kasb egasiga aylanishi, ya‘ni kasbiy mehnat shart - sharoitlariga 
asta-sekin kirib kelishidir.
O‗zida biologik elementlarni qamrab olgan organizmning ishlab chiqarish 
(mehnat qilish) muxitiga, kun tartibiga moslashishi aslida ijtimoiy moslashishning 
asosiy ko‗rinishi xisoblanadi. 
Kasbiy moslashish
davri odatda 
uch o‗ziga xos xususiyatli bosqichni
bosib o‗tadi, uning xar qaysisi o‗qituvchining kasbiy ma‘lumot olishining muxim 
qirralari bilan tavsiflanadi. Moslashishning 
birinchi bosqichi
tanishuv deb 
nomlanib, atrof muxitdagi o`zining yangi rolini tushinib yetishi bilan yakunlanadi. 
Kasbiy moslashishning 
ikkinchi bosqichi
tayyorlov deb atalib, ixtisosni egallash, 
mutaxassislikka oid bilimlar (ko‗nikmalar), umumtexnik, gumanitar fan asoslarini 
chuqur o‗rganishni takozo etadi. Kasbiy moslashishning 
uchinchi bosqichi
asosiy 
xisoblanib, yosh mutaxassisni muassasa muxitiga aralashib ketish bilan 
tavsiflanadi. Amaliyot uning bosh mezoni sifatida xizmat qiladi. 
Kasbga moslashishning muvaffaqiyatliligi ko‗p jixatdan quyidagilarga 
bogliq: 
a) o‗qituvchilar va murabbiylar qay yusinda yosh mutaxassislarni ishlab 
chiqarishga hamda xizmatning boshqa soxasiga tayyorlashiga; 
b) ishlab chiqarishda va ta‘lim muassasalarida shaxslararo munosabat qay 
xolatda kechishiga; 
c) yosh kadrlar qaysi shakl va tuzilishdagi jamoaga tushib qolishiga va 
boshqalar. 
Shunga qaramasdan, shaxsning faolligi, kasbiy extiyoji, layoqati


36 
motivatsiyasi, qiziqishi, hayotiy rejasi singari psixologik jabxalarini xisobga olish, 
bu soxani jonlanishiga ijodiy xizmat qiladi. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin