Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

mazmundorligi
deganda, o‗spirin ongida tevarak-atrofdagi voqelik bo‗yicha mulohazalar
muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda to`tiladi. 
Tafakkurning 
chuqurligi
deganda, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning 
asosiy qonunlari, xossalari, sifatlari, o‗zaro bog‗lanishi va munosabatlari 
o‗spirinning fikrlashida to‗liq aks etishi tushuniladi. Tafakkurning 
kengligi
esa, 
o‗zining mazmundorligi va chuqurligi bilan bog‗liq bo‗ladi. Yuqori sinf o‗quvchisi 
narsa va hodisalarning eng muhim alomat va xususiyatlarini mujassamlantirsa, 
o‗tmish, hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini bildira olsa, buni 
keng
tafakkur deyiladi. Tafakkurning 
mustaqilligi
deganda, o‗spirin tashabbuskorlik 
bilan o‗z oldiga yangi vazifalar qo‗ya bilishi va ularni hech kimning yordamisiz 
oqilona usullar bilan bajara olishi tushuniladi. Aqlning 
tashabbuskorligi
deganda, 
o‗spirinning o‗z oldiga yangi g‗oya, muammo va vazifalar qo‗yishini, ularni 
amalga oshirishda samarador vositalarni ham o‗zi topishga intilishini anglaymiz. 
Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda yangi usullarni tez izlab topish va qo‗llay 
olishda, eskirgan vositalardan qutulishda namoyon bo‗ladi. Agar o‗quvchi 
muayyan vaqt ichida ma‘lum soha uchun qimmatli yangi fikrlarni aytgan bo‗lsa, 
nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda yordam bersa, buni samarador tafakkur 
deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga to‗liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. 
O‗spirin tafakkurining tezligi qator omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur 
materialning xotirada mustahkam saqlanganligiga, uni tez yodga tushira olishga, 
muvaqqat bog‗lanishning tezligiga, turli his-tuyg‗ularning mavjudligiga 
o‗quvchining diqqati va qiziqishiga; ikkinchidan, o‗spirinning bilim saviyasiga, 
qobiliyatiga, egallagan ko‗nikma va malakalarga bog‗liqdir. 
O‗spirin qobiliyati, layoqati va iste‘dodi ta‘lim jarayonida mehnat 


90 
faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik iste‘dodli ekanini aniqlash uchun 
ziyraqligi, jiddiy sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, 
mantiqiy fikrlashining tezligi, izchilligi, samaradorligiga e‘tibor berish kerak. 
Qobiliyatning o‗sishi bilimlar, ko‗nikmalar, malakalarning sifatiga bog‗liq bo‗lib, 
shaxsning kamol topish jarayoniga qo‗shilib ketadi. 
Ilk o‗spirinlikda o‗tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy 
mashg‗ulotlar, referat konspekt yozish kabi ta‘limiy faoliyat turlari yuqori sinf 
o‗quvchilari o‗zlashtirishi zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib 
keladi. Bu ishlar kundan-kunga ko‗proq ahamiyat kasb etishi natijasida tafakkur 
tobora faol, mustaqil, ijodiy tus olib boradi. Bularning barchasi ilmiy-nazariy 
tafakkurning 
shakllanishiga, 
tevarak-atrofdagi 
voqelikning; 
umumiy 
qonuniyatlarini bilish qobiliyati o‗sishiga, aqliy imkoniyatlar vujudga kelishiga, 
tabiat va jamiyat rivojlanishining qonunlarini anglab olishga muhim shart-
sharoitlar yaratadi. 
O‗spirinlar biror hodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim 
xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar. 
Darsliklardan o‗qigan va o‗qituvchilardan eshitgan axborotlar, xabarlar va 
ma‘lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar, 
biroq ularda o‗smirlar singari obro‗ ketidan ergashish juda kam sodir bo‗ladi. Ular 
har bir darsda tanishilgan materiallarning mohiyatiga, inson uchun zarurligiga 
ishonch hosil qilishga to‗xtovsiz intiladilar. Ba‘zan ta‘lim jarayonida o‗spirin 
tomonidan biror narsaga e‘tiroz bildirsa yoki shubhalansa, uni nohaq ravishda 
qoralaydi. Tafakkurni oqilona yo‗llar bilan o‗stirish uchun favqulodda holatlarda 
o‗quvchining mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uni rag‗batlantirish 
to‗g‗riroq bo‗ladi. 
O‗spirinlik yoshida yuqori sinf o‗quvchilari aqliy faoliyatning omillari va 
usullari bilan yetarli darajada qurollangan bo‗ldilar. 
Shunday qilib ta‘lim jarayonida turli fanlarni o‗qitish tufayli keng ko‗lamli 
bilimlar sistemasi o‗zlashtirilishi orqali yuqori sinf o‗quvchilarida tafakkurning 
faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi. Ularda dialektik-


91 
materialistik refleksiv nazariy tafakkur tarkib topadi. Shu sababli voqelikning ichki 
bog‗lanishlari, munosabatlari jamiyat rivojlanishining qonunlarini bilish va 
anglab 
olish ko‗nikmasi yuqori pog‗onaga ko‗tariladi. 
Agar o‗smirlar tafakkuri yaqqol-obrazli tafakkurning mavhum tafakkurga 
aylanishi bilan xarakterlansa, katta maktab yoshidagi o‗quvchilarda dialektik-
materialistik tafakkur qobiliyati rivojlana boshlaydi va bu tafakkur tabiat hamda 
jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari bilan bevosita bog‗liq bo‗ladi. Mazkur 
qonunlarning vujudga kelishi, o‗zgarib borishi, o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lishi, 
shuningdek, o‗zaro uzviy bog‗liqligiga doir murakkab bilimlar o‗spirinlarning yosh 
xususiyatiga aynan mosdir. 
Endigina o‗sib kelayotgan o‗spirin o‗quvchilar kasbga qanday 
yondashadilar? Bu muammo ko‗pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va turmush 
tajribasidan ma‘lumki, odatda ilk o‗spirinlik yoshidagi o‗g‗il-qizlar hayotda 
mustaqil qadam tashlash to‗g‗risida aniq, asosli fikr bildirishga qiynaladilar. Shu 
sababli kasb tanlash davrida oqilona va to‗g‗ri yo‗l tutishni bilmay dovdirab 
qoladilar yoki tavakkaliga ish ko‗radilar. O‗zlarining imkoniyatlarini hisobga olib 
harakat qilishga ojiz bo‗ladilar. 
Natijada noxush kechinmalar, umidsizliklar, ijtimoiy sustlik holatlari 
vujudga keladi. Yuqori sinf o‗quvchilarining ba‘zilari kasb tanlashda yaqqol 
ko‗zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar. Bunda o‗z atroflaridagi yaqin 
kishilarni nazarda tutadilar, ularning yo‗lidan borishni mo‗ljallaydilar. 
O‗quvchilar maktabda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, har qaysi 
o‗spirin fizika yoki matematika bilan tanishadilar. Biroq ularning hammasi 
kelajakda fizik yoki matematik kasbini egallashni xohlayvermaydi. Maktabda yer 
kurrasi o‗rganiladi, barcha planetalarning xususiyati bilan tanishiladi, uzoq qit‘alar 
dunyo xalqlari tarixi va san‘ati bo‗yicha bilimlar beriladi. Ammo barcha 
o‗quvchilar sayyoh bo‗lishni istamaydi. Fan asoslari o‗quvchilarga keng ko‗lamda 
ma‘lumot va axborotlar berishga moslashtirilgan bo‗lib, o‗spirinlar olingan 
bilimlarning kelajak, shaxsiy turmush, bilimdon shaxs bo‗lish uchun amaliy 
ahamiyatini anglab olishi kerak. 


92 
Katta yoshdagi maktab o‗quvchilarida biror o‗quv faniga ishtiyoq natijasida 
ularda har hil kasblarga qiziqish vujudga keladi. Tanlangan kasbni o‗zlashtirish 
bilan bog‗liq fanga qiziqish ham orttiradi. Natijada to‗garak, mashg‗ulotlariga va 
fakultativ kurslarga ko‗chish imkoniyati vujudga keladi. Bunday imkoniyatdan 
unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqori sinf o‗quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, 
iste‘dodlari asosida tanlagan kasblariga to‗g‗ri yo‗naltirish o‗spirinlar uchun katta 
hayotiy masaladir. Kasb tanlash jarayonida o‗spirinlarga o‗qituvchilar, ota-onalar, 
jamoatchilik o‗z kasbining ustalari, murabbiylar alohida e‘tibor berishlari kerak. 
Ko‗p hollarda o‗spirinlar kattalarning maslahat va tavsiyalarini hisobga olgan 
holda qat‘iy bir qarorga kelishlari mumkin, chunki ular o‗z xohishlarini har 
tomonlama asoslab bera oladilar. 
V.A. Krutetskiyning ma‘lumotlariga qaraganda, pedagogika instituti 
talabalarining yarmi o‗qituvchilik kasbini yoqtirib o‗qishga kirgan. Ularning 
qolgan qismi esa institutga tasodifan kirib qolgan. Biroq bu oliy o‗quv yurtiga o‗z 
xohishi bilan kirgan talabalar orasida ham har hil mulohazalar mavjud. Pedagog 
kasbini yoqtirib o‗qishga kirgan talabalarning chorak qismi faqat olgan bilimlarini 
boshqalarga o‗rgatish maqsadini bildirgan bo‗lsalar, yana shuncha o‗spirinlar 
institutda o‗qitilayotgan biror fanni sevganlari uchun o‗qishga kirganini aytgan. 
Talabalarning beshdan bir qismi bolalarni chin ko‗ngildan yaxshi ko‗rgani uchun 
o‗qituvchilik kasbini tanlagan. 
O‗rta maktabni bitirgunicha hamma o‗quvchilar kasbini qat‘iy tanlaydi, 
deyish mumkin emas. Ularning aksariyati o‗zi kelajakda kim bo‗lishini tasavvur 
ham qila olmaydi va kelajak rejasini ham to`zmaydi. Ilk o‗spirinlarning ko‗pchiligi 
o‗rta maktabni tugatgandan so‗ng, oliy o‗quv yurtida ham o‗qish to‗g‗risida 
gapiradilar, bu haqda orzu qiladilar. Lekin unga kira olmagan, ya‘ni o‗zining 
asosiy maqsadiga erisha olmagan yoshlar tushkunlikka tushadilar. Butun orzu-
umidlarim barbod bo‗ldi, deb o‗ylaydilar, ba‘zilari kelgusi yilda o‗qishga kirishga 
umid bog‗laydilar. Kasb-hunarga har hil munosabatlar hosil bo‗lishining asosiy 
sababi maktabda o‗qish davrida kasb tanlash bo‗yicha turli hil niyatlar paydo 


93 
bo‗lishidir. 
V. A. Krutetskiy o‗spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni 
alohida ifodalaydi: a) biror o‗quv faniga qiziqish; b) vatanga foyda keltirish istagi 
(o‗ziga xos psixologik xususiyat va qobiliyatni hisobga olmagan holda); shaxsiy 
qobiliyatini ro‗kach qilish; c) oilaviy an‘analarga rioya etish (vorislik); d) do‗stlari 
va o‗rtoqlariga ergashish; e) ish joyi yoki o‗quv yurtining uyiga yaqinligi; g) 
moddiy ta‘minlanish; j) o‗quv yurti ko‗rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish 
osonligi. 
Shuningdek, boshqa turdagi motivlar, masalan, shaxsning biror kasbga, 
fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to‗g‗risidagi ma‘lumoti, o‗zining 
sihat-salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyati va hokazolar 
ham bo‗lishi mumkin. 
O‗spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo‗lmasligi sababli, ular 
ko‗proq xatoga yo‗l qo‗yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo‗lgan kasb 
qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. O‗z qobiliyatlarini 
oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez 
va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini 
bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko‗ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf 
etish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik-psixologik 
omillarga alohida e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir: 1) kasblarni o‗rganish 
usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo‗nda qilib ifodalash; 2) 
o‗qituvchining kasblar bo‗yicha tashviqot ishlari olib borishi, o‗quvchilarga 
kasblar yuzasidan maslahatlar berishi o‗spirin va uning ota-onasi bilan birga 
kasbga yo‗naltirish tadbirlarini ko‗rib chiqishi; 3) o‗spirinlarni kasbning asosiy 
turlari bilan tanishtirish; 4) mehnat ta‘limi darslarida yuqori sinf o‗quvchilarini 
kasbga tayyorlash va qiziqish uyg‗otish; 5) psixodiagnostik va kasb tanlash 
usullarining amaliyotga tatbiq qilishga moslashtirilgan turlarni ishlab chiqish; 6) 
joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; 7) kasb tanlash 
targ‗iboti yuzasidan o‗spirinlarni ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va 
psixologik jihatdan tayyorlash. 


94 
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo‗naltirishning usul va 
usuliyatlari ishlab chiqilgan. Kasblarni xususiyatlariga qarab tasniflash va ularni 
ma‘lum tartibga solib ifodalab berishga erishilgan. Bu borada Ye. A. Klimovning 
sxemasi alohida ahamiyatga ega. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi: 
1) polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, o‗rmonchi - bionika 
mutaxassisligi «inson - tabiat»; 
2) chilangar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, muhandis - texnika 
mutaxassisligi «inson - texnika»; 
3) ofisiant, sotuvchi, hamshira, o‗qituvchi, tarbiyachi, tashkilotchi-
sosionomika mutaxassisligi «inson -inson»; 
4) bo‗yoqchi, nusxa ko‗chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki 
pardozlovchi, bastakor, yozuvchi, rassom-ergonomika mutaxassisligi - «inson - 
badiiy obraz». 
Oddiyroq ifodalansa, kasblarni tabiatga xizmat qilishga, texnikaga xizmat 
qilishga, insonga xizmat qilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doir kasblarga 
ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifida ularning ko‗pchiligi 
ifodalanmagan. Ana shu guruhlarga o‗nlab yondosh kasb - hunarlarni kiritish 
mumkin. 
Kasb tanlashga yo‗llash va kasblarni targ‗ib qilish usullaridan biri - 
ko‗rsatmali vositalar, ya‘ni fotostendlardan, kitoblar ko‗rgazmasidan, yosh rassom 
va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va texnika to‗garagi 
ishlaridan foydalanishdir. Bundan tashqari mo`zeylarga ekskursiyalar uyushtirish 
orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg‗otish mumkin. 
Yuqorida aytilgan mulohazalardan ko‗rinib turibdiki, kasb-hunar to‗g‗risida 
axborotlar, maslahatlar berishning o‗zi ongli ravishda kasb tanlash uchun yetarli 
emas. Shunga ko‗ra o‗spirin o‗quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, ularni 
mustaqil bilim olishga o‗rgatish ularga o‗zlarini muayyan faoliyatda sinab ko‗rish 
imkoniyatini yaratadi. Lekin kasbga yo‗naltirishning boshqa yo‗l va vositalarini 
ham qidirish va qo‗llash kerak. 
Mehnat psixologiyasining mutaxassislari kasbga yo‗naltirishning boshqacha 


95 
usullarini: barcha fanlarni o‗qitishning politexnik jihatini chuqurlashtirishni; tabiiy-
matematik fanlarda atrofdagi ishlab chiqarishdan ob‘ekt sifatida foydalanishni; 
ijtimoiy turkumdagi fanlarni o‗qitishda o‗lkashunoslik materiallarini qo‗llab 
o‗quvchilarning kasbga qiziqishni oshirish, mehnatga ishtiyoq uyg‗otishni: 
darslarda kasblar haqida axborotlar berib borishni; mehnat sohalari bilan 
o‗quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar. 
Qishloq maktablarida kasb tanlash bo‗yicha qo‗shimcha imkoniyatlar ham 
mavjud. Chunonchi yozda yuqori sinf o‗quvchilarini ishlab chiqarishga bemalol 
jalb etish mumkin. Bunda jismoniy mehnatga o‗spirinlarni qiziqtirish, mehnat 
nashidasidan bahramand etish, ularda mamnuniyat hissini tarkib toptirish, ularda 
rejali mehnat qilish ko‗nikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va mas‘uliyat 
hissini tarkib toptirish lozim. O‗spirinlarni mehnatga tayyorlanishga 
rag‗batlantirishni malaka darajasini berish bilan yakunlash ma‘qul. Ishlab chiqarish 
mavsumida o‗quvchilar brigadalarini tuzishda ularning yoki xususiyatlari, 
qiziqishlari va aqliy kamolotini hisobga olish zarur. Brigadalarda ishlash mehnat 
va kasbga psixologik tayyorgarlik bosqichi bo‗ladi. O‗quvchilar o‗zining qaysi 
kasb-hunarga yaroqliligi yoki yaroqsizligini amaliy ishlarda sinab ko‗radilar va 
o‗zlariga ishonch hosil qiladilar. 
Kasb tanlashda o‗spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi 
mumkin. Dastlabki maqsad - bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga 
o‗z ulushini qo‗sha olamanmi, qanday inson bo‗lib yetishaman, hayot va faoliyat 
ideallari nimalar bo‗lishi lozim, degan fikrlardan iborat bo‗ladi. Yaqin va yaqqol 
maqsad - dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qaerda egallash, 
o‗qishni tugatgach, dastlabki mehnat faoliyat qaysi lavozimdan boshlanishi, 
mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan tashkil topadi. 
Psixologik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki shart-sharoitlari 
mavjud. Tashqi sharoitlarga maqsad yo‗lidagi har hil qiyinchiliklar, qarama-
qarshiliklar, ziddiyatlar mazkur muassasa yoki tashkilotning imkoniyatlari, 
muayyan sub‘ektga-yosh kasb egasiga ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan qarshiligi va 
hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki shart-sharoitlariga shaxsning 


96 
imkoniyatlari, sihat-salomatligi, aqliy qobiliyati, tirishqoqligi, irodaviy sifatlari 
(chidamliligi, sabr-toqati, tanlagan kasbi bo‗yicha ishlashi uchun zarur fazilatlari 
va hokazolar kiradi.
Psixologiya fanida maqsadga erishish faoliyatining qo‗shimcha, yordamchi 
turlari ham amalda uchrab turadi. Ular asosiy maqsad vositalari ish bermay 
qolganda qo‗llanadi. O‗spirinlar tajribasida shunday hollar ro‗y beradiki, asosiy 
maqsadni amalga oshirishda, yengish qiyin to‗siqlarga duch kelinadi, ana 
shundagina yordamchi vositalardan foydalaniladi. Bunday holatni tasavvur etish 
uchun o‗spirinlar tajribasidan quyidagi ko‗chirmani keltiramiz: «Konkurs bo‗yicha 
yaqin oradagi hunar-texnika bilim yurtiga kira olmayman, shuning uchun xuddi 
shu mutaxassislik bo‗yicha boshqa bilim yurtiga kirish uchun harakat qilaman...» 
Kasb tanlovchi o‗spirinning mulohazasidan ko‗rinib turibdiki, u bir emas, balki bir 
nechta qo‗shimcha maqsaddan foydalanishga intilyapti. Shunga o‗xshash 
maqsadga erishishning qo‗shimcha, yordamchi yo‗l va vositalari uchrashi mumkin. 
Qo‗yilgan maqsadni ro‗yobga chiqarish uchun intilish kasb tanlash jarayonida 
o‗spirinlar shaxsiyatida jur‘atlilikni vujudga keltiradi. Bu fazilat o‗spirin 
shaxsining ajoyib yutug‗idir. 
Yuqori sinf o‗quvchilarining professiogramma bilan tanishishida asosiy 
maqsad quyidagi tarkibiy qismlarni, jihatlarni o‗z ichiga qamrab oladi a) asosiy 
mehnat qurollari - kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr-xayo`li-xuddi shu 
qurollariga qaratilgan va yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak; b) asosiy mehnat 
operasiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga oshirish imkoniyati 
mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish mumkinligini bilish; ishlab 
chiqarish jarayonidagi operasiyalarning rolini to‗g‗ri tasavvur qila olish; 
operasiyalarning yangi variantlarini qidirib topish uchun harakat qilish; c) asosiy 
qurollar va vositalar; qo‗l asboblaridan - chilangar xirurg, g‗ijjakchi, kamon 
chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; d) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini 
qurshagan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va hokazolar. 
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, o‗spirinlarni o‗z qiziqishlari, mayl, 
ehtiyoj, iqtidor, qobiliyat, ko‗nikma va malakalarini hisobga olgan holda kasb 


97 
tanlashga yo‗naltirish jamiyatning rivoji uchun puxta zamin hozirlaydi.

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin