Kasbiy faoliyat psixologiyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1)
O‗qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jaxon psixologlari ularni 
ikki kategoriyaga yoki guruhga ajratib tekshirishni lozim topadilar. Bu 
qanday kategoriyalar?
2)
O‗quvchilar va talabalarda o‗qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga 
vujudga keladimi?
3)
O‗qishga nisbatan saboq oluvchilar munosabatini aniqlashga xarakat 
qilgan o‗qituvchi qanday o‗zgarishlar yuz berayotganligini qayd qilishi 
mumkin?
4)
Talabalar xulq - atvoridagi o‗zgarishlarning qanday motivlari mavjud?
5)
O‗quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa odamlar bilan 
muomalaga kirish extiyoji bilan uzviy bog`liq. Siz nima deb o`ylaysiz? O`z 
fikringizni to`liq bayon eting.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimova V
.M.
Psixologiya: O‗quv qo`llanma. T. 2002. 
2.
Karimova V.M., Xolyigitova N. Psixologiya: O‗quv qo‗llanma - TDIU, 
2014. 
3.
G`ozuev E.
 
Umumiy psixologiya. - T., 2002. 1- 2 kitob. 
4.
Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- ―Voris nashriyot‖, Toshkent, 2012 y. 
270 b 
5.
www.expert.psychology.ru 
6.
www.psycho.all.ru 
7.
www.psychology.net.ru
 


122 
 
6.2. O'qitishning turli modellarini rivojlantirish imkoniyatlari. 
O‘qitish texnologiyalarining psixologik tavsifi.
 
 
 
Tayanch so`z va iboralar:
O‘ziga yarasha qiziqishlar, real o‘quv 
imkoniyatlar, differensiallashgan ta’lim, talabalarning shaxsiy xususiyatlar, o‘quv 
materiallarining xarakteri, talabalarning imkoniyatlarini o‘rganish, uzluksiz 
ta’limni tashkil etish, yangi ta’lim tizimi, axborotning an’anaviy usullari, 
takomillashuvning asosiy yo‘nalishlari, ta’lim samaradorligini oshirish, pedagogik 
texnologiya aspektlari, o‘quv jarayonining qirralari, pedagogik texnologiya 
tarkibi. 
Har bir talaba o‗ziga yarasha qiziqishlari va shu bilan bir qatorda miqdori 
mavjud. Har bir talabaning o‗ziga xos bo‗lgan yutuqlari va shu bilan bir qatorda 
kamchiliklari ham bor. Agar pedagoglar o‗quv jarayonida ana shu individual
xususiyatlarni 
hisobga 
olmasalar 
har 
qancha 
unumli 
metodlardan 
foydalanmasinlar, o‗quv jarayonida yaxshi natijalarga erisha olmaydilar. Chunki 
ta‘limning asosiy vazifalaridan biri talabani umumiy rivojini ta‘minlash. Lekin 
talabaning haqiqiy rivoji faqat uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan 
holdagina amalga oshirilishi mumkin. Talabalarning real o‗quv imkoniyatlarini, 
ularning rivojlanish jihatlarini o‗rganish hozirgi vaqtda shunchaki xohish emas, 
balki majburiy talabdir. Busiz o‗quv jarayonini muqobillashtirish, uni boyitish 
aqlga sig‗maydi. Albatta shaxsiy xususiyatlar juda xilma-xil va ularni o‗rganish 
ma‘lum vaqt talab etadi. Kuzatish jarayonida talabaning kuchli va ojiz tomonlarini, 
uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, hayoliga mos bo‗lgan 
xususiyatlarini bilib olish mumkin. Talaba shaxsining muammolari va 
qiyinchiliklarini tahlil qilish hamda shu muammolarning sabablarini aniqlash 
keyingi pedagogik chora-tadbirlarni rejalashtirishda juda katta ahamiyatga ega. 
Ayniqsa o‗zlashtirishi bir oz pastroq bo‗lgan talabalar bilan yakka holda ishlash 
jarayonida pedagog o‗zi uchun talabaning yangi qirralarini kashf etishga harakat 


123 
qiladi. Keyingi davrlarda ―differensiallashgan ta‘lim‖ degan tushunchani keng 
tarqalishining asosiy sababi ham shaxsiy xususiyatlari, qobiliyati, qiziqishlari, 
iqtidori kabilarni hisobga olgan holda talabalarni guruhlarga ajratishni va shu 
guruhlar uchun alohida dasturlar ishlab chiqishga qaratilgan. Guruhlar uchun 
tuzilgan dasturlar, qo‗llaniladigan metodlar talabalarning shaxsiy xususiyatlarini 
hisobga olgan holda tanlanadi. Didaktikada bu yo‗nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borilmoqda va bu ta‘limning samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. 
Ma‘lum gurux uchun belgilangan o‗quv materiallarining xarakteri, mazmuni 
va hajmi shu sinf talabalarining yosh xususiyatlariga mos bo‗lishi lozim. 
O‗rganilayotgan bilimlar, xosil qilinayotgan malaka va ko‗nikmalar talabalarni 
xaddan ziyod toliqtirib qo‗ymasligi lozim. Boshqacha qilib aytganda, o‗quv 
jarayoni talabalarning sog‗ligi, psixik holatiga salbiy ta‘sir etishini oldini olishi 
lozim. Buning uchun har bir yosh xususiyatlarini chuqurroq o‗rganib, imkoniyatlar 
darajasini belgilab olish kerak. Ta‘limning mazmuni shaxslarning kuch-quvvatiga 
mos bo‗lishiga erishish lozim. Ta‘limni haddan ziyod ―yengillashtirish‖, 
―osonlashtirish‖ ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday ta‘lim 
rivojlantiruvchi bo‗la olmaydi. Demak har bir yosh davrida talabalarning 
imkoniyatlarini o‗rganish va imkoniyatlarga mos ravishda ta‘limni tashkil etish, 
o‗rganiladigan bilimlar hajmini belgilashda talabalarning yosh xususiyatlarini 
hisobga olish juda muhim bo‗lib, bu yo‗nalishda ham tegishli ilmiy-tekshirish 
ishlari olib borilmoqda. 
Hozir kunda O‗zbekistonda ta‘lim tizimini yangilash, mukammallashtirish
borasida bir talay ishlar olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
uzluksiz ta‘lim tizimini yaratish, o‗quv tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini 
mukammallashtirish, har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun 
shart-sharoit yaratish masalalari ko‗rib chiqilgan. Mamlakatimizda kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta‘limni tashkil etish va 
rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilangan. Bular ta‘limning 
ustivorligi, ta‘limning ijtimoiylashuvi, ta‘limning milliy yo‗nalganligi, ta‘lim va 
tarbiyaning uzviy bog‗liqligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim 


124 
olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilardir. Ko‗rib turganimizdek uzluksiz 
ta‘limni rivojlantirish tamoyillari didaktik tamoyillar bilan hamoxang bo‗lib, ana 
shu didaktik tamoyillarni yanada mukammallashuviga turtki bo‗lib xizmat 
qilmokda. 
Demak, bugungi kun talablarini va ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
pedagogika va uning ajralmas qismi hisoblanmish didaktika o‗quv jarayoni 
qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‗rganishi hamda ta‘lim samaradorligini oshirish 
ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini keng miqyosda olib borishi maqsadga muvofiq. 
Hozirgi vaqtda O‗zbekistonda jahon ta‘lim maydoniga kirishga 
yo‗naltirilgan yangi ta‘lim tizimi qaror topdi. Bu jarayon bilan bir vaqtda 
pedagogik o‗quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli 
o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Ta‘limdagi yondashuvlar tarkibi o‗zgarmoqda va 
boshqacha munosabatlar, pedagogik mentalitetlar o‗rnatilmoqda.
Ta‘lim tarkibi yangi protsessual mahoratlar, axborotlar bilan ishlash 
qobiliyatining rivojlanishi, ilmiy muammo va bozor amaliyotining ijodiy 
yechimining 
ta‘lim dasturlarini individuallashtirishga qaratilishi bilan 
boyitilmoqda.
Axborotning an‘anaviy usullari-og‗zaki va yozma nutq, telefon va global 
masshtabli telekommunikatsiyalarni ishlatish bilan almashtirilmoqda.
Pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo‗lib talaba bilan pedagogning 
shaxsga yo‗naltirilgan o‗zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng 
bo‗lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib 
bormoqda. 
Pedagogik 
ta‘lim texnologiyalarining psixologik-pedagogik nuqtai 
nazardan takomillashuvining asosiy yo‗nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi: 
1) yodlashdan, eslab qolish funksiyasiga o‗tish, ya‘ni o‗zlashtirilganini 
ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o‗tish; 
2) bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik 
tarkibiy tizimlariga o‗tish; 
3) o‗rtacha talabaga yo‗naltirilganlikdan o‗qitishning differensiallangan va 


125 
individuallashtirilgan dasturlariga o‗tish; 
4) talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma‘naviy irodali tartibga 
solinishiga o‗tish. 
Ta‘limda zamonaviy didaktika va ta‘lim tarkiblarining samaradorligini 
oshirish, yangi g‗oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy 
asoslanishi ishlatilmoqda. Bunda har xil pedagogik tizim bilan o‗qitish 
texnologiyalari o‗rtasida bog‗liqlik, amaliyotda davlat ta‘lim tizimining yangi 
shakllari (qo‗shimcha va alternativ) ning aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoitida 
o‗tmishning pedagogik tizimlarini qo‗llash muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda 
pedagog, boshqaruvchi keng ko‗lamli zamonaviy innovatsion texnologiyalar, 
g‗oyalar, o`quv muassasasilari yo‗nalishlarida ma‘lum bo‗lgan narsalarni qayta 
ochishga vaqtini sarflash kerak emas. 
Bugungi kunda savodli mutaxassis bo‗lish uchun ta‘lim texnologiyalarning 
hammasini o‗rganish lozim. 
Hozirgi vaqtda pedagogik lug‗atda pedagogika tushunchasi mustahkam 
o‗rnashgan. Lekin uni tushunish va ishlatishda turli xil o‗qilishi mumkin. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin