Kasbiy faoliyat psixologiyasi


«Men»  - o‗yindan tashqarida»



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

«Men» 
- o‗yindan tashqarida»


«Men» - o‗yinda»
deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol 
atrofida joylashadilar va o‗rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr 
almashish, hattoki, ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo‗ladi, 
hatto boshlovchi ham «qatorda» o‗tiradi. «Ishchanlik o‗yinlar» va boshqa rolli 
o‗yinlar ana shunday sharoitda o‗tkazilishi mumkin. 

«Men»- munozarada»
deb ataluvchi bu holat ayni bahs - munozaralar 
o‗tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o‗z fikrini dadil aytish uchun 
imkoniyatni his qiladi. Odatda bunday bahslar to‗rtburchak stol atrofida 
uyushtiriladi. 

«Men» - hamkorlikdaman» 
degan bu holat kattaroq guruhlar tarkibida 
tashkil etiladi. Munozara a‘zolari to‗rt-besh kishidan iborat bo‗lib, alohida stollar 
atrofida o‗tirib, har bir guruh o‗z qarorini chiqaradi. «Munozara klublari» 
faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.
Bu keltirilgan har bir xolat baxs qatnashuvchilarida o‗ziga xos ruhiy 
tayyorgarlik va mas‘uliyat xissini keltirib chiqaradi. 
Demak, dars mobaynida o‗qituvchi mavzuning xarakteri va u shakllantirish 
lozim bo‗lgan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini 
tanlashi va shundan keyingina mashg‗ulotni boshlashi kerak. Ko‗rinib turibdiki
an‘anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg‗ulotlarning samaradorligi deyarli yo‗q, 
chunki ular oldingi qatorlarda o`tirgan tinglovchilarning faolligigagina 
yo‗naltirilgan, qolganlar «o‗yindan tashqari» holatda, bu narsa ularning dars 
mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.
 
 
Kichik, tor doiralardagi kompakt guruhlarda uyushtirilgan munozaralarning 
erkin mavzuli, yo‘naltirilgan va aniq ssenariyli disput
turlari mavjud bo‗lib, bu 
tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog‗liqdir 


129 
(«disput» so‗zining lug‗aviy ma‘nosi - «fikrlayapman», «tortishayapman», degan 
ma‘noni bildiradi). Kichik guruhda olib boriladigan munozaralarda asosiy narsa - 
guruh a‘zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, har birining o‗z fikr 
mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday 
guruhda boshlovchi ham qatorda o‗tirib, mavzuning yechimini batamom hal 
bo‗lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‗lishi mumkin. Lekin asosiy 
rol guruhning a‘zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy 
lider asosiy bahs yurituvchi bo‗lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday 
guruhglar turli sharoitda ko‗pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda 
(masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va b.k.) o‗tkazilsa, 
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Agar baxlashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq hajmda (masalan, 30 
kishigacha) bo‗lsa, unda munozarani uyushtirishning o‗ziga xos tomoni bor. Bu 
xolda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo‗linadi. Birinchi guruh - 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin