148
ijtimoiy sirlarini ochishga o`zlarining eng durdona asarlarini bag`ishlaganlar.
Barcha qarashlarga umumiy bo`lgan narsa shu bo`lganki, odamni, uning
mohiyatini anglash uchun, avvalo, uning shu jamiyatda tutgan o`rni va mavqeini
bilish zarur. Shaxsni o`rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan
holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o`rni bilan
belgilanishi kerak.
Shaxs
-
ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarining mahsuli, ongli
faoliyatning sub’ekti bo`lmish individdir.
Shaxsga taaluqli bo`lgan eng muhim
tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita
aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt bo`lishlikdir.
Shaxsga taalluqli bo`lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy
ta‘sirlarni o`z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so`ngra shu ta‘sirlarning
sub‘ekti sifatida faoliyat ko`rsatadi.
Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk
yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi.
Bu muhit o`sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, ahloq olamidir.
Bu muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar, turli xil
tillar olami bo`lib, undagi ko`plab qoidalarga ko`pchilik mutloq qo`shiladi, ba‘zilar
qisman qo`shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo`ysinmaslik
jamiyat tomonidan qoralanadi, ta‘qiblanadi. Shulardan
kelib chiqadigan xulosa
shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib - qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt
bo`lsa,
jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal
ko`rinishidir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta‘sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy,
iqtisodiy, ma‘naviy, ahloqiy va boshqalar. Bu ta‘sirotlar mohiyatan aslida jamiyat
a‘zolari bo`lmish shaxslar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning ayrim alohida
yo`nalishlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta‘sirida bo`ladi va
ko`plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o`quv maskanlari, mehnat kollektivlari,
norasmiy tashkilotlar, din, san‘at, madaniyat va boshq.) bilan bog`liq bo`ladi.
Masalan, shaxsdagi turli g`oyalar, fikrlar va mafkuraviy munosabatlar tizimi
149
ta‘sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog`cha, maktab va boshqa o`quv va tarbiya
muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta‘sir uning e‘tiqodi darajasida
ko`tarilsa, va unda yangidan-yangi fikrlar va g`oyalarning paydo bo`lishi va
o`sishiga
olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini
tanlaydiki, u o`z qobiliyatlari, malaka va ko`nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli
sifatida yoki o`qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo`lib, elu-
yurtiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlarining
shakllanishida katta rol o`ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor
munosabatlariga o`tayotgan O`zbekiston sharoitini oladigan bo`lsak,
yangicha
iqtisodiy o`zgarishlar, bozor, raqobat, legalizatsiya, liberalizatsiya, ya‘ni
erkinlashtirish va shunga o`xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar
va ularga bo`lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri
va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.
Hayotda shaxs bajaradigan ijtimoiy rollar ko`pligi sababli ham, turli
vaziyatlardagi uning mavqei - statusi ham turlicha bo`lib qoladi. Agar biror rol
shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o`zi uchun o`ta ahamiyatli bo`lsa
(masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o`sha
vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin.
Qolaversa, rollarning ko`pligi ba‘zan rollar ziddiyatini
ham keltirib chiqarishi
mumkinki, oqibatda-shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi
mumkin. Masalan, sirtdan taxsil olayotgan talaba sessiya paytida ishlab turgan
korxonasiga komissiya kelishi va uning faoliyatini tekshirayotganligini bilib, ruhiy
azobga tushadi: bir tomondan, talabachilik va uning talablari, ikkinchi tomondan -
kasbdoshlar oldida uyalib qolmaslik uchun har kuni ishxonaga ham borib kelish.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi
raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o`zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab
qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o`zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun
ba‘zan bir-biriga zid hislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur
bo`lishmoqda. Masalan, yosh oila boshlig`i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan
150
qaram bo`lmaslik uchun, bir vaqtning o`zida
ham itoatkor, intizomli talaba va
ishdan keyin esa-chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan
shug`ullanishga majbur bo`lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda,
doimiy intiluvchanlik va o`z ustidan muttasil ishlashni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: