Kasbiy nutq odobi sohaga oid (pedagogik)nutqning òziga xosligi 4-www.fayllar.org
Odamlar to‘plagan turmush tajribasini yoshlarga o‘rgatish, ularni hayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida qadim zamonlardayoq ta'lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo bo‘ldi. Mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida ko‘rsatishicha, qadim zamonlarda ota-onalar, odatda, o‘z bolalarini oilada o‘zlari tarbiyalaganlar. Lekin ota-onalar har xil bo‘ladi: bolaga ta'lim, tarbiya berish bir xilining qo‘lidan kelsa, bir xilining qo‘lidan kelmaydi; bola tarbiyasi uchun ba'zilarning vaqti bo‘lsa, ba'zilarning vaqti bo‘lmaydi. Shu sababdan, ko‘p oilalar o‘z bolalarini bilimli, og‘ir tabiatli maxsus kishilarga berib o‘qitganlar. Yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi bunday kishilarni pedagog, professor deb, bolalarni to‘plab o‘qitiladigan joyni — maktab, gimnaziya, akademiya, universitet deb ataganlar. Uning fikricha, eng qadimgi maktablar Sharq mamlakatlarida, jumladan, Xoldey, Vavilon, Misrda, Isroil shaharlarida ochilgan. Maktab ochishni misrliklardan greklar, greklardan rimliklar o‘rganib olganlar).