Kasbiy nutq odobi sohaga oid (pedagogik)nutqning òziga xosligi 4-www.fayllar.org
Kasbiy nutq odobi sohaga oid (pedagogik)nutqning òziga xosligi 421-gruh talabasi
Kasbiy nutq odobi sohaga oid (pedagogik)nutqning òziga xosligi
421-gruh talabasi
Haydarova Yulduz
Reja: 1.Kasbiy nutq tushunchasi. 2. nutq madaniyatini tarbiyalash 3.Zamonaviy nutqda uchraydigan xatolar
O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.

Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.