Kasbiy nutq odobi sohaga oid (pedagogik)nutqning òziga xosligi 4-www.fayllar.org
Nutqning madaniyligini ta’min etadigan tо‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jо‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini о‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga yetkazish, shu yо‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bо‘lib, mazkur sifatlarning jami nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi.

2. Pedagogik axloqning paydo bo‘lishi insoniyat tarixining eng qadim zamonlariga borib taqaladi. U o‘qituvchilik kasbi bilan birga tarbiyachilik faoliyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan. Ma'lumki, umumiy ta'lim maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida yo shlarga ta'lim-tarbiya beruvchi mutaxassisni o‘qituvchi, muallim, pedagog, ustoz, mudarris, domla deb yuritiladi. O‘qituvchilik eng qadimiy kasblardan hisoblanadi. O‘qituvchilik kasbining, u bilan birga pedagogik axloqning vujudga kelishi ham kishilik jamiyati tarixida tarbiyaning paydo bo‘lishi, ya'ni insonlar to‘plagan yurish-turish, xatti-harakatlar, mehnat sohasidagi dastlabki tajribalarni, urf-odatlarni, ahyaiy, axlo1iy, ilohiy bilimlarni yoshlarga o‘rgatish; yozuv ixtiro qilingach, o‘qish, yozishni o‘rgatish uchun tashkil etilgan dastlabki maktablarning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liq.