Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayoni va uni loyihalashtirish.
“Loyihalash” iborasi pedagogikaga texnika sohasidan kirib kelgan bo‘lib, reja
tuzish ma’nosini anglatadi. Pedagogik faoliyatni loyihalashtirish zaruriyati uning
mazmunini murakkabligi bilan bog‘liq.
Pedagogik loyihalashtirish pedagog kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb
etadi. U tashkilotchilik, bilish (gnostik), muloqotga kirishuvchanlik (kommunikativ)
va boshqa vazifalar bilan uzviy bog‘liq. V.S.Bezrukovning fikricha, kasb ta’limi
o‘qituvchilari pedagogik loyihalashtirish uchun 28 foizga yaqin ish vaqti sarflar
ekanlar.
Pedagogik loyihalashtirishning vazifalari turlicha bo‘lib, yangi pedagogik
texnologiyalarni amalga joriy etishga imkon beradi. Loyihalashtirish hisobiga ta’lim-
tarbiya jarayoni texnologiyalanuvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Loyihalashtirish
malakasini egallash pedagoglarga samarali omillarni izlab topish imkoniyatini beradi.
Pedagogik loyihalashtirish vazifalarini chizma shaklida quyidagicha ifodalash
mumkin (5-chizma).
Pedagogik loyiha eng avvalo, model bo‘lib, ideal va pedagogik amaliyotda
pedagogik faoliyatni qiyoslash yo‘li bilan ilmiy bilishning samarali vositasidir.
Loyihalash asosida kelgusida ta’lim jarayonining rivojlanishini ilmiy bashorat etish
mumkin. Shuningdek, loyihalashtirish pedagogika nazariyasi bilan amaliyotni bog‘lab
turuvchi omildir. U ta’lim-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy komponentlaridan, shu
jumladan, pedagogning intellektual imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga imkon
beradi. Pedagogika nazariyasi pedagogik loyihalashtirishning asosi bo‘lib xizmat
qiladi. Loyihalar o‘z o‘rnida pedagogik amaliyotni takomillashtiradi.
Pedagogik loyiha obektlari-pedagogik tizimlar, pedagogik texnologiyalar,
pedagogik jarayon, ta’lim-tarbiya muhiti, pedagogik vaziyatlar bo‘lishi mumkin.
Pedagogik tizim markazida uning ishtirokchilari, maqsadi, vazifalari, mazmuni,
metodlari, tashkil etish shakllari, vositalari va natijasini yaxlit holda
80
mujassamlashtirilib, u ishtirokchilarning bevosita o‘zaro bog‘liq ta’siri natijasida
tahsil oluvchilarni rivojlantirish maqsadida loyihalashtiriladi.
Pedagogik vaziyat pedagogik jarayon doirasida ma’lum vaqtda bu jarayonning
holatini tavsiflovchi loyihalashtirish ob’ektidir. Pedagogik vaziyat bexosdan kelib
chiqishi yoki maxsus loyihalashtirilishi mumkin.
Pedagogik loyihalashtirish vazifalari
5-chizma
Pedagogik vaziyat real shart-sharoitni hisobga olgan holda pedagogik jarayonni
aniqlashtirish maqsadida loyihalashtiriladi.
Pedagogik texnologiyalar loyihalashtirish ob’ekti bo‘lib, pedagog tomonidan
turli metod, shakl va vositalardan foydalanilgan holda xatti-harakatlar ketma-ketligini
belgilaydi.
Ta’limiy makonni loyihalashtirish yangi turdagi o‘quv binolari qurish, ularni
jihozlash va shu kabilar uchun amalga oshiriladi.
Pedagogik loyihalashtirish texnologiyasi pedagogik tizimlar, jarayonlar,
texnologiyalarni loyihalashtirish murakkab va ko‘p bosqichli faoliyatdir.
V.S.Bezrukova fikricha u: modellashtirish, loyihalashtirish va konstruksiyalashtirish
bosqichlaridan iborat.
Pedagogik modellashtirish ob’ektning ideal obrazini shartli ravishda ishlab
chiqish bo‘lib, uning muhim jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Modellar yozma,
matn, grafik va faraziy bo‘lishi mumkin. Ularda pedagogik maqsadlar, vazifalar,
samarali shart-sharoit, ob’ektning tarkibiy qismlari va ularning faoliyat ko‘rsatish
usullari o‘z aksini topadi.
Loyihalashtirishning ikkinchi bosqichi loyiha tuzish bo‘lib, bunda model
pedagogik faoliyatda foydalanish mumkin bo‘lgan darajaga yetkaziladi. Pedagogik
loyihalashtirishning uchinchi bosqichi konstruksiyalash bo‘lib, unda loyiha batafsil
qismlarga bo‘linadi, real shart-sharoitga yaqinlashtiriladi, ya’ni bunda asosan metodik
ishlar bajariladi.
Pedagogik loyihalashtirishning asosiy prinsiplari: shaxsiy ustuvorlik prinsipi
bo‘lib, o‘quvchi shaxsiga yo‘nalganlik, ularning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlari
hisobga olinganligi bilan etiborga molikdir. Loyihada umumpedagogik, ya’ni
tabiiylik, insonparvarlik kabi prinsiplar amalga oshirilishi zarur.
O‘z-o‘zini rivojlantirish prinsipi - dinamik rivojlanuvchan sharoitga
moslashuvchan pedagogik ob’ektlar tizimini ko‘zda tutadi.
Pedagogik loyihalashtirish vazifalari
Pedagogik
jarayon sa-
maradorli-
gini oshi-
rish
Ta’lim-
tarbiya jara-
yonini texno-
logiyalash-
tirish
Shaxsning
rivojlanishini
oldindan
bashorat
etish
Pedagogika
nazariyasi
va amaliyo-
tini bog‘-
lovchi zveno
81
Reallik prinsipi - amalda shunday ob’ektdan foydalanish mumkinligini
anglatadi.
Pedagogik loyihalashtirishda quyidagi tartibdagi xatti-harakatlar bajariladi:
I. Tayyorgarlik ishlari: loyihalanadigan ob’ektni tahlil etish, loyihalash shaklini
tanlash, loyihalashtirishni nazariy va uslubiy ta’minlash, loyihalashtirishni makon,
vaqt nuqtai nazaridan ta’minlash, loyihalashtirishni moddiy-texnik va huquqiy-
meyoriy ta’minlash;
II. Loyiha ishlab chiqish: tizim hosil qiluvchi omillar tanlashning tarkibiy
qismlarining o‘zaro uyg‘unlashtirish, loyihalash hujjatlarini tuzish;
III. Loyiha sifatini tekshirish: loyihani fikran tajriba – sinovdan o‘tkazish.
Loyihani ekspert baholash, o‘zgartirishlar kiritish, loyihadan foydalanish mumkinligi
haqida qaror qabul qilish kabilar. Yuqorida zikr etilgan har bir xatti-harakatlar o‘z
navbatida aniq maqsad va nisbatan kichik mantiqiy ketma-ket xatti-harakatlardan
iborat bo‘lishi tabiiy hol.
Loyihalash ob’ektini tahlil qilish. Eng avvalo uning tuzilmasini ko‘rish, tarkibiy
qismlarining har birini alohida qarab, holatini va o‘zaro aloqalarini aniqlash kabi juda
muhim bo‘lgan amallar nazarda tutiladi.
O‘qituvchiga qo‘yilgan talablar:
K
asb ta’limi o‘qituvchisining vazifasini kasbiy
pedagogik va ijtimoiy o‘ziga xosligi har doim o‘z shogirdlari, ota-onalar, keng
jamoatchilik nigohida bo‘lishi, ular shaxsiga, axloqiy qiyofasiga yuqori talablar
qo‘yadi. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar qat’iy kasbiy sifatlar tizimi bo‘lib, kasbiy
pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Eng avvalo, shuni unutmaslik zarurki, amaliy pedagogik faoliyatning faqatgina
yarmi oqilona texnologiyaga asoslanib quriladi. Qolgan yarmisi esa, san’atdir.
Shuning uchun ham pedagog kasbiga qo‘yilgan birinchi talab pedagogik
qobiliyatlarning mavjudligidir. Bunday yondashuvga asoslanib biz pedagogda maxsus
pedagogik mahorat mavjudmi, degan savolni qo‘yishga majbur bo‘lamiz. Pedagogik
qobiliyatlar bolalar bilan ishlashga moyillik, bolajonlik, ular bilan muloqot va
munosabatda bo‘lib, qoniqish hosil qilish kabilarning mujassamligini ko‘rsatuvchi
shaxsiy fazilatlardir.
Ko‘pchilik hollarda pedagogik qobiliyatni chiroyli gapirish, ashula ayta olish,
rasm chizish, bolalarni tashkillashtirish kabi tor doiradagi xatti-harakatlarni bajarishga
almashtiriladi. Olimlar tomonidan pedagoglarni quyidagi bosh qobiliyatlari ajratilgan:
1.Tashkilotchilik – o‘quvchilarni o‘zaro jipslashtirish, ularning shaxsiy
burchlarini bilish, ishlarini rivojlantira olish, bajarilgan ishga yakun yasash kabi
o‘qituvchilik malakalarida ko‘zga tashlanadi.
2. Didaktik – o‘quv materiali, ko‘rsatmali qurollar, jihozlarni tanlay olish va
tayyorlash, aniq, lo‘nda, tushunarli va ketma-ket bayon eta olish, o‘qib-o‘rganish va
ma’naviy qoniqish hosil qilishga qiziqtira olish, o‘quv-bilish faolligini oshirish
kabilar.
3. Perseptiv – o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularning emotsional
holatlarini ob’ektiv baholay olish, psixikaning o‘ziga xos jihatlarini aniqlay olish
kabilarda namoyon bo‘ladi.
82
4. Kommunikativ – o‘qituvchining o‘quvchilar, ularning ota-onalari, o‘zining
kasbdoshlari, ta’lim muassasalari rahbarlari bilan maqsadga muvofiq pedagogik
munosabatlar o‘rnata olishida o‘z aksini topadi.
5. Suggestiv – o‘quvchilarga emotsional irodaviy ta’sir ko‘rsata olish.
6. Tadqiqotchilik – pedagogik vaziyat va jarayonlarni bilish va ob’ektiv
baholay olish qobiliyati.
7. Ilmiy bilish – tanlagan sohadagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olish qobiliyati.
Yuqorida zikr etilgan va shu kabi boshqa qobiliyatlar pedagogning amaliy
faoliyatida birday muhimlik darajasiga egami? So‘nggi yillarda amalga oshirilgan
ilmiy tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlarning “asosiy” va “ikkinchi darajali
yordamchi” turlarga ajratishga imkon beradi. Ko‘p sonli so‘rovlar natijasida muhim
pedagogik qobiliyatlar sirasiga pedagogik kuzatuvchanlik, didaktik, tashkilotchilik,
ekspressiv qobiliyat kabilarning kirishi haqida fikrlar bildirilgan.
Pedagogik ta’lim muassasalariga qabul qilishda shu paytgacha pedagogik
iste’dod (qobiliyat, o‘quv) hisobga olinmay, umumiy tanlovga asoslanildi. Shuning
uchun ham ta’lim muassasalariga tasodifiy shaxslar kelib qolmoqda.
Albatta, ideal holatda pedagogik faoliyat bilan ma’lum iste’dodga ega bo‘lgan
kishilar shug‘ullanishi zarur. Lekin pedagog kasbi ommaviy kasbga aylangan.
Faqatgina O‘MKHT tizimi uchun zarur bo‘lgan 160000 nafar iste’dodli pedagoglar
qayerdan olinadi? Ko‘p sonli mutaxassislar fikricha, yorqin pedagogik qobiliyat
mavjud bo‘lmagan holda, mehnatsevarlik, o‘z burchiga sodiqlik, o‘zi ustida
muntazam ishlash kabi kasbiy fazilatlar ularning o‘rnini to‘ldirishi (qoplashi)
mumkin.
Pedagoglik kasbini muvaffaqiyatli egallash uchun pedagogik qobiliyatning
mavjudligi juda muhim, lekin bu hamma narsaning yechimi topilganligini
anglatmaydi. Qanchadan-qancha fan nomzodi, professorlar amalda pedagogik
mahorat cho‘qqisini egallay olmaganlar.
Ana shu bois ham, biz pedagogning muhim kasbiy fazilatlari sifatida
mehnatsevarlik, ishchanlik, tartib intizomlilik, javobgarlik, o‘z oldiga aniq maqsadlar
qo‘ya olishlik, unga erishishda oqilona yo‘llarni tanlay olish, tirishqoqlik, kasbiy
mahorat darajasini muntazam oshira borishlik, mehnati sifatini oshirishga
intiluvchanlik kabi kasbiy fazilatlarni e’tirof etamiz. Zikr etilgan talablar orqali
pedagog o‘zi bajaradigan burchini ishchi sifatida amalga oshiradi. Ko‘z o‘ngimizda
bozor munosabatlarining yo‘ldoshi hisoblangan o‘zgarishlar shu jumladan
raqobatbardoshlik rivojlanmoqda. Bunday sharoitda pedagogning insoniy (odamiylik)
fazilatlari kasbiy muhim ahamiyat kasb etib, ta’lim-tarbiya jarayonida ijobiy
munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ular: odamiylik, mehribonlik, sabr-
toqatlilik, tartib-intizomlilik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, javobgarlik, vijdoniylik,
saxiylik, mehr-muruvvatlilik, yuksak axloqiylik, kelajakka ishonch, emotsional
bosiqlilik, muloqotchilik, o‘quvchilarga nisbatan qiziquvchanlik, oq ko‘ngillik, o‘z-
o‘zini tanqid qilishlik, do‘stlik, o‘zini tuta bilishlik, prinsipiallik, emotsional
madaniyatlilik va ko‘plab shu kabilardir.
O‘qituvchi uchun shart bo‘lgan fazilat insonparvarlikdir. O‘qituvchi har doim
faol, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. A.S.Makarenko o‘zini tuta bilmaydigan o‘qituvchini
83
tormozsiz mashinaga o‘xshatgan edi. Chunki bunday mashina albatta halokatga olib
keladi.
Pedagogik takt o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lganda amal qilinadigan his-
tuyg‘udir. O‘quvchi shaxsiga nisbatan hurmat uning o‘zagini tashkil etadi.
O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlarini bir-biridan ajratish mumkin
emas. Chunki ular yaxlitlikni tashkil etadi. Bunday fazilatlar kasbiy tayyorgarlik
jarayonida, ya’ni o‘qitadigan predmetini, o‘qitish metodikasini bilish, keng ko‘lamda
madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat, pedagogik mehnat texnologiyalarni bilishi,
notiqlik san’ati va boshqalar vositasida shakllanadi.
Kimlar o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkin?
Bolalarga nisbatan mehr-muhabbat o‘qituvchilik ishining asosidir.
Pedagogning fazilatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq yaxlit, majmuaviy tizimdir.
O‘qituvchilik mahoratining tizimlilik xarakteri pedagogning kasbiy potensiali
(imkoniyatlari) tushunchasida o‘z ifodasini topib, turli yo‘nalishlarda va darajalardagi
faoliyat hamda tayyorgarlikni o‘zida mujassamlashtiradi.
Qandaydir kasbga nisbatan qo‘yiladigan fazilatlar ro‘yxati professiogramma
deb atalishi qabul qilingan kasbiy imkoniyat (potensial-lotincha “potencia”
umumlashgan qobiliyat, imkoniyat, kuch ma’nosini anglatadi) pedagogning bosh
tasavvuridir. Bu qobiliyat tabiiy va o‘zlashtirgan fazilatlari tizimiga birlashtirilib,
pedagogga berilgan shart-sharoitda o‘z burchini bajara olish qobiliyatini belgilaydi.
Kasbiy imkoniyat tizim sifatida kasbiy tayyorgarlik jarayonida quyidagi
tenglik vositasida aniqlanishi mumkin.
Pedagogning kasbiy potensiali (PKP) formulasiga binoan shaxsning
o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq)dan, qisman o‘zgaradigan shaxsning maxsus
qobiliyati (qo‘mq)dan, maxsus tayyorgarlik jarayonida tarkib topadigan qobiliyatlar
(mtjttq)dan va pedagogning amaliy faoliyatida o‘zlashtiriladigan (afo‘q) qobiliyatlar
yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli tadqiqotlar tasdiqlagan.
Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada murakkab
va ko‘p qirrali uni I.P.Podlasiy quyidagicha tasavvur etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Pedagogning kasbiy imkoniyatlari (potensiali) tuzilmasi
12 – jadval
Kasbiy
tayyorgarlik
Pedagogik ijodkorlik
Pedagogning
kasbiy mahorati
Pedagogik
madaniyat
Kasbga
yo‘naltirish
Pedagogik
intellekt
Innovatsion
faoliyat
Pedagogik tafakkur
yuritish (fikrlash
stili)
Kasbiy kamol
topish
Kasbiy layoqat
(kompetentlik)
Gumanistik
(insonparvarlik) yo‘nalishi
Pedagogik texnika
Kasbiy
yo‘nalganlik
Faoliyati jarayonida
yangiliklarga
intiluvchanlik
Kasbiy rivojlanish
Muloqot mahorati
Pedagogik
mehnatga
Mehnatga ijodiy
munosabat
Kasbiy nuqtai
nazar
Ijtimoiy faollik
84
Bir so‘z bilan aytganda, professionalizm kasbiy nuqtai nazardan fikrlash va
ta’sir ko‘rsatish demakdir. Ideal pedagogning mutaxassis, ishchi, inson tekisliklarida
quyidagicha tasavvur etish mumkin (13-jadvalga qarang).
Demak, o‘qituvchilik mahorati integrativ fazilat (sifat) bo‘lib, yuqori
darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Y.P.Azlarovning fikricha, pedagogik mahorat cho‘qqisiga yetishish juda
mushkul va uzoq vaqt talab etadigan jarayondir.
Haqiqiy usta o‘qituvchi bo‘lish uchun inson tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lishi
zarur, degan fikrlar ham mavjud. F.Gallning fikricha, inson bosh suyagi bilan
insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud.
“Frenologiya” - bosh suyakning tashqi shakli bilan inson aqliy va axloqiy
fazilatlarining bog‘liqligini o‘rganuvchi fandir. U avstriyalik vrach F.Gall tomonidan
ilgari surilgan.
Bunday qiziqarli faraz vositasida kimning bosh suyagi ensa, gardan qismiga
bo‘rtiq (do‘nglik) mavjud bo‘lsa, u o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkinligiga
ishora qilinadi.
N.V.Kuzmina o‘qituvchi mehnatining turli jihatlarini psixologik nuqtai
nazardan tadqiq etib, faqatgina 12 foizgina o‘qituvchilar tom ma’noda kasbiy
pedagogik mahorat sohibi ekanligi, aksariyat o‘qituvchilar esa ta’lim-tarbiya
usullarini yaxshi egallaganliklari va buning natijasida yuqori samaradorlikka
erishganlarini ko‘rsatadi.
Ye.A.Klimovning fikricha, pedagog kasbi sohiblarining mehnat predmeti
inson-texnika, ishlab chiqarish texnologiyasi, ya’ni uning asosiy mazmuni
insonlarning o‘zaro bog‘liq munosabatidan iborat bo‘ladi. Pedagogik kasb sohibi
quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak (13- jadvalga qarang):
insonparvarlik, gumanizm, faoliyatining jamoaviy va ijodiy xarakterga egaligi
kabilar. Shuningdek, pedagogning mehnati aqliyligi, yuksak his-tuyg‘u
(emotsional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham farqlanadi.
Pedagogning insonparvarlik xislatlari o‘zining shogirdlari, atrofidagilarga
yordam ko‘rsatishga doim tayyorligida, ularga nisbatan diqqat-e’tibor berishida,
hurmatida namoyon bo‘ladi. Pedagog (murabbiy)lar o‘z shogirdlari bilan o‘zaro
munosabatni ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, xususan individual yosh
xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tafakkurlash xususiyatlariga ko‘ra tashkil
etadi (quradi). Pedagogik faoliyatning yana bir muhim jihati ijodkorlik hisoblanadi.
Pedagoglarga nisbatan ijodkorlik muntazam o‘zgaruvchan sharoitda kasbiy
masalalarning yechimini topishni talab etadi.
Pedagogning faoliyati jamoaviy xarakterga ega bo‘lib, pedagogik faoliyat
natijalariga boshqa o‘qituvchilarning ishlari, oila, shuningdek, boshqa omillar ta’sir
ko‘rsatadi. Albatta, pedagogning mehnatidagi muvaffaqiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri va
bevosita jamoadagi psixologik iqlimga, o‘qituvchilarning hamkorlik darajasiga,
ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq.
tayyorgarlik
Kasbiy
moyillik
Ijodiy tashabbuskorlik
Kasbiy faollik
Metodik mahorat
85
Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida
ham kasb ichida tabaqalanish, ya’ni ixtisoslikka ajralish jarayoni kechmoqda. Shu
bois ham kasb-hunar pedagogikasi mutaxassislar tayyorlashning mustaqil sohasi
sifatida ajralib chiqqan. Amaldagi oliy ta’limning tayyorlov yo‘nalishlari,
mutaxassisliklar va ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda “ta’lim”
nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan.
Kasb ta’limi o‘qituvchilari tayyorlash yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustidagi
343-sonli qarori bilan
tasdiqlangan bo‘lib, murakkab kasblar turkumiga mansub. Chunki u bir vaqtning
o‘zida ikki: “inson-inson”, “inson-texnika” tizimida faoliyat ko‘rsatishni talab etadi.
Ideal pedagog
13-jadval
Mutaxassis
Ishchi
Inson
Pedagogika
nazariyasini
bilish,
pedagogik mahoratga ega bo‘lish,
psixologiyani bilish, ta’lim-tarbiya
texnologiyalarini
qo‘llay
olish
malakasiga ega bo‘lish, mehnatni
oqilona tashkil eta bilish malakasi.
Ishga
muhabbat,
o‘quvchilarni
sevish. Insonga ishonch. Pedagogik
qobiliyat, umumiy aql-zakovat, sabr-
toqat, kelajakka ishonch. O‘zini tuta
bilish,
izlanuvchanlik,
reaksiyalarining aniq va tezligi,
ko‘ngilchanlik, bolalarni tushunish,
bolalar bilan ishlash, xohishi,
nutqining aniq va ishonchliligi,
talabchanligi, adolatlilik, to‘g‘ri
so‘zlik, tashkilotchilik malakasi,
muloqotga
kirishuvchanlik,
birovlarni tinglay olishlik.
Maqsad qo‘yib unga erisha
olish. Muntazam va rejali
ravishda malakasini oshira
borish, mehnat unumdorligini
oshirishga
intiluvchanlik.
Ijodkorlik qobiliyati: har
tomonlama
ma’lumotlilik,
mantiqiy
fikr
yuritish,
kelajakka ishonch. Ishlash
ishtiyoqi. Ishiga (kasbiga)
sadoqat, jamoada ishlash
malakasi, tirishqoqlik, tartib-
intizomlilik, faollik, ishlab
chiqarish
vaziyatlariga
yo‘naltirilganlik,
ishlarni
taqsimlay olish malakasi.
Javobgarlikni o‘ziga olishga
tayyorgarlik.
Yuqori axloqiy sifatlar
jamoatchilik hayotida faol
ishtirok etish. Faol hayotiy
nuqtai nazar (pozitsiya),
har doim va har qachon
shaxsiy
o‘rnak,
davlat
qonunlariga hurmat, milliy
g‘urur,
vatanparvarlik,
vatanini himoya qilishga
tayyorlik,
mustahkam
sog‘lik, sog‘lom hayot
tarzi,
insonparvarlik,
ma’naviylik,
muloqotga
kirishuvchanlik,
oqillik,
o‘ziga
nisbatan
talabchanlik va tanqidiy
munosabatda bo‘lish.
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi ko‘p ixtisoslik va mutaxassisliklarga ega. Ta’lim
sohasida “mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida
aks ettiruvchi kategoriya sifatida qaraladi. Mehnat sohasida esa u kasb-hunar
doirasida mehnatning yo‘nalishi va o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi.
Ta’lim sohasida mutaxassislik eng avvalo, mutaxassis faoliyati turi va uning
mehnati qo‘llanish sohasini ko‘rsatadi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat
ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum kasbiy vazifalarni bajarish
imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma va malakalar hamda shaxsiy fazilatlarni
o‘zlashtirishni anglatadi.
Pedagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko‘rinish bo‘lib, insoniyat jamiyati
tomonidan to‘plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdek, o‘quvchilarni
rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga
yo‘naltirilgandir. Kasbiy pedagogik faoliyat maxsus tashkil etilgan ta’lim
muassasalarida kechadi (amalga oshiriladi) va o‘quvchilar shaxsini rivojlantiradi.
86
Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘quvchilarning imkoniyatlari, jamiyat va
davlatning mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan
holda shakllantiriladi. Bir tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit
jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlarini o‘zida ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning asosiy
ob’ektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ta’lim-tarbiya muhiti, ta’lim-tarbiya beruvchi jamoa, o‘quvchilar faoliyati va
ularning individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning maqsadi bevosita
quyidagi ijtimoiy pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy
mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani
tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish.
Kasbiy pedagogik faoliyat - bu integrativ faoliyat bo‘lib o‘ziga psixologik,
pedagogik va ishlab chiqarish texnologik komponetlarni qamrab oladi. Kasbiy
pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kasb-hunar sir-asrorlariga
o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.
Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi
munosabatlar sodir bo‘ladi:
Pedagogning pedagogik ta’sir vositasi va predmetiga nisbatan munosabatlarni
ifodalovchi sub’ekt-ob’ekt munosabatlari; pedagogik o‘zaro tasir jarayonidagi
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari.
Pedagogik o‘zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o‘z navbatida
o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan
bog‘liq.
Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pedagog vositalar va o‘z xatti-harakat
usullarini qiyoslaydi.
Pedagogik masalalar yechimini topish usullarini tanlab, o‘qituvchi har bir
o‘quvchining individual sifatlarini mo‘ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar
xususiyatlarini, jihozlanganlik darajasini, pedagogik jarayon davomiyligini hisobga
olishi zarur. Bundan pedagogik masalalarning yechimini topish ko‘p jihatdan
o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi.
O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy
natijasidir.
Pedagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponentdir.
U integrativ xususiyatga ega bo‘lib, mutaxassisning ishchanlik va shaxsiy
fazilatlarini o‘zida mujassamlashtiradi hamda bilim, ko‘nikma malaka va tajribalar
darajasida o‘z ifodasini topadi.
87
O‘qituvchi shaxsi
6-chizma
Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisining muhim fazilatlari
Pedagog shaxsining tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Ular
sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o‘z-
o‘zini boshqara olish, o‘quvchilar bilan ishlash xohishining mavjudligi, ekstremal
vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmaslik, to‘g‘riso‘zlik, haqgo‘ylik, zamonaviylik,
insonparvarlik, bilimdonlik, pedagogik takt sohibi ekanlik, intizomlilik, pedagogik
ishonchlilik.
O‘qituvchining muhim kasbiy pedagogik fazilatlaridan biri mantiqiy fikrlash
hisoblanadi. Bunday xislat tushunchalarni tahlil etish, sintezlash, turlash, mantiqiy
aloqalarini o‘rnatish, operatsiyalarini bajarishga yo‘naltirilgan mantiqiy fikrlash
usullarini yaxlit shakllanganligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, pedagog
professiogrammasiga artistik qobiliyati ham kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr va
yechimlar topishni qamrab oladi.
Shaxsning muhim kasbiy fazilatlari uning aqliy, emotsional, irodaviy tavsifi
sifatida kasbiy pedagogik faoliyat natijalariga ta’sir ko‘rsatadi, pedagogning
individual ish uslubini belgilaydi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Pedagogik jarayonning mohiyati nimadan iborat?
2. Kasb ta’limi o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligining mazmuni nimalardan
iborat?
3. O’qituvchining pedagogik vazifalarini aytib bering.
4. Ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirishning mohiyati nimadan iborat?
5. Pedagogik loyihalashtirishning vazifalarini aytib bering.
6. Pedagogik loyihalashtirishda qanday hatti-harakatlar bajariladi?
Muhim kasbiy
sifatlar
Kasbiy
layoqatlilik
Shaxsiy
‘nalganlik
O’qituvchi
shaxsi
?
88
3.3. KASB-HUNAR TA’LIMINING MAQSADI VA MAZMUNI
Reja:
1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati.
2. Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga
o‘girilishi.
3. Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv.
1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati
U yoki bu ta’lim texnologiyasining tanlanishi eng avvalo maqsadga, ya’ni
qanday darajada bilim, va shaxsiy fazilatlarning o‘zlashtirilishi nazarda tutilganligiga
bog‘liq.
Aniq maqsadni ko‘zlamagan mashg‘ulot samara bermaydi, chunki olingan
natija bilan ko‘zlangan maqsadni bir-biriga qiyoslab pedagogik jarayon (mashg‘ulot)
samaradorligini aniqlash mumkin, xolos. Yetarli darajada aniq bo‘lmagan maqsadsiz
mashg‘ulot ishtirokchilarning ortiqcha hissiyotlarga berilishi, o‘quvchilarni o‘quv-
bilish faoliyatiga undovchi rag‘batning pasayishi, o‘quv materiali, o‘quv predmeti,
tanlagan kasbiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi kabilarga sabab bo‘ladi.
An’anaviy ta’lim maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalashga intilgan.
Masalan, qishloq ho‘jalik mashinalari turkumiga mansub pluglarning tasniflanishini
bayon etish. Bu bir tomonlamalikni keltirib chiqarishi tabiiy hol.
Ta’lim-tarbiya va o‘quvchi shaxsini rivojlantirish maqsadlarini ta’lim
mazmuni, pedagog va o‘quvchining faoliyati orqali ifodalash bu sohada kutilayotgan
natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.
Maqsadni o‘quvchilar xatti-harakatida ifodalanadigan aniq ko‘rinadigan va
o‘lchanadigan natijalar orqali belgilash g‘oyasi ilk bor R.Tayler tomonidan ilgari
surilgan bo‘lib, biz bu g‘oyaga to‘liq qo‘shilamiz.
Kasbiy talim maqsadi avvalo jamiyat va davlatning talab hamda ehtiyojiga
binoan shakllantiriladi. Demak, u mashg‘ulot (dars)ning ma’lum bosqichi maqsadidan
to komil inson shaxsini shakllantirishgacha kengayib borishi mumkin.
Komil insonni shakllantirish jamiyatimizning oliy maqsadi bo‘lib, u uzluksiz
ta’lim jarayonida ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
Shuning uchun uzluksiz ta’lim tizimining umumiy maqsadi quyidagi
darajalarda aniqlashtirilishi mumkin:
1. Respublikamiz uzluksiz ta’limining global maqsadi – barkamol shaxsni
shakllantirish;
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimining maqsadi – mehnat bozorida
raqobatbardosh, yuqori malakali, keng ixtisosli mutaxassis kadrlarni tayyorlash.
3. Kasb-hunar kollejlarining maqsadi – aniq soha uchun DTS va TTS doirasida
bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlarga ega kichik mutaxassis kadrlar
tayyorlash.
4. O‘quv predmetlarining maqsadi – aniq sohaga oid texnika va ishlab
chiqarish texnologiyalarining mohiyatini yorituvchi bilim va shaxsiy fazilatlarni
shakllantirish.
89
Mavzu (mashg‘ulot, dars)ning maqsadi - ilmiy tushuncha, dalil, xulosalar
tizimini shakllantirish.
5. Mashg‘ulot dars bosiqichining maqsadi – motivlashtirish, shakllantirish,
nazorat qilib baholash kabilar.
Amaliyotda maqsadlar vazifa sifatida ham talqin etiladi. Demak, maqsad va
vazifa shunday aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganlik haqida aniq xulosa chiqarish
imkoni mavjud bo‘lsin. Buning uchun har bir vazifani shakllantirishda quyidagilarga
amal qilish zarur:
- har bir vazifani (mashg‘ulot) dars yakunida o‘quvchi quyidagilarni bajara
olishi lozim...”deb boshlang;
- har bir vazifani raqamlang;
- har bir vazifani quyidagi amallar bilan boshlang: sanab o‘ting, so‘zlab bering,
ko‘rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo.;
- har bir vazifani o‘quvchi so‘zi bilan qo‘ying;
- har bir vazifa faqat bitta natijani ko‘zlasin, ikki yoki undan ortig‘ini emas;
- har bir vazifani shunday qo‘yingki, u “o‘quvchining o‘zini keyinchalik
qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin”.
2. Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga
o‘girilishi
O‘qituvchi tomonidan uzatilishi va o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishiga
imkon beruvchi omillar tizimiga pedagogik jarayon deb ataladi.
Pedagogik jarayonni tashkil etuvchi muhim komponentlar sirasiga uning
ishtirokchilari, maqsadi, mazmuni kiradi. Chunki bu tarkibiy qismlar
(komponentlar)siz ta’lim-tarbiya va rivojlanish jarayoni me’yorida kechishi mumkin
emas.
Demak, pedagogik jarayonda o‘quvchi bilimi va shaxsiy fazilatlaridagi
o‘zgarishlar bosh ko‘rsatkich hisoblanadi. Shuning uchun ham kasbiy ta’lim-tarbiya
ishi shunday tashkil etilishi zarurki, unda imkon qadar belgilangan maqsadga
erishilsin, buning uchun empirik tasavvurlar va hayotiy tajribalar bilan chegaralanib
qolish kamlik qiladi.
To‘laqonli kasbiy ta’lim maqbul vaqt davomida belgilangan o‘quv materialini
o‘quvchilar tomonidan talab darajasida har tomonlama chuqur va puxta
o‘zlashtirilishini ta’minlab, jamiyat taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini
qo‘shuvchi yuqori malakali, keng ixtisosli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar
tayyorlashni anglatadi. Bundan kasb-hunar ta’limining aniq maqsadga yo‘nalganligi
kelib chiqadi. Ana shu maqsadga yo‘nalganlik o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotida
muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, kasb-hunar ta’limi o‘ziga xos ijtimoiy vazifani
bajaradi.
Kishilik jamiyatining turli tarixiy davrlarida kasb-hunar ta’limining maqsadlari,
mazmuni, hajmi, xarakteri, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalari
turlicha bo‘lgan.
Kasbiy ta’lim mazmunining hajmi kishilik jamiyati tajribalari, madaniyati
ko‘lamiga, xarakteri esa uning darajasi, yo‘nalishi va eng avvalo jamiyat tuzilmasiga
90
bog‘liq bo‘ladi. Bundan jamiyat maqsadi, talab va ehtiyojlari, orzu-umidlariga binoan
kasbiy ta’lim-tarbiya mazmuni, uning tarkibi va yo‘nalishi aniqlanishi kelib chiqadi.
Kasbiy ta’lim jarayonida o‘quvchilar ta’lim (o‘quv materiali) mazmunini
o‘zlashtiradilar. Bu mazmun qancha kam va tushunarli bo‘lsa, kasbiy ta’lim-tarbiya
jarayoni ham unga mos holda qisqa bo‘ladi. Lekin bu jarayon samaradorligi aniq
boshlang‘ich va so‘nggi holatiga ko‘ra baholanadi. Umuman, ta’lim-tarbiya,
shuningdek, kasb-hunar ta’limi jarayoni murakkab jarayonlar turkumiga mansubligi
e’tirof etilgan. Chunki o‘quv materialining o‘zlashtirilishini ta’min etuvchi psixik
jarayonlarni bevosita kuzatish imkoniyati mavjud emas. Ular to‘g‘risida
o‘quvchilarning tashqi ko‘rinishlari (hatti-harakatlari) va natijaga binoan xulosa
chiqarish mumkin xolos. Shuning uchun ham kasb-hunar ta’limining mohiyatini
tushunish uning qonuniyatlari va qoidalarini bilishni talab etadi.
Biz kasbiy ta’lim mazmuni deganda pedagogik tilda o‘z ifodasini topgan
jamiyat to‘plagan tajribalarni tushunamiz. U bir paytning o‘zida ta’lim maqsadlari,
o‘zlashtirish ob’ekti, ta’lim-tarbiya natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Kasb-hunar
ta’limi jarayonida maqsad, mazmun, o‘zlashtirish qonuniyatlariga mos aniq maqsadlar
shaklida o‘quvchilar oldiga vazifa sifatida qo‘yiladi. O‘quvchilar vazifalarning
mohiyatini anglab, unga mos o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshiradilar. Natijada
o‘quvchilarning ongli, faol, mustaqil o‘quv-bilish faoliyati orqali o‘quv materialini
o‘zlashtirilishiga erishiladi.
O‘qituvchi o‘zlashtirish qonuniyatlarini bilish orqali o‘quvchilarning o‘quv-
bilish faoliyatlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zlashtirish natijalari esa,
o‘z navbatida keyingi xatti-harakatlar xarakterini belgilaydi. Shunday qilib, kasb-
hunar ta’limi o‘quvchilar oldiga ma’lum maqsadlarning qo‘yilishi bilan boshlanadi.
Maqsadning qo‘yilishi va uning qabul qilinishi turlicha kechishi mumkin. Eng avvalo
u diqqat-e’tiborini qaratish, eshitish, ko‘rish, ushlab ko‘rish, xatti-harakat usullarini
bajarish, ya’ni idrok (his) etish darajasida amalga oshiriladi. Keyinchalik maqsadlar
murakkablashib, turli vazifalar, savollar ko‘rinishiga ega bo‘lib, amaliy xarakterdagi
ijodiy ishlarni bajarish darajasigacha oshib boradi. Maqsadlarni o‘quvchilarning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita talabalar ehtiyojlari, ya’ni materialning yangiligi,
o‘quvchining mustaqilligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi kabilarni hisobga olgan holda
qo‘yish zarur.
Ta’limning keyingi bosqichi yangi axborotni idrok etish va mohiyatini
tushunishni tashkil etishdir. Idrok etish turli yo‘llar bilan tashkil etiladi, unda avvalgi
o‘zlashtirilganlarga tayanish va kelgusilariga ishora qilish holatlari bir paytning o‘zida
kechadi. Bunda yangi materialni tashkil etish turlicha: induktiv, deduktiv yoki
traduktiv kabilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Keyingi bosqich idrok etilganni xotirada saqlash, yangi axborotlarni
mustahkamlashdir. Lekin o‘qituvchi uchun har doim o‘zlashtirish jarayoni qanday
kechayotganligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun o‘z navbatida
teskari aloqani amalga oshirish zarur. Teskari aloqa faqat o‘qituvchiga o‘zlashtirish
natijalarini aniqlash uchungina emas, balki o‘quvchilar uchun o‘zini-o‘zi nazorat
qilish, o‘qib-o‘rganishga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish uchun zarur. Shuning
uchun ham o‘zlashtirish natijasini nazorat qilish kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonining
muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.
91
Yuqorida zikr etilgan barcha bosqichlar birgalikda kasbiy ta’limning
yaxlitligini ifodalaydi. Shuningdek, bu barcha bosqichlar ochiq-oydin o‘zini
ko‘rsatadi, degan ma’noni anglatmaydi. Real ta’lim jarayonining u yoki bu bo‘lagida
(bosqichida) ular o‘rin almashishi va turli darajada namoyon bo‘lishi mumkin. Bu
holat pedagogik mantiqqa tegishlidir. Ta’lim jarayonini harakatga keltiruvchi kuch
sifatida jamiyatning yuqori malakali, keng ixtisosli, raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan
talabi bilan ularni haqiqiy tayyorgarlik darajasi orasida ziddiyatlar e’tirof etilgan. Bu
ziddiyatli holatni harakatga keltiruvchi kuch sifatida barcha ko‘rinishda ta’lim
mazmunini o‘zlashtirish va o‘quvchini shakllantirish qonuniyatlari hisobga olingan
holda amalga oshiriladi. Demak, kasb-hunar ta’limida jamiyat talablari asosiy omil
hisoblanadi. Ularsiz kasbiy ta’lim-tarbiya jarayoni bo‘lmaydi, bo‘lishi ham mumkin
emas. Jamiyatda yosh avlodni tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablar kasbiy
tayyorgarlik natijalarini baholash uchun o‘ziga xos me’yor va mezon vazifasini
o‘taydi. Har doim ham talab bilan tayyorgarlik darajasi bir-biriga mos bo‘lavermaydi,
bunday holat o‘z navbatida uzoq tarix davomida isbotlangan va muntazam ravishda
rivojlanib boruvchi tajribalarni tez fursatlar ichida o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham har doim zikr etilgan ziddiyatli holat kasb ta’limini
harakatlantiruvchi kuch sifatida xizmat qiladi. Bu ziddiyat turlicha shaklda o‘z
ifodasini topishi mumkin. Har bir shaxsga kasbiy ta’lim berishda harakatga
keltiruvchi kuch, bir tomondan unga qo‘yilgan talab, ikkinchi tomondan, undagi
imkoniyat va motivlar orasidagi ziddiyatlar hisoblanadi. Ma’lumki, motivlarsiz kasbiy
ta’lim jarayoni amalga oshmaydi. Demak, o‘quvchilarning motivatsiyasi
ziddiyatlarning muhim komponentidir.
Kasbiy ta’lim o‘qituvchi-o‘quvchi, faol o‘quv-bilish faoliyati hamda ta’lim
mazmunining o‘zaro ta’siri, aloqadorligi jarayonida sodir bo‘ladi. Aynan mana shu
holat ta’limning ikki tomonlamaligi, ya’ni mazmuniy va jarayoniy jihatlarining
yaxlitligini ko‘rsatadi.
O‘zlashtirish ilgarigi tajriba bilan yangisini, yangi axborot bilan avval
anglangan axborotlarni bir-biriga qo‘shilishidir. O‘zlashtirish ijtimoiy tajribani
shaxsiy mulkka aylanishini anglatadi. O‘zlashtirish tartibsiz va maqsadga muvofiq
ravishda amalga oshirilishi mumkin. Agar katta yoshlilar bolalar diqqat-e’tiborini
o‘ziga tortib ma’lum obekt xususiyatlarini tushuntirsa, maqsadga muvofiq
o‘zlashtirish jarayoni kechgan bo‘ladi. Maqsadga muvofiq o‘zlashtirish ham o‘z
navbatida mustaqil va maxsus tashkil etilgan jarayonda amalga oshadi.
Psixologik jarayonlar: idrok etish, fikr yuritish, xotira va uning natijasi o‘laroq
o‘zlashtirish ham ma’lum faoliyat ko‘rinishidir.
Yetuk psixolog olim L.S.Vigotskiy fikricha, individning mehnat faoliyati, eng
avvalo qurollarni anglab, jamoaviy tajriba to‘plash natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu tajribani yosh avlod tomonidan o‘zlashtirish doimo idrok etish orqali kechadi.
Shunday qilib, ma’lum materialni o‘zlashtirish shart-sharoitlari va vositasi avvalo
tashqi moddiy, so‘ngra ichki (psixologik) faoliyatlarni birlashish (tutashish) joyida
sodir bo‘ladi.
Idrok etish har qanday o‘zlashtirishning boshlang‘ich va zaruriy sharti
hisoblanadi. U eng avvalo moddiy xatti-harakatlarda, so‘ngra esa moddiylashtirilgan
tasvirlarda, ob’ekt sari yoki belgilarda kechadi.
92
Idrok etish, tasavvur hosil qila olish va undan bilim, ko‘nikma va malaka
darajasiga rivojlantiriladigan mazmunga binoan o‘zlashtirish darajalari farqlanadi.
Pedagogik psixologiyada tushunchalar, ko‘nikma, malaka fikrlash usullari farqlanadi.
Bu faoliyatning har bir turi o‘ziga xos o‘zlashtirish usullarini talab etadi.
Bilimlarni o‘zlashtirish: dalillarni idrok etish, fikrlash va xotirada saqlash
jarayonida kechadi. Har qanday o‘zlashtirish jarayonining zaruriy komponenti
xotirada saqlash hisoblanadi.
Turli vaziyatlarda avval o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanish xotirada ularni
mustahkamlaydi. Bilimlar, ma’lum tartibga solinsa, boshqa bilimlar bilan qonuniy
bog‘lansa, tizimli bilimning ma’lum bo‘lagiga aylansa to‘laqonli o‘zlashtiriladi.
Bunday holda material hajmi o‘zlashtirishga to‘siq bo‘lmaydi. Bilimlar qancha aniq
bo‘lsa, sezgi tajribalari o‘zlashtirishga asoslansa, ko‘rsatmalilikning roli shuncha
ortadi. Sezgi organlari kancha chegaralangan, axborot mavhum va umumlashgan
bo‘lsa, unga mos ravishda o‘quvchidan yuqori darajadagi umumlashtirish va
mavhumlashtirish faoliyati talab etiladi. Lekin har qanday umumlashgan faoliyatning
asosi aniq dalil, tushuncha tizimidan tashkil topadi.
“Tushuncha” deganda o‘rganilayotgan ob’ekt (predmet, buyum, hodisa,
jarayon, tirik mavjudot)ning eng muhim xususiyatlari, aloqalari, munosabatlari
kabilarni o‘zida ifodalovchi fikr shakli tushuniladi. Amalda tushunchalar: so‘z orqali
(verbal), matn, jadval, grafik, shartli belgilar ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday axborot
har qanday o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan aniq bilimlar, sezgi va tasavvurlariga
tayanadi.
To‘laqonli o‘zlashtirishning hal qiluvchi sharti tushunchaning anglanganlik
darajasi hisoblanadi.
Bilish hali uddalay bilish degani emas. Xatti-harakat usullarini o‘zlashtirish
o‘quv faoliyatining maxsus sohasi, bosqichidir. O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan
xatti-harakat usullari psixologiyada ko‘nikma va malakalar deb e’tirof etiladi.
Malaka xatti-harakat usullarini aniq, tez va takomil darajada amalga oshirishni
anglatadi.
Ko‘nikma xatti-harakat usullari bo‘lib, u bir qancha operatsiyalar ketma-
ketligidan tashkil topadi va umumiy maqsadga yo‘nalib, o‘zlashtirgan bilimlarni turli
vaziyatlarda asta-sekinlik bilan qo‘llashni ko‘zda tutadi.
Malaka turli darajada o‘zlashtirilib, har doim ong bilan nazorat qilinadi.
Har qanday xatti-harakat usullari ko‘nikma yoki malakaga aylanishi uchun bir
necha marta takrorlanishi zarur. Bunda malaka uchun dastlab bir xil operatsiyalarni
oddiy va keyinchalik esa turli sharoitlarda takrorlash zarur.
Amaliy ko‘nikma va malakalar bevosita sezish organlariga tayangan holda
o‘zlashtirilishi mumkin, bunda eshitish, kuzatish, xatti-harakatlarni amalga oshirish,
chamalash, ranglarni farqlash kabi sensor ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Motor ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish uchun dastgohda ishlash,
mashinada yozish, yo‘riqnoma bo‘yicha tajriba-sinov ishlariga tayyorlanish kabi
harakatlanish mashqlarini bajarish talab etiladi.
Ba’zi bir ko‘nikma va malakalar sensomotor o‘zlashtirishni talab etadi.
Masalan, xat yozish, chizma chizish, grafiklar tuzish kabilar.
Intellektual (aqliy) xatti-harakatlar ham ko‘nikma va malaka deb e’tirof etiladi.
93
Aqliy va amaliy ish-harakat usullarini qat’iy ravishda “Buyuk xitoy devori”
bilan ajratish to‘g‘ri emas, chunki barcha amaliy xatti-harakat u yoki bu darajadagi
aqliy xatti-harakatlarni nazarda tutadi.
Tabiiyki, bilimlarsiz ko‘nikma shakllanmaydi va shakllanishi ham mumkin
emas. Biror narsani ongli bajarish uchun eng avvalo nima, qanday va nima uchun
kerakligini bilish zarur bo‘ladi. Bu bilan bilimlarni qo‘llash ularni yangi darajada
o‘zlashtirishga aylanadi. Bilimlarni qo‘llashda faoliyatning zaruriy sharti va tarkibiy
qismi sifatida tafakkurlash (fikr yuritish) ishtirok etadi. Lekin fikrlash tajribasini
o‘zlashtirish maxsus faoliyat sohasidir.
Ob’ektiv olamning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini inson
ongida bilvosita va umumlashgan holda aks etishi tafakkurlashni anglatadi.
Fikrlash eng avvalo tahlil etish va sintezlash vositasida amalga oshiriladi.
Analitik – sintetik faoliyat barcha fikrlash operatsiyalarida qiyoslash, umumlashtirish,
mavhumlashtirish, turlash, aniqlashtirish kabilarda amalga oshiriladi: har qanday
qiyoslash qiyoslanayotgan ob’ektlarni sintezlashni, bo‘laklashni ko‘zda tutadi.
Fikrlash rivojlanish bosqichlariga ko‘ra ko‘rgazmali, obrazli va abstrakt,
nazariy turlarga bo‘linadi.
Fikrlash (tafakkurlash) ob’ektlarning xususiyatlari va munosabatlarini yoritish
(ifodalash)ga oid faoliyatdir.
Pedagogik manbalarda ta’lim mazmuni haqidagi masala munozarali xarakterga
ega. Bu tushunchani izohlashga ko‘plab yondashuvlar mavjud bo‘lib, uning mohiyati
va ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
Bilimlarni
egallashga
yo‘naltirilgan
ta’lim
mazmuni
shaxsning
ijtimoiylashuviga imkon berib, fan va ishlab chiqarish sohalari bilan o‘quvchini
(tanishtiradi) muloqotini belgilaydi. Shuningdek, ushbu yondashuvga ko‘ra, bilimlar
o‘quvchilarning qadriyatlar yondashuvi I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, B.M.Bim-Bad va
shu kabi pedagog olimlar tomonidan ta’lim mazmunining mohiyati aniqlangan.
Yuqorida zikr etilgan olimlarnig fikricha, ta’lim mazmuni faqat bilim va
ko‘nikmalardan iborat emas. Zero, bilim va ta’lim mazmunining muhim elementidir.
Rus pedagog olimi I.Y.Lerner bilimlarni quyidagi uch vazifa (funksiya)sini ajratib
ko‘rsatadi:
1. O‘rganilayotgan real voqelik haqida umumiy tasavvur hosil qilish, jamiyat
va insoniyatning yaxlit rivojlanishini ilmiy tasavvur etish;
2. Xatti-harakat usullarini mo‘ljalga olish asoslarini yaratish yoki xatti-harakat
usullarining yo‘nalishini aniqlash;
3. O‘qib-o‘rganilayotgan ob’ektlarga nisbatan emotsional munosabatlar
asoslarini shakllantirish, shu yo‘l bilan dunyoqarashni tarbiyalash vositasi bo‘lish.
Ijtimoiy tajribalar: bilim, xatti-harakat usullari, ijodiy tajriba yoki izlanuvchan
faoliyat hamda emotsional qadriyat munosabatlarini o‘ziga qamrab oladi.
Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash o‘quv predmeti qismlaridagi zarur va to‘g‘ri
nisbatni o‘rnatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuningdek, uzviylik tushunchasi
ta’limning turli bosqichi, shakli, metodlarida bilim, xatti-harakat usullari va shaxsiy
fazilatlarga qo‘yiladigan talablarni ko‘zda tutadi. Uzviylik quyidagi ikki omilni
hisobga olgan holda amalga oshiriladi: 1) fanning mazmuni va mantiqi; 2) bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni qonuniyatlari. O‘quv predmetini o‘zlashtirishda birinchi
94
omilning ahamiyati muhim bo‘lib, tushuncha, dalil, qonunlar kabi o‘quv predmeti
mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy element, ketma-ket, asta-sekinlik bilan
o‘rganilayotgan ob’ekt mohiyatini imkon qadar anglab borishga sharoit yaratadi.
Ikkinchi omil ilmiy bilimlarga ishlov berishni talab etadi.
Shunday qilib, uzviylik faqatgina to‘g‘ri chiziqli emas, balki o‘quv
materiallarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi qulay bo‘lgan holatda
shakllantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Uzviylikni ketma-ket amalga oshirilishi ta’lim istiqbol tavsifini beradi. Bunda
alohida mavzular bir-biridan tubdan ajratilgan emas, balki birinchisi ikkinchisi uchun
asos va ikkinchini mo‘ljal sifatida hisobga olinishini ko‘zda tutadi.
Amalda ta’lim mazmunini loyihalashtirish quyidagi ikki darajada amalga
oshiriladi:
- blok modulli o‘quv dasturi darajasida;
- aniq maqsadga muvofiq o‘quv materiali sifatida.
Bunda ixtisoslik qaysi kasbga mansubligi, shuningdek, kasbning o‘zi qanday
faoliyat turiga tegishli ekanligini ham aniqlashtiradi. Aniq yo‘nalishda tanlab olingan
ta’lim mazmuni yuqoridan pastga “qavatma-qavat” tahlil etiladi. Yuqori qatlam
iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lsa, o‘rta qavat kasb-hunarga va pastki qavat alohida
ixtisosliklarga to‘g‘ri keladi. Bunday yondashuv zamonaviy kasb-hunar ta’limi
mazmunini shakllantirish muammosi yechimi sifatida e’tirof etilmoqda. Chunki
bunda kasb yoki ixtisoslik nuqtai nazaridan pastdan emas, balki aniq yo‘nalish
doirasidagi kasbiy ta’lim mazmuni yaxlit tizim sifatida yuqoridan pastga tomon
tadqiq etiladi.
3. Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv
I. Ta’limda uzviylik o‘quv predmetining tashkiliy qismlarining to‘g‘ri nisbati
va zaruriy bog‘liqligini ta’min etadi.
O‘quv materialining joylashishi va bu materialni o‘zlashtirish usullarini
tanlashdagi uzviylik quyidagi ikki omilni hisobga olish bilan amalga oshiriladi:
Ushbu o‘quv predmeti tegishli fan mazmuni va mantiqi hamda bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonining qonuniyatlarini, fanning mazmuni va mantig‘i o‘quv
predmetining uzviyligini ta’min etishda muhim ahamiyat kasb etadi: tushuncha,
qonunlar va dalillar, o‘quv predmeti mazmunining o‘zagi hisoblanib, ketma-ket
joylashadi va o‘rganilayotgan sohaga oid bilimlarning kengayib borishini ta’minlaydi,
oldingilari keyingilari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining qonuniyatlari omili ilmiy bilimlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quv predmeti mazmuni sifatida talqin etilishiga yo‘l qo‘ymaydi,
unga didaktik ishlov berishni talab etadi. Shunday qilib, uzviylik faqatgina to‘g‘ri
chiziqli emas, balki o‘quv materialini konsentrik joylashuvida ham amalga oshiriladi.
Tushunchalarni keng va chuqur aloqadorligini o‘rganish mazmunini boyitishga
uni o‘zlashtirish shakllarining uzviyligini ta’min etadi.
Uzviylik alohida o‘quv predmetlarinigina emas, balki turli o‘quv
predmetlarining o‘zaro munosabatlarini ham qamrab olishi zarur. Buning uchun turli
o‘quv predmetlarini o‘rganishda ob’ektlarning turli jihatlarini ob’ektiv aloqadorligi
asos hisoblanadi.
95
II. Ta’lim mazmuni avval DTS (TTS), so‘ngra o‘quv reja va dasturi shaklida
loyihalashtiriladi.
Ta’lim mazmuni ta’lim jarayonining asosiy elementi (tashkil etuvchi
komponenti)ni o‘zlashtirish natijasida ijtimoiy maqsadlarga erishiladi. O‘zlashtirilishi
zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniy tajribaning tavsifi va hajmi aniq shart-sharoit, makon,
zamon, shuningdek ta’lim muassasasining turi va darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
a) samarali amaliy faoliyat tajribasi, ya’ni mehnat, iqtisodiyot, siyosat ijtimoiy
va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish.
b) bilish tajribasi, atrof olam rivojlanishi qonuniyatlarini anglash metodlari va
natijalari;
v) umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar tajribasi;
g) axloqiy etik tajriba;
d) ma’naviy-madaniy tajriba va shu kabilar.
O‘qitish mazmuni muayyan ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan o‘quv
predmetlarini o‘rganish jarayonida o‘zlashtiriladi. O‘qitish mazmunining tuzilmasi,
ya’ni turli elementlarning o‘zaro munosabatlari, ketma-ketligi, davomiyligini o‘quv
rejasi aniqlab beradi Shu paytgacha o‘qitish mazmunini shakllantirishga yagona
yondashuv ishlab chiqilmagan. Amalda o‘qitish mazmuni bajariladigan vazifalarning
murakkablik darajasi va mazmuniga binoan aniqlanadi.
Masalan, umumiy ta’limning asosiy vazifasi insonni har tomonlama
rivojlantirish, hayot va mehnat, kasb tanlashga va kelgusida kasb-hunar sir-
sinoatlarini o‘rganishga tayyorlashdan iborat.
Aniq kasb (ixtisoslik) bo‘yicha ta’lim mazmunini integrativ yondashuv asosida
tanlab olishda uning qaysi soha bo‘yicha ishlab chiqarishga mansubligi hisobga
olinadi.
Integrativ yondashuv asosida kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda
me’yoriy asos tasniflagich va DTS, TTS hisoblanadi.
Demak, kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda dastlabki asos kasb-hunar
turi hisoblanadi. Ajratib olingan ta’lim mazmuni yuqoridan pastga tomon tahlil etiladi.
Yuqorigi qatlam sohaga va alohida ishlab chiqarish yoki faoliyat ko‘rinishlariga mos
bo‘ladi. O‘rta qatlam tutash kasblarga to‘g‘ri keladi; pastki qatlam esa alohida kasblar,
ixtisosliklarga to‘g‘ri keladi. Tahlil borishida eng avval umumiy ta’lim mazmuni,
keyin xususiy mazmun, ya’ni kasb-hunarning o‘ziga tegishli mazmuni tanlab olinadi.
Bunday deduktiv tahlil mazmunning unifikatsiyalashgan qismlarini ajratib olib,
kasbiy ta’lim mazmunini ilmiy asosda ma’lum tizim yoki tuzilmaga keltirish imkonini
beradi. Bu yondashuv o‘quv dasturini ishlab chiqish (tuzish) imkonini beradi.
Bloklar mazmunini tanlab olishda har bir oldingi blok keyingisiga tayanch
sifatida qarab kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Bu, o‘z navbatida, uzviylik va
yaxlitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, avvalgi faslda ko‘rsatilganidek,
kasb-hunar pedagogikasida kasb-hunar ta’limining xususiy prinsiplariga ham
asoslaniladi. Chunki bu prinsiplar kasb-hunar ta’limining o‘ziga xos jihatlarini
hisobga olib, umumdidaktik prinsiplar bilan uyg‘unlikda qo‘llaniladi.
96
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy maqsadi qaysi darajalarda aniqlashtirilishi
mumkin?
2. Pedagogik vazifalarni shakllantirishda nimalarga amal qilish zarur?
3. Pedagogik jarayonni tashkil etuvchi muhim komponentlari nimalar?
4. Malaka nima?
5. Ta’lim mazmunini tanlab olishda nimalarga ahamiyat beriladi?
6. Ta’lim mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy qismlari sifatida nimalarni
ko‘rsatish mumkin?
IV BOB. ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI VA KOLLEJ
BITIRUVCHILARINING ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA
MOSLASHUVI
4.1. O‘RTA-MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI BITIRUVCHILARINING
ISHLAB CHIQARISHGA MOSLASHUVI
Reja:
1. Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda
ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketish jarayonining ijtimoiy jihatlari.
2. Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda
ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari.
1. Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga kirishib ketish jarayonining ijtimoiy jihatlari
Hozirgi kunda jamiyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning jadal amalga
oshirilishi, ta’lim tizimining bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi – murakkab
ijtimoiy hodisa sifatida umume’tiborli va ma’naviy qiziqishiga molik jarayonga
aylandi. Ta’lim tizimining umumiy maqsadi teng huquqli va demokratik davlat
talabiga javob beruvchi jamiyat a’zolarini tarbiyalab berishdan iboratdir. Yoshlarning
kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv jarayoni ta’lim tizimining uzviy
davomi deb xisoblash mumkin. Kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv
yordamida inson hayotiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishiga ma’lum ta’sir
ko‘rsatish mumkin. Ishlab chiqarishga moslashuvning ijtimoiy uyg‘unlashuvi esa
texnikani taraqqiy ettirishning muhim omili hisoblanadi.
Bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida
ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa, ta’limni
modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida ishlab chiqarish
faoliyatiga moslashuv muammosi yanada yorqin va aniq namoyon bo‘lmoqda.
Bo‘lajak kichik mutaxassislar tayyorlashning mazmuni kasbiy, amaliy, psixologik,
metodik, tadqiqiy faoliyat turlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayoniga
moslashuv bilan boyib bormoqda.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi ta’lim to‘g‘risidagi
?
97
davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biriga aylandi. Bo‘lajak kichik
mutaxassisning ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv muammolarini o‘rganish
uchun avvalombor bu tushunchaning mohiyatini va ijtimoiy-ma’naviy asoslarini
aniqlash va uni takomillashtirish yo‘llarini bilish zarur.
Bugungi ilmiy dunyoqarash ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv "ijtimoiy
hayotning bapcha tomonlarini qamrab oluvchi ijtimoiy tizim elementi" sifatida
yondashadiki, buning natijasida kasbiy moslashuv vujudga keladi. Kasbiy moslashuv
deganda shunday dunyoqarash mavjudki, ijtimoiy shaxs, jamiyat ehtiyojini qondirish
maqsadida harakat qiluvchi insonning mohiyat kuchi rivojlanishi yo‘llari va
natijalarining tarixiy aniq tizimi tushuniladi.
"Ishlab chiqarishga moslashuv" tushunchasini oydinlashtirishda inson
faoliyatining natijasi sifatidagi talqinini tushunishgina emas, balki uning tashuvchisi
sifatida insonning o‘ziga urg‘u beriladi, muayyan moddiy-ma’naviy qadriyatlar esa
sub’ekt kasb-hunarni rivojlantirishning vositasi va usullari sifatida qaraladi. Shu
jihatdan olganda moslashuv atamasini "individning me’yoriy rivojlanishi" sifatida
tushunish mumkin. Kasbiy moslashuv ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, inson tomonidan yaratiladigan moddiy va ma’naviy boyliklarga ishtiroki
natijasi, ikkinchidan, inson shaxsining haqiqiy boyliklari.
Inson
kuchi-qudrati
mehnat
faoliyati,
ong,
axloqiylik
ijtimoiy
munosabatlarning yaxlit tizimi bilan belgilanadi, jamiyatning birinchi tahliliy
kesimiga muvofiq, bir tomondan, ijtimoiy turmush, bazis bilan va ikkinchi tomondan
ijtimoiy ong va ustqurma bilan belgilanar ekan, - an’anaviy ravishda jamiyatning
moddiy va ma’naviy tayyorgarligi ilgari suriladi. Ishlab chiqarish jarayoniga
moslashuv o‘z navbatida sifat jihatlari faoliyat bilan bog‘liqdir.
Faoliyat umuman olganda – bu jonli tizimlarning tashqi muhit bilan o‘zaro
hamkorligi asosidagi adaptiv yo‘naltirilgan faolligidir. Inson faoliyatiga kelganda esa,
uni odamlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyati sifatida belgilash mumkin.
Moslashuv esa - mana shu faoliyat usulining o‘zginasidir. Haqiqatdan ham istalgan
ishlab chiqarishga moslashuv u ijtimoiy faoliyat bo‘ladimi, individual faoliyat
bo‘ladimi, qanday bo‘lmasin faoliyatni taqozo etadi, biroq hap qanday faoliyatni
emas, balki jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, texnikaviy sohalaridagi ijobiy
o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi "faoliyat usuli"nigina ishlab chiqarishga moslashuv
sifatida talqin qilish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarishga moslashuvni
rivojlantirish usuli sifatidagi faoliyat eng avvalo ma’naviy, kasbiy-ijodiy faoliyatni
o‘z ichiga oladi. Mana shu faoliyat davomida madaniy qadriyatlar yaratiladi. Aynan
ishlab chiqarish jarayoniga moslashuv insonning faol faoliyati shaklida ijtimoiy
rivojlanish va inson shaxsi shakllanishining omiliga aylanadi. Chunki shaxs faqat
ma’naviy faoliyat japayonida shakllanadi.
Shaxsning chinakam ishlab chiqarishga moslashuvi to‘g‘risida ko‘plab ta’limiy
sifatlar, shu jumladan qadriyatlar birgalikda, jamuljam namoyon bo‘lgan taqdirdagina
so‘z yuritish mumkin. O‘zligini anglash faoliyati shaxsning yuksak faolligi
ko‘rsatkichlaridan biri ekanligini qo‘shimcha qilmoqchimiz. Busiz shaxsning
mustahkam qadr-qimmatli yo‘nalishlarini va yangicha tafakkurni tarbiyalash mumkin
emas. O‘zligini anglash faoliyatning umumiy darajasi, qadriyatlarni tushunishdagi
muayyan birlik kishilarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlari uchun ham shart-sharoit
98
yaratadi, mezonlarning umumiyligini belgilab beradi. Ana shu mezonlar yordamida
shaxs o‘zini, o‘z fazilatlari va nuqsonlarini baholaydi, tegishlicha jamiyatdagi
munosabatlar shakllanadi, o‘zaro ishonch va ijodiy faoliyat uchun qulay muhit
yaratiladi. Shunday qilib, o‘zini anglash faoliyati – bu inson tomonidan o‘z turmush
tarzini, aniq hayotiy vaziyatlardagi hatti-harakatlarini erkin tanlashining, u yoki bu
ijtimoiy masalalarni hal etish chog‘ida o‘z nuqtai nazarini aniqlashning ma’naviy
shart-sharoitidir.
Shaxs faoliyati ma’naviy ishlab chiqarish sohasi bilan belgilangan holda ham
ongning, ham o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi va namoyon bo‘lishini, shuningdek
tafakkur faoliyatini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyat me’yorlari dunyoqarash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarning maxsus
uzatuvchisi bo‘lishi mumkin. Kasb-kor faoliyati va unga moslashuv me’yorlari kasb-
hunar faoliyati va muomala jarayonida dunyoqarash tusini kasb etib, odatiy faoliyat
me’yorlari va kasb-kor tafakkuri me’yorlarining o‘zaro munosabati muammolari
orqali shakllanadi.
AQShda ta’lim oldiga qo‘yiladigan maqsadlardan kelib chiqib, amerikalik
olimlar o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan bir qancha talablarni qayd etishadi.
Dyuining fikricha o‘quvchi o‘z vazifasini "...talabaning faoliyatini xayrixohlik bilan,
majbur qilmasdan boshqarishi zarur". O‘qituvchining o‘quvchilar bilan to‘g‘ri
munosabatda bo‘la olishi, uning odobi va shaxsiy fazilatlarini kasbiy-ishlab chiqarish
faoliyatga moslashuvning asosiy komponentlaridan biri, deb tan oladi.
O‘qituvchining ma’naviy boyligi, uning axloqiy sofligi insonparvarlikning
garovi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki o‘qituvchining ziyoliligi – bu eng avvalo uning
kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvga bo‘lgan munosabatidir. U birinchi
navbatda ta’lim darajasi, ish turi, kasb-hunar tayyorgarligi bilan emas, balki
shaxsning nechog‘li qadriyatlarga yo‘nalganligi bilan belgilanadi.
Kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvini shakllantirishning asosiy
sharti, bizning fikrimizcha, unda kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvga
bo‘lgan ehtiyojni shakllantirishgina emas, balki uning o‘z "mendan" iborat kasbiy-
ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvini idrok etishga tayyorligi ham hisoblanadi.
Nemis pedagoglari kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvni ilmiy-ijodiy
faoliyat sifatida belgilaydi. Ilmiy-ijodkorlik muammoni mustaqil hal etish malaka va
ko‘nikmalarini pivojlantiradi, ilmiy mehnat uchun zarur bo‘lgan shaxs sifatlarini
rivojlantiradi, o‘quvchilarda ijtimoiy hayotga tayyorgarlikni rivojlantiradi.
O‘quvchi ijodiyoti muammolarini tadqiq etuvchi Drager kasbiy-ishlab
chiqarish faoliyatga moslashuvning quyidagi prinsiplarini ko‘rsatadi:
- ijodiy tafakkur va harakat birligi;
- ijodiy faoliyatda individuallik va ijtimoiylikning birligi;
- onglilik va intellektuallik birligi.
Ijodiy fikrlash muammoni ko‘ra bilishdan, vazifa bilan uni hal etishning
mavjud bo‘lmagan yo‘li o‘rtasidagi, tan olingan ijtimoiy yoki individual zaruriyat
bilan uni amalga oshirishning mavjud bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatni
anglashdan boshlanadi.
99
Xulosa qilib aytganda, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv haqida
yuqorida keltirilgan aniqlashlarni tahlil qilish uning ijtimoiy tomonlarining asosiy
belgilarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Ular quyidagilardir:
- birinchidan, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv o‘quvchilarning
ijodiy faoliyatini ifodalaydi va o‘quvchining malakasi ishlab chiqarish faoliyatining
sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi;
- ikkinchidan, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv o‘quvchi
tafakkurining shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi;
- uchinchidan, kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv o‘zida nafaqat
yakunni, balki kasbiy faoliyat jarayonida o‘quvchining qayta o‘zgarishi jarayonini
ifodalaydi.
2. Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari
V.A.Suxomlinskiy ko‘p yillik amaliy tajribani, kasbiy-ishlab chiqarish
faoliyatga moslashuvga oid qiziqarli fikrlarni umumlashtirib va tahlil qilib bunday
deb yozadi: "Agar o‘quvchi o‘z ishini chuqur o‘ylab tahlil qilsa, unda o‘z tajribasini
nazariy anglashga qiziqish, o‘quvchilarning bilimi bilan o‘zining kasbiy-ishlab
chiqarish faoliyatga moslashuvi o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini izohlashga
qiziqish paydo bo‘lmasligi mumkin emas". Bo‘lg‘usi mutaxassis - o‘quvchining
kasbiy tayyorgarligiga, uning yosh fiziologiyasi va psixologiyasi asoslariga oid
bilimlarni egallab olishiga katta ahamiyat berib "qat’iy psixologik negizsiz kasbiy-
ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv yo‘q", deb hisoblaydi.
Psixolog olimlarning fikricha har qanday shaxsning shakllanishi asosan uch
sohada amalga oshiriladi:
1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki
bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabhasi, sohasi kengayib, boyib
boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va
ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo‘lidagi aktivligi unda
o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik
davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni
paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z
o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi
jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish,
mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash,
anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs
psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud:
Birinchi bosqich—mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga
bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi
ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi
ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga
tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi.
100
Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik
yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita
faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega
bo‘lib, aniq hayot yo‘lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotgan
shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir.
Uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan
aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham
shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan
tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs strukturasida ham xususiy
o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish
jarayonlariga
kirishib
ketishning
psixologik
jihatlari
shaxs
ijtimoiylashuvining ikkinchi bosqichida aniq namayon bo‘ladi.
Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga qay darajada kirishib ketishi ularning yuqorida ko‘rib o‘tilgan
ijtimoiy sifatlaridan tashqari shaxsning psixologik sifatlari, shaxs bo‘lgan toifalari va
ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasiga ham bog‘liq.
Shaxs toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi
Psixologlarning fikricha, (G.Asmolov, P.Shixerev, V.A.Yadov, P.Nadirashvili
va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirish uchun shu ustanovkaning sababi
bo‘lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o‘zgartirish shartdir. Shu narsa
shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, shaxs ijtimoiylashuv jarayonida turli ustanovkalarini ro‘yobga
chiqarish sharoitida faollik ko‘rsatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning
ijtimoiy-psixologik sifatlarida ko‘ramiz. Ya’ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o‘zaro
muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy-psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning
uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo‘ladigan hamda muloqotda
ko‘rinadigan sifatlar guruhiga bo‘linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat
perseptiv himoya sifatlari, ya’ni o‘ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo‘lgan
ijtimoiy ta’sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba’zi
mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A.Labunskaya) deb atasalar, boshqalari ''ijtimoiy
ta’sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A.Bodalev), ''kuzatuvchanlik",''ziyraklik"
(Y.Jukov) va hokazo deb atashgan. Boshqa sifatlar ''muloqotda namoyon bo‘luvchi
sifatlar"dir. Ular turli ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning turli
sharoitlarda to‘g‘ri muloqotga kirishish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, har bir
shaxsda o‘ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati
borki, ular muloqot jarayonida kamroq xatolarga yo‘l qo‘yishini ta’minlaydi.
Masalan, bosiqlik, mulohazalilik, o‘zgalarning ichki dunyosini gaplari, hatti-
harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandnr. Shu
fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi.
Ekstrovert va introvert toifali shaxslar
Insonlar muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko‘ra farqlanadi. Masalan,
ekstrovert — o‘ta muloqotga kirishuvchan, o‘zini odamlar guruhisiz tasavvur qila
olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojidir, boshqalarning uni
tushunish-tushunmasliklaridan qat’i nazar, u doimo o‘z fikr-istaklarini o‘rtoqlashgisi
101
keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo‘lish emas, umuman kim
bilan bo‘lsa ham muloqotda bo‘lish xohishi muhim. Shuning uchun ham u umuman
begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning
psixologiyasini tushunishi qiyin ("Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?",
— deb o’ylaydi u). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o‘zgarib turadi, do‘stlari,
o‘rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi. Bundan tashqari, u o‘ta kirishuvchan
bo‘lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to‘g‘risida tez
xulosaga keladi, o‘ta qiziquvchan, dunyoda bo‘layotgan hodisalar, ''mish-mishlar"ni
bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan
ertaga hech narsa bo‘lmaganday apoq-chapoq bo‘lib ketishi mumkin.Shu sababli ham
bu tip shaxslarning kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga kirishib - moslashib ketishi, har
qanday sharoitga moslashib ketishi oson.
Dominant va tobe toifali shaxslar
Dominant tip muloqot jarayonida sira ham boshqalardan past kelishni
xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi, bo‘lmasa, indamasligi ham mumkin.
U doimo suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatishi, uning bo‘ysunishini xohlaydi. Unda egoizm
hissi kuchli, o‘zi xato fikr yuritsa, xatoligini suhbatdosh sezsa ham uni bo‘yniga
olmaydi. Dominant tip — qatiyatli. Suhbat davomida u sizning fikringizni yarim
yo‘lda tushunsa, sizni oxirigacha tinglashni istamaydi, gapni bo‘lib, mayinlik bilan
gapni tugatib qo‘yishi mumkin. Agar ikkala suhbatdosh ham dominant bo‘lishsa,
unda ular o‘rtasida osongina raqobat hissi yuzaga chiqishi, kelishmay qolishlari
mumkin. Shuning uchun janjallashib qolmaslik uchun dominant shaxsning
mustaqilligi, dadilligiga ko‘nish, unga o‘z nuqtai nazarini oxirigacha bayon etish
imkoniyatini berish lozim.
Dominant tip — qatiyatli shaxs bo‘lganligi uchun ularning kasbiy-ishlab
chiqarish faoliyatga kirishib-moslashib ketishlari oson kechadi.
Tobe tipli shaxs esa suhbatdoshning qarashlariga moslashadi, doimo yon
berishga tayyor, shuning uchun u kam janjallashadi, lekin yomon ko‘rib qolgan
odami bilan umuman gaplashmaydi. Suhbat sharoitidagina u asta-sekin o‘zining
dadilligini ko‘rsatishi, ochiq gaplashishi, ba’zan e’tirozlar bildirishi mumkin. Tobe
shaxsli bolalarni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun ham ularni
maqtab turish, gapirayotganda ko‘zlar, yuz ifodalari bilan ularni ruhan qo‘llab turish
kerak. Biror qarorga kelish kerak bo‘lib qolsa, bu shaxs qarorni yaxshisi siz qabul
qilishingizni xohlaydi, chunki javobgarlikni bo‘yniga olishni istamaydi. Tobe shaxsli
bolalarni rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir, shuning uchun ham ularni maqtab
turish, gapirayotganda ko‘zlar, yuz ifodalari bilan ularni ruhan qo‘llab turish kerakli
tufayli, ularning kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga kirishib-moslashib ketishi
jarayonida ham moddiy va ma’naviy qo‘llab - quvvatlab turshni kutadi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv deganda nima tushuniladi?
2. Kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvini shakllantirishning asosiy
shartlarini ayting.
3. Kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvning ijtimoiy tomonlarining
asosiy belgilarini sanab bering.
?
102
4. Shaxsning shakllanishining uch sohasini aytib bering?
5. Shaxs ijtimoiylashuvining bosqichlari nimalardan iborat?
6. Ekstrovert va introvert toifali shaxslar deganda kimlarni tushunasiz?
4.2. TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH O’RTASIDAGI ALOQALARNI
AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI
Reja:
1. Korxonalarning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh
qilish.
3. «Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat
yuritishda ta’lim muasasalarining mustaqilligini oshirish.
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari:
ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalari.
1. Korxonalarning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish
Fan-texnika taraqqiyoti davrida ishchilarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi,
chunki ishlab chiqarish jarayonida ishchining bajaradigan faoliyati, dunyoqarashi,
o‘rni o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar ishlab chiqarish bosqichlarining rivojlanishi yangi
mayllarning o‘sishiga olib keladi. Ishchi ushbu rivojlanishdan foydalangan holda
yangicha ishlashni hohlaydi. Ishchilarda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarning
kuchayishida ishlab chiqarish omillari kuchli rol o‘ynaydi. Buning asosida jismoniy
mehnat, ya’ni insonning bajaruvchilik funksiyasi yotadi.
Mehnatdagi asosiy o‘zgarish, avvalambor, insonlarning jipsligidan kelib
chiqadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida inson asosan 4ta asosiy funksiyani
bajaradi:
ishchi o‘z jismoniy harakati bilan aylantiruvchi va harakatlantiruvchi
harakatlar hosil qilish uchun mehnat qurollarini ishlatadi;
mehnat qurollarini boshqaradi va ularga ta’sir ko‘rsatadi;
ularni to‘g‘rilaydi va ta’mirlaydi;
ularni loyihalashtiradi va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qiladi.
Mehnatni boshqarishda zamonaviy ishchiga 1- va 2-funksiyalar doirasidagi
ko‘rsatkichlar ahamiyatli bo‘lishi bilan bir qatorda mehnatning mazmuni va
ijodiyligini oshirishda 3-4-funksiyalar ham muhimdir.
Tarixga nazar solib ko‘rsak, yuqori malakali ish darajasi oshib bormoqda.
Masalan: 30-yillarda slesar ta’mirlovchi 9-10 ta stanokda ishlay olgan, hozirda esa
25-30ta stanokda bemalol ishlay oladi va 100dan ortiq metall va nometall
materiallardan foydalanadi. Bundan tashqari u payvandlashni ham bilishi kerak.
Tokarlik ishi yillar o‘tgan sari sezilarli darajada o‘zgaradi. 30-yillarda 3-razryadli
tokar oddiy ishlarni master qo‘l ostida qilardi. 40-yillarda esa stanokning asosiy
qismlarini, ya’ni zo‘riqish bo‘lganda sinadigan joylarni, oddiy qirquvchi va o‘lchov
asboblarni sovitish va moylash, moylash suyuqligini ishlatishni ham bilishi kerak
103
bo‘lgan. Yana tokar stanok markalarini va nuqsonli mahsulotni aniqlay olishi ham
kerak.
60-yillarda esa tokar keng tarqalgan va universal stanoklar tuzilishini, oddiy va
qirquvchi asboblarni qo‘llashni ko‘rsatma berishni, material o‘lchovlari va yuza
tozaligini bilishi talab etilar edi.
70-yillarda tokar stanokning tuzilishi, ishga yaroqliligi hamda stanoklarni
boshqarish qoidalarini tekshiruvchi o‘lchov asboblaridan foydalanish qoidalarini
bilishi kerak bo‘lgan.
80-yillarda esa 3-razryadli tokar stanokda ishlash bilan birga elektronika
ishlarini ham bajara olishi talab qilingan.
90-yillarda texnikaning rivojlanishi yangi tipdagi stanok ishchilarini
shakllantirdi. Keng tarmoqli universal ishchilar vujudga keldi. Hozirda bu ishchilar
14ta ixtisosliklarni egallagan. Bu ixtisosliklardan tokarlik avtomatlarini sozlovchilar,
yarim avtomat va avtomatlashtirilgan stanoklarni sozlovchi hamda boshqalar. Ishchi
sozlovchilarning bu guruhi elektrotexnik bilimga ham egadirlar.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish
Oxirigi yillarda turli xil stanoklarda ishlay oluvchi, uni tamirlay oluvchi,
mahsulot sifatini yuqori qilish uchun lozim asboblar orasidan qulayini tanlay olib
ishlatadigan ishchilarga talab ortib bormoqda. Ushbu ishchilar mehnat qilish
jarayonlari va ko‘p imkoniyatdan qulayini tanlay olishi kerak.
Bunday ishchilar, ya’ni, ta’mirlovchilar eski tushuncha bo‘yicha oddiy
bajaruvchi emas.
Ushbu ishchilar bajaruvchanlik bilan bir qatorda yangi texnologiyaning
rivojlanishi va ishlab chiqarishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Ularga qulay vaziyatlarni topish jarayonida quyidagi talablar qo‘yiladi:
- pnevmatika, dinamika, elektrotexnikani, fizikani hech bo‘lmaganda o‘rta
maktab ta’lim oluvchisi darajasida bilishlari kerak;
- yaxshi texnologik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak;
- metall va nometall materiallarning nomlanishi va xususiyatlarini bilishlari
kerak;
- kesuvchi asboblarning zo‘riqishiga chidamliligini bilishlari kerak;
- avtomatik liniyada ishlovchi har xil tipdagi stanoklarda ishlagani uchun
ularning ishga tayyorgarligi hamda ularning rejalashtirilganligini bilishlari kerak.
Ular shunday holatlarga tushadilarki, oqibatda turli xil nosozliklarni yechishga to‘g‘ri
keladi. Shuning uchun ular yuqori malakali bo‘lishlari kerak;
- jamoa uchun sharoit yaratib berish, ta’mirlash ishini qisqa vaqtda
tugallashlari kerak;
- ular ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak;
- brigadaning ish rejasini tuza olishlari kerak;
- ular jamoa bilan yaxshi muomalada bo‘lishlari, ya’ni tillasha olishlari kerak;
- ular har qanday o‘zgarishlarlarga tayyor turishlari va boshqa brigadaga o‘tib
ishlash lozim bo‘lganda ishlab keta olishlari shart;
- ishchilarning bajaruvchanlik funksiyasi kamayib, aqliy mehnati ulushlari
ortishi kerak;
104
- ishchilar mehnatida aqliy mehnat va fizik funksiyaning organik birikmasi,
ya’ni, hisoblash, to‘g‘rilash, analitik va nazorat funksiyalarini bajaruvchi, texnik
jarayonni o‘lchovchi va tekshiruvchi, avtomatlashtiruvchi asboblar yordamida
boshqara ola bilishlari lozim;
- yuqori malakali va keng tarmoqli ishchilar funksiyalarining qo‘llay olishlari
kerak;
- madaniyat, texnika va fanning rivojlanishida mehnat unumdorligining
oshishi;
- umumiy faoliyati va ishlab chiqarish holatlariga moslashuvchanlik;
- o‘rganish jarayonida tizimli ravishda malakasini oshirish evaziga keyingi ish
faoliyati malakasining oshishini ta’minlab berish.
Yuqori malakali ishchilar zamonaviy ishlab-chiqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Ayniqsa ularning ratsionalizatorlik va ijodkorlik xususiyatlari asqotadi. Bunday
ishchilarning paydo bo‘lishi shundan darak beradiki, insonning ishlab chiqarish va
texnik jarayondagi rivojlanishi, bilimlarining kengayishi, chuqurlashishi va
malakasining oshib borishini taqozo etadi.
3. «Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat
yuritishda ta’lim muasasalarining mustaqilligini oshirish
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da maktab va
KHKlarning eng muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarning ongli ravishda kasbga
yo‘naltirish va ularning kasb egallashlarini ta’minlash deb belgilangan.
Mazkur ishlarni bevosita maktab yoki maktablararo texnik markaz hamda
KHKlarda maxsus ishlab chiqilgach “shartnoma”lar asosida o‘z ishlarini
muvofiqlashtirgan holatida amalga oshiriladi. Mazkur shartnomalar ikki tomonlama
va ko‘p tomonlama holatda qabul etiladi.
1. Maktablar orasida.
2. Maktab va tashxis markazlar orasida.
3. Kasb-hunar kollejlar orasida.
4. Maktablar va tashxis markazi orasida.
5. Maktab, kasb-hunar kollejlar va tashxis markazi orasida.
6. Maktablar va tashkilot yoki korxonalar orasida.
7. Maktab, kasb-hunar kolleji, tashkilot va korxonalar orasidagi qabul
etiladigan shartnomalar.
Shartnomalar tuzishda uning har bir bandiga didaktik talablar asosida, ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va amaliy yo‘nalishini hisobga olib huquqiy
kuch berish kerak.
Birinchi band. Namunaviy shartnomaning bu bandida asosiy e’tibor
o‘quvchilarning mehnat va kasbiy ta’limi, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini tashkil
qilish masalalariga qaratiladi.
Keyingi band. Shartnomaning bu bandidagi tadbirlar o‘quvchilar mehnat
birlashmalarining ishini ta’minlashi kerak. O‘quvchilar ishining bu turi asosan ta’til
vaqtida amalga oshiriladi va shuning uchun ularning mehnat ob’ektlari har xil, ba’zan
esa mehnat va kasbiy tayyorgarlik o‘quv dasturi mazmuni bilan bog‘lanmagan
bo‘lishi mumkin.
105
Keyingi band. Shartnomaning bu bandida tayyorlangan mahsulotlar miqdori
va sifatini hisobga olishni; o‘quvchilar ijtimoiy-foydali, unumli mehnatining
natijalarini o‘quvchilarga tayyorlagan mahsuloti, haqiqiy ishlangan vaqti hamda
bajarilgan ishi uchun belgilangan tartibda haq to‘lashni ta’minlash tadbirlarini
nazarda tutish lozim.
Keyingi band o‘quvchilarning mehnat va professional tayyorgarligini,
ijtimoiy va unumli mehnatini xavfsizik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi,
o‘quvchilar mehnatini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil
etishni ta’minlashi kerak.
Keyingi band baza korxonalarning maktab, KHK va boshqa maorif
muassasalariga o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda yordamlashuviga qaratilgan
tadbirlarni o‘z ichiga oladi
Keyingi band o‘quvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari to‘g‘risida
g‘amxo‘rlikni aks ettiradi. Shuning uchun uni to‘ldirayotganda baza korxona
sanatoriyalar, pansionatlar, dam olish bazalariga yo‘llanmalar ajratishda barcha rezerv
va imkoniyatlardan foydalanishi lozim.
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari:
ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalar tuzish
Kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining o‘quvchilar ishlab chiqarish
amaliyoti haqida namunaviy shartnoma
_________ ________________2016 y.
Toshkent
milliy
hunarmandchilik
kasb-hunar
kolleji
direktori
______________________ bundan keyin «o‘quv muassasasi», bir tomondan va
qurilish tresti boshlig‘i___________ ikkinchi tomondan, bundan keyin «korxona»
quyidagi shartnomani tuzishdi:
1. «O‘quv muassasi» yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun
dasturlar va o‘quv rejasiga asoslanib, «qurilish ishlari» kasbi bo‘yicha 20
o‘quvchidan iborat A-21 guruhini 10 dekabr 2016 yildan 15 yanvar 2017 yilgacha
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga yo‘llaydi. O‘quvchilar ro‘yxati ilova qilinadi.
2. «O‘quv muassasi», «Ishlab chiqarish amaliyoti Nizomi»ga binoan
o‘quvchilarning dastlabki kasbiy tayyorgarligini, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya
qilishni, ish sharoiti qoida tartiblarini saqlashni, uskunalarni ehtiyotkorlik bilan
boshqarishlariga bo‘lgan munosabatlarini ta’minlaydi. O‘quvchilar ishlab chiqarish
amaliyoti davrida «Korxona»ning ichki tartib qoidalariga to‘liq bo‘ysinishadi.
«O‘quv muassasi» ustoz orqali o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil qiladi va
ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
3. «Korxona» bajaradi:
a) o‘quvchilarga-amaliyotchilarga zarur bo‘lgan jihozlar bilan jihozlangan ish
joylarni, ishlab chiqarish topshiriqlari, hujjatlar va boshqalar bilan ta’minlaydi.
O‘quvchilarni kasbga oid bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb qilmaydi va ularning bo‘sh,
bekorchi bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmayadi;
b) «Korxona»da qabul qilingan me’yorlar, talablar bo‘yicha o‘quvchilarni
maxsus kiyimlar, shaxsiy xavfsizlik vositalari bilan ta’minlaydi. Ish sharoitini
sanitariya gigiyena talablari asosida ta’minlaydi.
106
v) o‘quvchilarning bajargan ish natijalarini qat’iy hisobga olib boradi.
O‘quvchilarning ishlab topgan haqlari qaydnomasi asosida har oyda «O‘quv
muassasa» hisob raqamiga pullarni o‘tkazib turadi;
g) o‘quvchilarning va ustozning yo‘l xarajatlarini to‘laydi.
4. Agarda shartnomada ko‘rsatilgan talablar «Korxona» tomonidan
bajarilmasa, u holda «O‘quv muassasa» o‘qtuvchilarni ishlab chiqarish amaliyotidan
chaqirib olishlari mumkin.
5. Agarda ishlab chiqarish amaliyoti davrida o‘quvchilar «Korxona» ichki
qoidalarini buzishsa u holda «Korxona» rahbariyati ularni ishlab chiqarish
amaliyotidan chetlatib, «O‘quv muassasa»ga qaytarib yuborishlari mumkin.
6. Tomonlarning qo‘shimcha shartlari _______________
7. Tomonlar tomonidan paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar qabul qilingan
me’yorlar asosida hal qilinadi.
8. Shartnoma muddati ___________dan__________gacha
Korxona rahbari
O‘quv muassasi rahbari
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ishlab chiqarish jarayonida inson qaysi funksiyalarni bajaradi?
2. Yuqori malakali ish darajasi oshib borishini qanday izohlash mumkin?
3. Shartnomalarning qanday turlarini ajratib ko’rsatish mumkin?
4. Shartnomalar tuzishning ahamiyati nimalardan iborat?
5. Shartnoma bandlarida nimalar o’z aksini topishi lozim?
6. Shartnomada o’quv muassasining vazifalari nimalardan iborat?
4.3. KASBIY PEDAGOGIKADA QO’LLANILADIGAN ILMIY TADQIQOT
METODLARI
Reja:
1. Ilmiy pedagogik izlanishlarni jarayoni.
2. Kasbiy pedagogikada qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari.
1. Ilmiy pedagogik izlanishlarni jarayoni
Kasb ta’limi pedagogikasi muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar
o‘tkazishdan maqsad o‘qitish va o‘rgatish xususiyatlari, samarali metodlarni ishlab
chiqish va amaliy qo‘llash, texnik vositalarini qo‘llashga doir masalalarni yechishdan
iboratdir.
O’tkaziladigan ilmiy tadqiqot ishlarini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga
bo‘lish mumkin:
1. O‘qituvchining adabiyotlarni o‘rganishi va amaliy ishlari asosida
muammoni aniqlashi.
2. Gipoteza qurish, ya’ni o‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. Faktlar
va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni beradi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va o‘quv jarayoniga qo‘llash.
?
107
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va
maxsus metodlari qo‘llaniladi.
Umumilmiy metodlarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar
kiradi.
2. Kasbiy pedagogikada qo‘llaniladigan metodlar
Nazariy metod - adabiyotlardan o‘rganish va tahlil qilish hamda pedagogik
tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. Adabiyotlar ustida ishlashda
kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar, to‘plamlar va kataloglar,
internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari,
ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli
ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bu metod
tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror
maqsadni ko‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Bunda kuzatishlar tezligi va soni,
kuzatish ob’ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun ajratiladigan
xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Suhbat metodi - so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Pedagogik so‘rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik
tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning
asosini tashkil qiladi. So‘rash savollarning mantiqiy o‘ylangan sistemasini, ularning
aniq ifodalanishini, nisbatan kamligi (3-5ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy
formadagi javobni ("ha","yo‘q") ham taqozo etishi mumkin.
Test, so‘rovnomalar - bu so‘rovnoma, ya’ni anketa usuli qo‘llanganda
yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki
guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziishlarini, kelajak orzu-istaklarini
bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi.
Test savollaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida talabalarning bilimlarini
yoppasiga baholashdir.
Mutaxassislarning bilimini va saviyasini aniqlash uslublaridan biri - bu test
yordamidagi sinovdir.
Test sinovlar metodi - bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish
metodidir. Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon.
Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga
berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda
test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan
ishlash imkon beradigan qilib tuziladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba asosida ta’lim-tarbiya
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini tekshirish,
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli – ta’lim sohasidagi, jumladan,
ajratilgan mablag‘larning doimiy o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari,
ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ta’lim muassalarining qurilishi,
108
xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika usuli orqali
aniqlanadi.
Matematika va kibernetika usullari - o‘qitish nazariyasi, amaliyotida
hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi
tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o‘qitishni
mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial
va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir.
Sotsiologik tadqiqot metodi - anketaga sotsiologik savollar kiritiladi. Bundan
maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, talabalar
orasidagi do‘stlik munosabatlarini o‘quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va
kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga xususan tasavvufga bo‘lgan
qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlar darajasini, bilim olishga
ishtiyoqi,
adabiyotlar
bilan
ta’minlanganlik
darajasi,
o‘quv
taqsimoti,
o’qituvchilarning o‘qitish darajasi, o‘quv qo‘llanmalarning sifati, kompyuter bilan
mashg‘ulot o‘tkazish turlarini o‘rganish, ilmiy va kasbiy mahoratini oshirishdagi
mashg‘ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini
qanchalik qoplaydi, haq to‘lanadigan ishlarda talabalar qatnashishi, ota-onalarining
moddiy yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalarning ko‘p shug‘ullanadigan
jamoat joyi, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta’sir etuvchi
omillar, mutaxassis bo‘lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarning onglilik
darajasi jarayoni, komil inson bo‘lish uchun kerakli bo‘lgan ma’naviy sifatlar,
o‘zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning
barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishning bosqichlarini aytib bering.
2. Kasbiy pedagogikada qo’llaniladigan metodlarni aytib bering.
3. Nazariy metodning mazmuni nimadan iborat?
4. Eksperiment-tajriba-sinov usulining o’ziga xosliklari nimalardan iborat?
5. Suhbat metodi haqida ma’lumot bering.
6. Sotsiologik tadqiqot metodining mazmunini tushuntiring.
V BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
5.1. KASB-HUNAR TA’LIMINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. DARS
TASNIFI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish shakllari. Darslarni tasniflash
tarixidan.
2. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish vositalari.
3. Dars tiplari. Zamonaviy dars va uning mezonlari.
?
109
1. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish shakllari
Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (o‘qituvchi va tahsil oluvchilar)ning ma’lum
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi
ko‘rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish davrida ta’limning tashkiliy shakllari
turlicha bo‘lgan.
Qadimgi paytlarda yakka tartibda o‘qitish keng tarqalgan bo‘lib, ma’lum
ijobiy jihatlarga ega bo‘lganligi bois hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. O‘rta asrga
kelib, kasbiy ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o‘tkazila boshlagan. Chunki bu
davrda sanoat ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilayotgan davr edi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida chex pedagogi Y.A.Komenskiy
sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Hozirgi paytda kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari quyidagi xususiyatlariga
binoan turlanadi:
1.
Tahsil oluvchilar soniga ko‘ra: ommaviy, jamoaviy, guruhli, individual.
2.
O‘qitish joyiga ko‘ra: ta’lim-tarbiya muassasalarida va ta’lim
muassasalaridan
tashqarida
(o‘quv
ustaxonalarida,
mashq
maydonlarda,
korxonalarda, uy ishlari, sayohat va shu kabilar).
3.
O‘quv vaqtining davomiyligiga ko‘ra: 45 minutlik, juftlik (80 min),
qisqartirilgan (70 minutlik), qo‘ng‘iroqsiz.
Amaliyotda sinf-dars tizimi keng ko‘lamda qo‘llanilganligi sababli dars ta’lim
tarbiya ishining asosiy shakli deb yuritiladi. Sinf-dars tizimining asosiy o‘ziga xos
jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
-deyarli bir xil tarkib, yosh va tayyorgarlik darajadagi tahsil oluvchilar ishtirok
etadi;
-ta’lim-tarbiya jarayoni o‘zaro bog‘liq alohida-alohida qismlar ko‘rinishiga
ega bo‘ladi;
-har bir dars o‘quv rejasiga kirgan ma’lum bir o‘quv predmetiga oid bo‘ladi;
-darslar muntazam ravishda almashib turadi;
-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining nisbatan yuqoriligi. Chunki bir o‘qituvchi bir
vaqtni o‘zida ko‘p sonli tahsil oluvchilar bilan ishlaydi;
Shu bilan birga sinf-dars tizimining quyidagi kamchiliklari ham e’tirof
etilgan:
-o‘rtacha tahsil oluvchiga mo‘ljallanganligi;
-har bir tahsil oluvchilar bilan individual ishlash imkoniyatining yo‘qligi.
Butun uzluksiz rasmiy ta’lim jarayonining ta’lim-tarbiya berish qonun-qoida
va tamoyillari hamda jamiyatning davlat ta’lim tizimiga qo‘yadigan talablari dars
jarayonida amalga oshiriladi.
Umuman olganda, har qanday narsa yoki hodisani tasniflaganda, unga shu
narsaning biron bir xususiyati asos qilib olinadi.
Darslarni ham tasniflamoqchi bo‘lsak, shu umumiy qoidaga rioya qilamiz.
Birinchi bor, ikki narsani asos qilib olib, darslarni tasniflab chiqqan rus olimi
I.N.Kuznetsov bo‘lgan. U o‘zining tasnifiga darsning mazmuni va dars o‘tish usulini
asos qilib olgan. Masalan, matematika darslariga kiritilgan mazmun asosida-
arifmetika, algebra, geometriya va trigonometriya guruhlari ajratilgan. Shunga
110
o‘xshash boshqa fanlarda ham darslarni tasniflab chiqish mumkin. Darsning o‘tish
usuli bo‘yicha: sinfda o‘tiladigan darslar, ekskursiya darslari, kinodarslar, mustaqil ish
darslari va hokazo.
Darsning mantiqiy tuzilishi va bilish jarayonining xarakteriga qarab darslar:
kirish darsi; egallangan bilimlar bilan birlamchi tanishish darsi; yangi bilimlarni
egallash darsi; egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darsi; ko‘nikmalar hosil
qilish darsi; umumlashtirish, qaytarish va mustahkamlash darsi; tekshiruv darslari;
aralash dars.
Nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglar orasidagi keng qo‘llanilayotgan dars
tasniflaridan biri M.A.Danilov bilan B.P.Esipov ishlab chiqqan tasnif hisoblanadi.
Ular, o‘z tasniflariga ikki didaktik maqsadlar va darslarning umumiy tizimdagi o‘rnini
asos qilib olganlar. Ular quyidagilardir: 1) aralash darslar; 2) yangi material bilan
tanishish; 3) olingan bilimni mustahkamlash; 4) o‘rganilgan narsani sistemaga
keltirish va umumlashtirish; 5) bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish; 6) bilimlarni
tekshirish.
Yana darslar ularni o‘tish asosiga qarab, quyidagi turlarga ajraladi:
1.
a) dars-ma’ruza; b) dars-suhbat; v) kino darsi; g) nazariy yoki mustaqil
ishlar darsi; d) aralash dars.
2.
a) mustaqil ishlar darsi; b) dars-laboratoriya; v) amaliy ishlar darsi; g) dars-
ekskursiya.
3.
a) og‘zaki so‘rash; b) yozma sinov; v) sinov; g) sinov amaliy nazorat; d)
nazorat ishi; e) aralash dars.
Darslar ichki tuzilishiga qarab ham tiplarga bo‘linadi. Ya.Komenskiy va
I.F.Gerbartlardan boshlab, shu kungacha darsning to‘rt bo‘lakdan iborat bo‘lgan tipi
hukm surib kelmoqda. Bularga: yangi bilimlarni egallash uchun tayyorlanish; yangi
bilimlarni egallash; yangi bilimlarni mustahkamlash va tizimga keltirish; egallagan
bilimlarni amaliyotda qo‘llash. Bu tipdagi dars aralash deyiladi.
Uning shu kungacha saqlanib kelishining sabablaridan biri, aralash darsdagi
to‘rt unsur istagan ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda bu
tipdagi dars jarayonida didaktikaning deyarli barcha talablariga erishish oson.
Bu turdagi darslarning afzalligi yana shundaki, u dars jarayonida hukm
suruvchi qonuniyatlarga mos keladi. Bu darslarda o‘qituvchi va pedagoglar, o‘z
sharoitlaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarning qabul qilish imkoni, tayyorgarlik
darajasi va boshqa bir qator omillarni hisobga olgan holda, darsga ajratilgan vaqtni
dars ichidagi to‘rt unsurni ixtiyoriy ravishda taqsimlay oladilar.
Aralash darslarning yuqorida aytilgan yutuqlari bilan bir qatorda,
kamchiliklari ham oz emas. Chunonchi, aralash darslarda, undagi to‘rt unsurning
hammasiga vaqt yetishmaydi.
2. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish vositalari
Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya tizimida o‘qituvchining tahsil oluvchilar bilan
jonli muloqot va munosabati muhim ahamiyatga ega bo‘lganligiga qaramay, u
yagona axborot manbai bo‘la olmasligi hayotiy haqiqat. Shuning uchun ham ta’lim-
tarbiya ishini osonlashtiradigan va samaradorligini oshirish omili sifatida turli hil
111
ta’lim vositalaridan keng foydalaniladi. Ana shunday omillardan biri o‘qitishning
texnikaviy vositalaridir.
O‘qitishning
texnik
vositalari
deganda
ta’lim-tarbiya
jarayoni
ishtirokchilarining hamkorlik faoliyatini ta’minlab, uning samaradorligini oshirish,
ta’minlash maqsadida foydalaniladigan qurilmalar tizimi tushuniladi.
Barcha o‘qitishning texnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy guruhga
bo‘lish mumkin.
1. Audiovizual vositalar (kinoproyeksiya, diaproyeksiya va epiproyeksiyalar,
ovoz yozib olish, televideniye, radio);
2. Jihozlar, uskuna va asboblar;
3. Dasturli (kompyuterli) ta’lim vositalari.
O‘qitishning texnik vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etuvchi
komponentalari bilan uzviy bog‘liqlik va munosabatlarini hisobga olgan holda
foydalanish zarur. Aks holda mashg‘ulot samarasini umuman yo‘qqa chiqarish ham
mumkin. Mashg‘ulotda o‘qitishning texnik vositalridan foydalanish yordamchi
xarakterga ega bo‘lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi darsning umumiy rejasida
maqsadlarga muvofiq ravishda belgilanadi.
Ta’lim-tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish avvalo didaktik
prinsiplarga amal qilishni ko‘zda tutadi. Masalan, ko‘rsatmalilik prinsipini real
ob’ekt bilan mavhum tasavvurning birligini ifodalaydi.
Real ob’ekt yoki uning tasvirini ko‘rish (idrok etish) inson uchun uni
bilishning dastlabki va eng oddiy shakli hisoblanadi, aniq tasavvurlar va mavhum
tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Ta’lim-tarbiya ishida ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish zaruriyati
insonning fikrlash hususiyatidan kelib chiqadi. Insonning fikrlash hususiyati
ma’lumdan mavhum tomon rivojlanadi. Tushuncha va mavhum qonun-qoidalar aniq
kuzatishlarga asoslansa, ularning mohiyat mazmuni ancha oson va tez shakllanadi.
Inson tafakkurining rivojlanishi uning yoshiga, hayotiy tajribasi kabilarga bog‘liq
bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar va obrazlardan ajralib
qolmasligini talab etadi.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-barcha talabalarga yaxshi ko‘rinadigan darajada katta bo‘lishi;
-o‘quv xonasining istalgan joyidan bemalol o‘qilishi;
-muhim detallar va yozuvlarning boshqa diqqatni o‘ziga tortuvchi rang bilan
alohida bo‘yalishi;
-tasvirlar imkon qadar ob’ektning asl rangiga mos bo‘lishi;
-tasvirlarning estetik did bilan rasmiylashtirilishi;
-matnning haddan tashqari ko‘p bo‘lmasligi;
-tasvirlangan ob’ektlarning tabiiy vaziyatda ko‘rsatilishi;
-masshtabga rioya qilishi;
-arzon, qulay, uzoq vaqt o‘z holatida saqlanishi va shu kabilar.
Shu o‘rinda ko‘rsatmali qo‘llanmadan foydalanish maqsad bo‘lmay, balki
natijaga erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanishda o‘quv materialining mazmuni va
vaqtini hisobga olish zarur. Mashg‘ulotda ko‘rsatmali qo‘llanmalardan haddan
112
tashqari ko‘p ham foydalanish yaxshi natija bermaydi. Namoyish qilinayotgan
materiallarni idrok etish jarayonida tahsil oluvchilar sezgi organlarining (ko‘rish,
eshitish, hidlash, ta’m bilish) ko‘proq jalb etish zarur. O‘qituvchining so‘zi bilan
ko‘rsatmalilikning uyg‘unligi katta ahamiyatga ega. Ko‘rsatmali qo‘llanmadan
foydalanishganda beriladigan izoh tahsil oluvchilar diqqat-e’tiborini asosiy
materiallarga qaratilishini ko‘zda tutadi.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, maxsus soha va
usullarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi shundaki, amaliyot
o‘qituvchisi o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga
muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan
foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi
lozim. Masalan: tikuv mashinasi ishida sodir bo‘ladigan nuqsonlarni bartaraf eta
bilishi, asosiy sozlanishlarni bajarishi va mashinani ishchi holatiga keltira olish kerak,
ya’ni o‘z kasbiy sohasining mohir ustasi bo‘lishi kerak. Amaliyot o‘qituvchisi o‘z
kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek,
qaysi maxsus sohalarda uning o‘zi yangiliklar qila olishi mumkinligi yuzasidan
umumiy tushunchaga ega bo‘lishi lozim. Ko‘pincha o‘qituvchilar doska tasvirlari,
flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o‘zlari ishlab
chiqadilar.
3. Dars tiplari. Zamonaviy dars va uning mezonlari.
Endi hozirda pedagogikada ajratib ko‘rsatilgan dars tiplariga to‘xtalib o‘tamiz.
Bular:
Yangi bilimlarni egallash darsi yoki uni tushuntirish darsi ham deb
yuritiladi. Bu tipdagi dars qismlarining taxminiy joylashuvi quyidagicha:
1. Ilgari o‘tilgan bilimlarni eslash.
2. Yangi bilimlar berish.
3. Yangi bilimning o‘zlashtirilganligini tekshirish.
4. Nazariyani qo‘llash namunasini ko‘rsatish.
5. Uyga vazifa berib, darsni yakunlash.
Egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. Nazariy bilimlarni eslash.
2. Egallangan bilimlar bo‘yicha mashqlar qilib, ko‘nikma hosil qilish.
3. Darsni yakunlash.
4. Uyga vazifa berish.
Takrorlash darsi. Egallangan bilimlarni mustahkamlash bilan takrorlash
darslari orasida ancha umumiylik mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur
darslarning vazifalari va darsning ichki tuzilishiga taalluqlidir. Shu bilan birga bu
darslarning orasida takrorlanayotgan avvalgi darslarda material to‘liq berilmagan,
ba’zi joylari takrorlanadi. Bilgan narsasini hadeb takrorlayvermaydi. Takrorlash
darslarida avvallari bilmay qolgan joylari takrorlanadi.
Egallagan bilimlarni umumlashtirish va bilim hamda ko‘nikmalarni
takomillashtirish darsi.
Bu darsning elementlari quyidagicha:
1. Umumlashtiruvchi bilimga doir bilimlarni eslash.
113
2. Bilimlarni umumlashtirish va ular orasidagi funksional aloqadorlikni
ko‘rsatish.
3. Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilganligini tekshirish.
4. Bilimlarni qanday qilib umumlashtirilgan qoidasi bilan tanishtirish.
5. Mavzu bo‘yicha egallangan bilimlarga hosil qilgan ko‘nikmalarni
takomillashtirib, malaka darajasiga yetkazish.
6. Darsning natijalarini yakunlash.
7. Uyga vazifa berish.
Egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirish (nazorat) darsi. Nazorat ishi
o‘tkaziladigan darsning tuzilishi murakkab emas. O‘qituvchi topshiriqlarni e’lon
qiladi, o‘quvchi va talabalar ularni bajaradilar va dars oxirida ishlar yig‘ib olinadi.
Nazorat ishining savollari va topshiriqlari shunday ifodalanishi kerakki,
o‘quvchilarning javoblaridan ular bilimlarni shunchaki eslab qolgani emas, balki
ishning mohiyatini tushungani ham ko‘rinib turishi lozim.
Hozirgi kunda zamonaviy dars tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda.
Zamonaviy dars deganda- o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik
bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga solib, rivojlanishini ta’minlovchi dars
tushuniladi. O‘quvchi esa, o‘z navbatida, bilimlarni chuqur o‘zlashtiradi va
ko‘nikmasiga aylantirib, ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.
Zamonaviy dars mezonlari quyidagilardan iborat:
Dars o‘quvchi va talaba shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qituvchi va
o‘quvchining o‘zaro faol munosabatlariga asoslanadi;
Dars
jarayoni
tabaqalashtirish
va
o‘quvchi-talabalarning
shaxsiy
qobiliyatlariga yondoshuv asosida amalga oshiriladi;
Dars o‘quvchi-talabalarning yuqori darajadagi qiziqishi, aqliy faolligi va
muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi;
Dars pedagogikaning barcha turdagi metodologik asoslaridan kelib chiqib
amalga oshiriladi;
Darsda beriladigan bilim mazmuniga ko‘ra, turli pedagogik usul va
uslublardan foydalaniladi;
Darsda nazariya va amaliyot o‘zaro bog‘liqlikda talqin etiladi;
Dars sifat va samaradorligini ta’min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi;
Darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi;
Dars majmu yondoshuv tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Darsni zamonaviy tarzda tashkil qilish uchun quyidagi me’yoriy hujjatlar taxt
bo‘lishi shart: namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturi, taqvimiy o‘quv reja,
konspekt yoki ma’ruzalar matni, darsning ishlanmasi va texnologik xaritasi,
ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va boshqa didaktik materiallar,
talabalarning mustaqil ish mavzulari, maslahat va qoldirilgan darslarni qayta
topshirish jadvali, baholash mezonlari va test savollari. Shunga qo‘shimcha qilib,
o‘tiladigan fan bo‘yicha darslik va bir qator metodik qo‘llanmalarni ham tayyorlab
qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Metodik qo‘llanmalarga: mazkur fanni o‘qitish
metodikasi, shu fanda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish metodikasi, kurs ishlarini
bajarish metodikasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
114
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari qanday xususiyatlariga binoan turlanadi?
2. Sinf-dars tizimining asosiy o‘ziga xos jihatlari nimalar hisoblanadi?
3. Sinf-dars tizimining kamchiliklarini ayting.
4. O‘qitishning texnik vositalari deganda nimani tushunasiz?
5. O‘qitishning texnik vositalari qanday guruhlarga bo‘linadi?
6. Ko‘rsatmali qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yiladi?
5.2. KASB-HUNAR TA’LIMINI TASHKIL QILISHDA O’QITUVCHINING
ASOSIY VAZIFALARI
Reja:
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari.
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalar.
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari.
4. O‘qituvchining metodik ishlari.
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari
O‘quv jarayonida o‘qituvchi rahbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida
kasb ta’limi o‘qituvchisiga ham taalluqlidir. Kasb ta’limida vaqtning qismini
o‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada
oshiradi. Chunki hamma narsa o‘qituvchi tomonidan oldindan puxta o‘ylansa va
yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin.
Bu borada kasbiy ta’lim o‘qituvchisining metodik, pedagogik va maxsus
tayyorgarliklari yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi lozim. Unda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi
o‘z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilish bilan birga, mustaqil mehnat
ko‘nikmalari va malakalarni egallangan bo‘lishi, ularni o‘quvchilarga mohirlik bilan
yetkazib bera olishi kerak. Shu munosabat bilan aytish zarurki, faqat o‘z sohasida
yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z ishini
egallashda yordam bera oladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini
rivojlantirish;
tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish;
ta’lim jarayonida o‘qitishning samarali usullari, vositalari va shakllarini,
yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash;
o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, to‘garak mashg‘ulotlarni
tashkil qilish;
o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish;
o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;
o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;
?
115
o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda
qatnashish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash;
muntazam ravishda malakasini oshirish.
Kasb ta’limi o‘qituvchilari bundan tashqari mutaxassisligi bo‘yicha ishlab
chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslari, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil
etish asoslarini bilishi kerak.
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisining yuksak mahorati va madaniyati, uning ish joyini
to‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarini to‘g‘ri ko‘rsata bilishi, buyum
namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, o‘quv-tarbiya jarayoning eng murkkkab
vaziyatlarida o‘zini tuta bilishi, bularning hammasi o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirib olinadi va ularning mehnat tarbiyasiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi talabchan bo‘lishi kerak. Lekin uning yuqori
talabchanligi o‘z tarbiyalanuvchilarning insoniy qadr-qimmatini chuqur hurmat qilish
bilan ajralmasdir.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanayotganda uni rejalashtirayotganda
har xil metod va usullarni qo‘llab yangi materialni qanday bayon qilishni o‘ylaydi. U
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va
mehnat unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa omillarni hisobga olgan holda
ob’ektlarni tanlaydi.
Bu holat kasbiy ta’lim o‘qituvchisining o‘quvchilarni texnikaviy tafakkurni
rivojlantirish omillaridan biri hisoblanadi. Unda kasb ta’limi o‘qituvchisi muayyan
tematika bo‘yicha texnikaga oid kitoblarni tanlashda to‘garak azolariga kollej
kutubxonasi va otaliq qiluvchi korxona kutubxonasi yordam beradi.
Bunday tematik ko‘rgazmalarning roli shundan iboratki, ular boshqa
o‘quvchilarni to‘garak a’zolarining ijodiy faoliyati bilan tanishtiradi. Texnikaga oid
kitoblar bilan shu tariqa tanishish shu vaqtga qadar mazkur muammo ustida bosh
qotirmagan o‘quvchilarning texnika to‘garaklariga ham qiziqishlarni oshirmasligi
mumkin emas.
Shunday qilib, texnikaviy ijodkorlik o‘quvchilarning ilmiy texnikaviy va
umumiy ta’lim fanlaridan olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning tafakkurini
rivojlantiradi, mustahkam mehnat ko‘nikmalari va malakalarini tarkib toptirishga
yordam beradi, ratsionalizatorlik va ixtirochilikka qiziqish uyg‘otadi, siyosiy bilim
doirasini kengaytiradi. Bu ijodkorlik kollej o‘quvchilarini istiqlol ruhida
tarbiyalashning eng muhim vositasidir.
O‘qituvchining lavozim majburiyatlarini ish bajarish ketma-ketligiga qarab 3
bosqichga bo‘lish mumkin:
Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar;
Amalga oshirish bo‘yicha vazifalar;
Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar.
Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar:
116
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar asosida ta’limning maqsad
va mazmunlarini tanlash va rejalashtirish;
o‘quv reja va dasturlar asosida kalendar mavzuli reja va dars rejasini ishlab
chiqish;
ta’limni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash;
o‘quvchilarning qobiliyatlari va bilimlarini baholash bo‘yicha hujjatlarni
tayyorlash;
korxonaning turli bo‘limlarida o‘quvchilarni o‘qitish joylarini rejalashtirish;
qo‘yilgan maqsadlarga javob beradigan ish topshiriqlari va mashqlarni
tayyorlash;
amaliy mashqlar hamda loyihalarni o‘tkazish uchun xomashyo va chiqim
materiallarni rejalashtirish;
o‘quv ustaxonasida o‘qitish uchun yetarli sharoitlarni tayyorlash;
o‘quv-didaktik materiallarni aniqlash, tanlash va ishlab chiqish.
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari
Ta’lim tarbiya jarayonini boshqarish va nazorat qilishda quyidagilar kasb
ta’limi o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak:
1) Yuqori g‘oyaviylik. O‘qituvchi o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisidir.
U o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashi kerak.
2) Yuqori texnikaviy malaka. Masalan, kasb ta’limi jarayonida o‘quvchilar
o‘zlari tanlagan mutaxassislikka oid o‘quv yurtining talablari, bu mutaxassisliklarga
oid bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. Shu munosabat bilan oliy o‘quv yurtining
talablari bu mutaxassisliklarga oid kabiy bilimlar asoslarini egallashlari hamda
keyingi amaliy faoliyat jarayonida o‘z mahorati darajasini uzluksiz oshira borishlari
kerak.
3) Yuqori psixologik-pedagogik tayyorgarlik. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining
o‘zi bilim va malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay, balki o‘quvchilarda
ham ma’lum malakalarni tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berishi kerak. Bilim
va malakalarni egallash jarayonining o‘z qonuniyatlari bor. Maktabdagi ta’lim shu
qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta’limi o‘qituvchisi psixologiya, didaktika
va boshqa fanlarning o‘quv jarayoniga asos bo‘ladigan muhim qoidalarini chuqur
o‘zlashtirib olishi kerak.
4) O‘z kasbiga muhabbat. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos tomonlarini
chuqur bilish, o‘z kasbini faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi,
qiyinchilliklarni yengib o‘tish uchun kuch va imkoniyat topa olishi kasb ta’limi
o‘qituvchisining muhim fazilatlari qatoriga kiradi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi oliy o‘quv yurtidagi tayyorgarligi xar qancha asosli
bo‘lsa ham, u tugallangan hisoblanmaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi
juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mehnat qurollari, texnologik jarayonlar
uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu kasb ta’limi jarayonida o‘z aksini topmog‘i
kerak. Demak, kasb ta’limi o‘qituvchisi fan va texnika sohasidagi taraqqiyotni
uzluksiz kuzatib borishi, ulardan o‘quvchilarni tushunarli shaklda xabardor qilib
turishi kerak.
117
O‘qituvchilar kasb ta’limi jarayonida foydalaniladigan metodik vositalar
majmuasi ham o‘zgarmay qolmaydi. O‘z ishiga ijodliy yondashuvchi o‘qituvchilar
o‘quvchilarga ta’sir qilishning yangi shakllarini, uzluksiz ravishda bilim, malaka va
ko‘nikmalarni shakillantirishning yangi usullarini topadilar. Yaxshi tajriba
umumlashtiriladi va ko‘pchilikning mulki bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra har bir
o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajriba yoritiladigan vaqtli matbuotni kuzatib borishi va
undan o‘z ishida foydalanishi kerak.
O‘quvchilarning moddiy ishlab chiqarish sohasida, hayot va kasbga
tayyorlanishida kasbiy ta’lim o‘qituvchisi yetakchi rol o‘ynaydi. U o‘z
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning turli kasblarga bo‘lgan qiziqishini aniqlashi va
rivojlantirishi lozim. Buning uchun guruh rahbarini, shu guruhda ishlaydigan boshqa
predmetlarning o‘qituvchilarnini va o‘quvchilarning ota-onalarini jalb qilishi kerak.
Ular bilan muntazam uchrashib turish va suhbatlashish bu guruhdagi o‘quvchilarni
yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va yakka xususiyatlari bilan tanishish imkonini
beradi.
Kasb ta’lim o‘qituvchisi o‘quvchilarni baholashda, ish joyini tashkil etishda,
topshiriqlarni bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning xalollik, kamtarlik,
qat’iylik, dadillik, faollik, sabot-matonat xislatlarini, o‘rtoqlik, do‘stlik, ma’suliyatni
sezish hissi va xokazolarini tarkib toptirishi lozim. Buning uchun birqancha
vazifalarni bajaradi.
Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar:
o‘quvchilarning amaliy natijalarini kuzatish, tahlil qilish va baholash;
o‘quvchilarning o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarini baholash;
o‘quvchilarning xulqini baholash;
ta’limning mavjud sharoitlarining sifatini baholash;
rejalashtirish va tashkillashtirish bo‘yicha hujjatlarning sifatini baholash;
o‘quv-didaktik materiallarning sifatini baholash;
o‘zi bergan yo‘l-yo‘riq va namoyishlarni o‘zi baholash;
berilgan topshiriqlarning sifatini o‘zi baholash.
4. O‘qituvchining metodik ishlari
Kasb ta’limi o‘qituvchisi o‘zining pedagoglik mahoratini takomillashtirish
ustida, o‘z malakasini oshirish ustida har doim ishlashi kerak. Unga bu borada
o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari ancha yordam beradi. Bu institutlarda
qichqa muddatli kurslar tashkil qilinib, ularda o‘qituvchilar fan va texnika sohasidagi
yutuqlar, ilg‘or pedagogik tajribalar bilan tanishadilar.
Bu kurslar hamma o‘qituvchilarni qamrab ololmaydi, albatta. Shu sababli kurs
tayyorgarligi bilan birga joylarda muntazam ravishda metodik ishlar olib boriladi.
Odatda, ular birqancha metodik ishlarini bajarishadi. Bu esa qo‘shimcha ma’suliyat
yuklaydi, ularning mustaqil bilim olish borasida qunt bilan ishlab, hamkasblari uchun
namuna bo‘lishga majbur qiladi.
Kasb-hunar kollejlarida ilmiy-uslubiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil
etish va unga rahbarlik qilish uchun kollej rahbari ayni vaqtda ham yaxshi pedagogik,
ham kasb-hunar sirlarini yaxshi biladigan mutaxassis bo‘lishi kerak. U mustaqil
118
ravishda bilim olish va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy-uslubiy ishlarning
mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalarni o‘rganib borishi kerak.
Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan ilmiy-uslubiy ishlarning vazifalari
sirasiga quyidagilar kiradi:
- kasb-hunar kolleji pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g‘oyaviy
saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish;
- o’quvchilarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, metod va
vositalarini takomillashtirish;
- ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umumilmiy,
umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta’minlash;
- ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini
o‘rganish, umumlashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat.
Ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish kasb-hunar kollejlaridagi barcha rahbarlar,
o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar uchun majburiy bo‘lib, ularning pedagogik
faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi.
Kusb-hunar kollejlaridagi metodik ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, tuzilmasi
kabilar metodik ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu nizomga muvofiq jamoaviy
va individual uslubiy ishlar olib boriladi.
Quyidagilar jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga kiradi:
- pedagogik kengash;
- uslubiy komissiyalar;
- ilg‘or tajriba maktabi, muammoli seminarlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalar,
pedagogik o‘qish va turli uslubiy kengashlar.
Individual uslubiy ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- kasb-hunar kollejlari rahbarlari, o‘qituvchilar, muhandis-pedagoglar va
boshqa muhandis-texnik xodimlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik
malakasi va kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan olib boriladigan mustaqil uslubiy
ishlari;
- kollej rahbari (direktor), uning o‘rinbosarlari, katta usta, o‘qituvchilar,
muhandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlar bilan olib boradigan
individual uslubiy ishlari.
Uslubiy ishlar shakli va mazmuni bo‘yicha ham, pedagogik xodimlarning turli
guruhlarini qamrab olish bo‘yicha ham muvofiqlashtirilgan taqdirdagina yuqori
samaradorlikka erishish mumkin. Kasb-hunar kollejida uslubiy ishlarni umumiy
mavzu asosida tashkil etish tajribasi bunday muvofiqlashtirish usullaridan biridir.
Uslubiy ishni bunday tashkil etishning mohiyati shundan iboratki, kasb-hunar kolleji
ma’lum bir vaqtga mo‘ljallangan umumiy mavzuni tadqiq etadi. Buning natijasida
ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning dolzarb muammolarini hal etishga
muayyan hissa qo‘shadi, turli toifadagi pedagogik xodimlarning tayyorgarlik darajasi
hisobga olingan holda, ularning pedagogik mahoratini oshirish vazifalarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
Uslubiy ish kasb-hunar kollejining istiqbol va joriy ish rejalarida mustaqil
bo‘lim sifatida rejalashtirilishi kerak. Mustaqil ishlarning tashkil etilishi va
samaradorligini tekshirish masalalari kasb-hunar kollejlarining ichki nazorat rejalarida
119
o‘z aksini topadi. Uslubiy ishlarni rejalashtirishda quyidagi talablarga asoslanish
maqsadga muvofiqdir.
- kelajakdagi rivojlanishni ko‘zda tutish (bajarish muddatlari va vazifalari
bo‘yicha);
- rejalarni ta’lim-tarbiya va uslubiy ishning ahvoli va natijalarini har
tomonlama chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish asosida ishlab chiqish;
- rejalarning ijodiy xarakteri, ya’ni ularni bajarishda ishtirok etuvchi
xodimlarning tashabbusi va ijodkorligini namoyish etilishga zarur imkoniyat yaratish.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari nimalardan iborat?
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari nimalardan iborat?
3. O’qituvchining nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari nimalardan iborat?
4. O‘qituvchining metodik ishlari nimalardan iborat?
5. Jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga nimalar kiradi?
6. Uslubiy ishlarni rejalashtirishda qanday talablarga asoslanish mumkin?
5.3. KASB TA’LIMI DUAL TIZIMI
Reja:
1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan
bog‘lash.
2. Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari.
3. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilar ishlab chiqarish
moslashuvchanligi.
1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash
Jahonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ijobiy tomonlarini hisobga olib
hayotga tatbiq qilish bizning asosiy siyosatimizdir. Bu borada hamkorlikning o‘rni
muhim. Kadrlar tayyorlashda eng avvalo so‘nggi paytlarda bizning hayotimizga kirib
kelayotgan mehnat bozori talablari tushunchasini hisobga olish muhim o‘ringa ega.
Mehnat bozori xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni talab
qiladi. Unda oddiy mutaxassisdan, to yirik tashkilotchi rahbarlargacha barchasi uchun
talab o‘zi egallab turgan lavozimiga mos malakaga ega bo‘lishi hisoblanadi. Kasbiy
malakaga ega bo‘lish esa Respublikamizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy
ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.
Mamlakatimiz mustaqilligi fuqarolarimizga o‘zining malakasini oshirishga faqatgina
Respublikamiz hududida emas, balki jahonning barcha joylaridagi ta’lim
muassalarida xalqaro hamkorlik orqali erishish imkoniyatini yaratib berdi. Biz bu
borada Germaniya ta’lim muassasalari tajribasi haqida to‘xtalmoqchimiz.
Germaniyada yoshlar ikki turdagi kasb-hunarga tayyorlanadi. Aksariyat
yoshlar o‘zlari tanlagan kasb-hunar tayyorgarligini qishloq xo‘jalik yoki sanoat
tashkilotlarida, savdo-sotiq sohalarida, boshqarmalarda, sog‘liqni saqlash
muassasalarida, advokatura idoralarida, devonxonalarda yoki jamoat xizmati
?
120
joylarida oladi. Ayni paytda o‘qish davomida o‘quvchilar kasb-hunar maktablariga
qatnab nazariy bilimga ega bo‘ladi.
Germaniyada kasb — hunar ta’limining dual tizimini quyidagicha rasmda
ifodalash mumkin (7-chizma)
Qator ixtisosliklar, masalan, sog‘liqni saqlash yoki ijtimoiy sohalarda o‘qish
faqat bitta maktabda olib boriladi (maxsus ta’lim muassasasida yoki maxsus kasb-
hunar maktablarida). Bu maktab kasb-hunarga o‘qitish deb ataladi. Hozirgi paytda
yoshlar orasida ofis (idora) xodimi ixtisosligi bo‘yicha o‘qitiladigan kasb-hunar
maktablarida o‘qish ishtiyoqi kuchli bo‘lib, ularda tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ayni paytda metallarga ishlov berish, qurilish va mehmonxona, restoran
xizmat sohalari bo‘yicha o‘qish uchun o‘rinlar bemalol. Shuni qayd qilish lozimki,
barcha kasb-hunarli yoshlar davr talabiga ko‘ra o‘z bilim malakalarini doimiy oshirib
borishlari zarur.
Germaniya Federativ Respublikasida aksariyat yoshlar deyarli tengqurlarning
to‘rtdan uch qismi ishlab chiqarish kasb-hunar ta’limini o‘taydilar. Ular o‘zlari
tanlagan kasb-hunarlarini korxona sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitda
«dual tizim» asosida egallaydilar.
7-chizma
Dostları ilə paylaş: |