Texnika muammolar - bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron
hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan
talablarni, uni qo‘llanish xususiyatlarini belgilaydi;
Tayyorgarlik muammolari - bular o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning
hisoblash texnikasidan foydalanish o‘quvchilari bilan bog‘liq.
Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo‘lib,
ta’limning
barcha
turlarini,
davlat
ta’lim
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning
faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Umumiy
pedagogik
daraja
-
umumpedagogik
(umumdidaktik,
umumtarbiya)
texnologiya
berilgan
hududdagi
ta’lim
191
maskanida ta’limning ma’lum darajasidagi to‘liq umumta’lim
jarayonini tavsiflaydi.
Fan –
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini
ishlab chiquvchi.
Chegaralangan daraja
-
chegaralangan texnologiya-ta’lim-tarbiya
jarayonning alohida qismlarini ifodalab, xususiy didaktik va
tarbiya masalalarini yechadi (faoliyatning alohida turlarini
texnologiyasi, tushunchalarning shakllanishi, yangi bilimlarni
o‘zlashtirish,
materialni
nazorat
qilish
va
qaytarish
texnologiyasi).
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim
xizmatlarning iste’ molchisi va ularni amalga oshiruvchi.
EHM tarmoqlari - hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM
yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoqlari keng tarqaldi.
Elektron pochta - «Elektron pochta» nomining o‘zidayoq mazkur
tushunchaning
maz muni
ochib
berilgan,
ya’ni
korrespondensiyalarni almashishi uchun pochtaga o‘xshas h
ravishda axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron
usullaridan foydalanish, ya’ni bosma materiallar, jadvallar
hamda jurnallarni uzatish. Elektron pochta qog‘ozsiz pochta
aloqalari xizmatidan iborat bo‘lib, aslida hujjatli xabarlarni
to‘plash, ishlab chiqish va taqdim etish ha mda ma’lumotlarni
uzatish tarmoqlari tizimidir.
Programma muammolari - bular ta’lim tizimida foydalanish uchun
programma ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning
qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi;
Egiluvchanlik - o‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish
imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni -1997 yil
29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan
huquqiy hujjat.
O‘qituvchilarning yangi vazifalari - masofaviy o‘qitish o‘qituvchining
vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O‘qitilayotgan kurslari
doimo takomillashtirish, ijodiy faolligini yuqorilashtirish va
malakasini, kiritilgan yangiliklar va innovatsiyalarga mos bilim
jarayonini muvofiqlashtirishi zarur.
O‘qitish mazmuni - o‘qitish jarayoni, usullari va tashkiliy tartibini
amalga oshirilishi uning tarkibi bilan ifodalanadi.
O‘qitish ob’ekti - masofaviy o‘qitish ta’lim xizmatlaridan foydalanuvchi
ushbu usulda ta’lim oluvchilar ob’ektlari bo‘ladi.
O‘qitish sub’ektlari - masofaviy o‘qitish sub’ektlari o‘qituvchilar
hisoblanadi. O‘qituvchi ta’ lim jarayonining yuqori samarasini
ta’minlashda asosiy bo‘g‘indir. Masofaviy o‘qitish o‘qituvchi
faoliyatining muhim ixtisosligida kompyuter terminini kiritish
192
zarurligini keltirib chiqaradi. Bu - o‘qituvchi maslahatchi, u
fundamental informatika va telekommunikatsiyalar asoslarini
bilishi kerak. Uning bilimligini uzuvchi xarakterga ega bo‘lishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: |