1.Kirish.Texnik xavfsizligi qoidalari. Kashtachilik tarixi. Bugungi kunda kashtachilik hunari O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tashkil topgan. Kashtachilik ustalar va ularning shogirdlari ajoyib san’at namunalar yaratmoqdalar, unga yangicha mazmun, yangicha sayqal, yangicha kompozitsiya bermoqdalar.
Kashtachilik to‘garagida kashta sirlarini o‘rgatish ya’ni kashtachilikda qo‘llaniladigan barcha chok turlarini bemalol bajara olish, kashtachilikda qo‘llaniladigan ish qurollari bilan foydalanib, kashta tikish turlarni ajrata olishni o‘rgatishdir.
Tikuv mashinalarini ishlatish qoidalari, tikuv mashinalaridan foydalanish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuncha berib o‘tiladi
Kashtachilik san’ati uzoq tarixga ega bo‘lib, u hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri. Kashtachilik ustalari va shogirdlari tomonidan yaratilayotgan san’at namunalari. Kashtachilikning kelib chiqishi. Turli xalqlar kashtachiligi. Kashtachilikda qadimiy naqshlar va tasvirlar haqida tushuncha.
2.Kashtadagi naqsh va ranglar, kashtachilikda gazlama va ip tanlash, kashta tikish asbob va moslamalari. Naqshlar haqida. Naqshlarni matoga qarab tanlash va ko‘chirish. Naqshlar turlari. Rang tanlash. Iplarni turli xil bo‘yashda ranglar tayyorlash texnologisi. Kashtachilikda buyum uchun gazlama tanlash. Gazlamaga mos ip tanlash. Kashtachilikda kashta turlari choklariga mos gazlama va ip tanlash.
Kashta tikishda ishlatiladigan asboblar(qaychi, igna, angishvona, santimetr lenta, kalka, kopirovka qog‘ozi, kegli)ning vazifasiga ko‘ra turlari haqida. Asboblarni ishlatish, moslamalardan to‘g‘ri foydalanish, kashtachilik tikuv mashinalari haqida umumiy ma’lumot.(markalari ishlab chiqilgan yili, vazifasi)
3.Kashtachilikda gul solish va ko‘chirish, kashtachilikda bezak buyumlari turlari, qo‘l kashta chok turlari.
Kashtachilikda buyumga mos gul tanlash. Gul solish(chizish)ni o‘rganish. Matoga gul va tasvirlarni ko‘chirish usullari(yo‘llari)haqida. Gulni matoga ko‘chirishni o‘rganish. Kashtachilikda bezak buyumlari turlari (do‘ppi, kuloh, arakchin, tus do‘ppi, joynamoz, zardevor, palak, kirich, so‘zana, choyshab va hakazolar) haqida tushuncha. Bezak buyumlarning ishlatilishi (kundalik hayotdagi o‘rni).Qo‘l kashta chok turlari (eng oddiy va asosiy, sanama choklar) haqida ma’lumot. Qo‘l kashta chok turlari (eng oddiy va asosiy, sanama choklar) haqida ma’lumot.
4.Eng oddiy choklar haqida tushuncha berish va ularni tikish. Eng oddiy choklar qaytma chok, suv chok, chilvir chok, iroqsimon chok, petlya chok, popok choklar haqida tushuncha.
Amaliy mashg‘ulot. Qaytma chok haqida tushuncha va qaytma chokda tikish uslublari.
Suv chok haqida tushuncha va suv chok bilan tikish uslublari.
Chilvir chok-ikkita usulda tikiladi.
Iroqisimon chok-Gazlamadan sug‘urib chiqarilgan ikkita ip izi bo‘ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulning motividan tikiladi.
Ixtiyoriy konturli kashta gullarda mayda yaproqlar, gul o‘zaklari iroqsimon chok bilan tikiladi.
Petlya chok (ilmok)-Petlya chok haqida tushuncha berish ba’zan zix chok ham deyiladi, chunki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi.
Popop(zanjira) chok-bir-birining ichidan chiqib keladigan uzluksiz qator petlyalardan iborat bo‘ladi.
Puxtalangan petlya va puxtalangan chala petlya-Puxtlangan ilmoq va puxtalangan chala ilmoq choklar haqida umumiy ma’lumot.
Tugunchalar-Tugunchalarda ishlatiladigan ip turlari, tugunchalarning qaysi buyumlarda ishlatiladi.
5. Buyumlarga eng oddiy choklar bilan kashta tikish. Amaliy mashg‘ulot. Qo‘l ro‘molchasiga kashta tikish-Qo‘l ro‘molchasini tanlash. Gul tanlash. Mato (ro‘molcha)ga va gulga mos eng oddiy choklarni tanlash. Gul solish va choklar bilan bezash. Choklarni maxsus moslama yordamida tikish.
6. Qizlar koftasiga bezak berish Amaliy mashg‘ulot. Koftaga mos gul (naqsh) va ip tanlash. Eng oddiy choklar yordamida bezak berishni o‘rganish. Kofta bezaklariga oxirgi ishlov berish.
7. Sumkaga bezak berish Amaliy mashg‘ulot. Sumka rangiga, ishlatilishi(bozor, ish, kundalik, maktab, bog‘chaga)ga qarab gul tanlash, chok tanlash. Sumkaga gul solish yoki ko‘chirish va kashta choklari (eng oddiy choklar) bilan bezak berish.
8.Peshbandakka bezak berish Amaliy mashg‘ulot. Peshbandak uchun mato tanlash. Peshbandakka gul solish va ko‘chirish. Chok tanlash va tikish.
9.Oraliq nazorat ishi. Yarim yil davomida o‘rgangan bilimlarini namoyish qilish maqsadida har bir o‘quvchi biror buyum tayyorlaydi.
10.Yostiq qoshga kashta bilan bezak berish Amaliy mashg‘ulot. Yostiq qoshga mos naqsh yoki gul tanlab solish yoki ko‘chirish, gulga mos chok tanlash, ip tanlash va tikish.
11.Eng oddiy choklar bilan zardevorchalar tikish. Oddiy choklar bilan zardevorchalar tikish haqida tushuncha.
Amaliy mashg‘ulot. Eng oddiy choklar bilan zardevorga gul bosish va ularga bezak berish, tikish.
12. Asosiy choklar yordamida buyumlarni bezatish. Yostiq jildiga gul tikilish uslubini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulot. Yostiqchaga gul tikish va gul bargi novdalarini tikish qoidalari.
13. Joynamoz tikish. Amaliy mashg‘ulot. Joynamozga mato tanlash, gul tikish gul bargi va novdasini tikish.
14. Buxorocha libos tikish. Buxorocha libos uchun mato tanlash.
Amaliy mashg‘ulot. Tanlangan mato asosida libos tikish, gul va gul bargi hamda novdalarni tikish.
15.Sanama choklar. Sanama choklar turlari haqida tushuncha(oddiy iroqi choklar, terma chok, o‘rma chok)
Amaliy mashg‘ulot. Sanama choklar va ularning tikilish uslublari.
16.Sanama choklar yordamida buyum tikish. Sanama choklar yordamida tikiladigan buyumlarga mato tanlash.
Amaliy mashg‘ulot.Tanlangan mato asosida oshxona buyumlari to‘plami (tutqich-qo‘lqop, choynak qalpoq, choynak tagi, sochiqcha, peshbandak) tikish.
17.Applikatsiya usuli. Amaliy mashg‘ulot: Buyumlarni applikatsiya usulida tayyorlashni o‘rgatish va tikish.
18.Amaliy ish. Yil davomida o‘rgangan bilimlar asosida buyumlar tikish.
19.Yakuniy nazorat ishi Amaliy mashg‘ulot: O‘quv yili davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha yakuniy nazorat ishi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bulatov S. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati.-Toshkent: Mexnat, 1991-384b. 2. E.I.Malseva. “Materialshunoslik”.
3. Uy-ro‘zg‘or buyumlari ensiklopediyasi.
4. “Amaliy san’at yo‘nalishidagi to‘garaklar rahbarlari uchun dasturlar to‘plami”. Toshkent 2007