O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
“KASHTACHILIK” TO‘GARAGI
O‘QUV DASTURI
TOSHKENT-2021
Muallif:
|
N.Shomansurova-Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi uslubchisi
|
Taqrizchi:
|
N.Abdullaeva-O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi a’zosi, Hunarmand.
|
Ushbu o‘quv dastur Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashining 2021-yil 23-iyuldagi 1-sonli navbatdan tashqari yig‘ilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.
“KASHTACHILIK” TO‘GARAGI O‘QUV DASTURI
KIRISH
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida amaliy bezak san’ati turlari boy va rang barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek diyorida vujudga kelib gullab yashnagan san’at turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Xalq ommaviy bezak san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o‘zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy, axloqiy, umuminsoniy ruhda tarbiyalab, ularning dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Kashtachilik san’atini o‘rgatish orqali to‘garak rahbari mashg‘ulotlarida ustalar yaratgan asarlarning beqiyos ma’naviy qiymatlarini namoyish etish orqali yosh avlodning estetik didini shakllanitirish, ularga zarur bilimlar va axloqiy tarbiya berish, mehnat, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, kasb tanlashga ruhiy va amaliy tayyorlash vazifalarini amalga oshiradi.
“Kashtachilik” to‘garagiga 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar qabul qilinadi.
Ushbu o‘quv dasturida berilgan mavzular va mavzuga oid soatlar miqdori (216 soatdan chiqmagan holda) hududning va to‘garaklarga jalb qilingan bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbari tomonidan 25 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin.
“KASHTACHILIK” TO‘GARAGI O‘QUV REJASI
Dostları ilə paylaş: |