Katabolizmning umumiy yo‘llari


NAD (Nikatinamidadenindinukleotid)



Yüklə 5,43 Mb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#176051
1   2   3   4
Katabolizmning umumiy yo\'llari

NAD (Nikatinamidadenindinukleotid)
Kompleksning molekulyar massasi 9.106 ga teng.
Reaksiyalarning ketma-ketligi. Pirouzum kislota glyukoza, glitserin va ayrim aminokislotalarning o‘ziga xos katabolizmi jarayonida hosil bo‘ladi. Hujayralarda pirouzum kislotasi oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanib atsetil-KoA, CO2 , H2O ga parchalanadi.
Bu reaksiyalarning ketma-ketligi quyidagicha.
I bosqich. Pirouzum kislota TPF (tiaminopirofosfat) bilan birikib, uning faol shakliga aylanadi. II bosqich. Aktivlangan pirouzum kislota koferment lipoat kislota ishtirokida dekarboksillanadi. Bu reaksiyani piruvat-lipoat-oksidoreduktaza (yoki PDG) fermenti katalizlaydi. III bosqich. Atsetil-KoAning hosil bo‘lishi. IV bosqich. Digidrolipoat kislotaning elektron va protonlarni ajratish bilan oksidlanishi.
Piruvatning piruvatdegidrogenaza kompleksi fermentlari yordamida oksidlanishining tenglamasini umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Bu jarayon erkin energiyaning kamayishi bilan borganligi sababli fiziologik sharoitda qaytmasdir. Amalda mitoxondriyaga tushadigan hamma piruvat atsetil-KoA gacha tezda oksidlanib ketadi.
Piruvatning oksidlanishidan hosil bo’lgan mahsulotlardan CO2 – moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti bo’lib, energetik ahamiyatga ega emas; qaytarilgan NAD energiyaga boy birikma bo’lib, uning vodorodi nafas olish zanjiriga beriladi; atsetil-KoA esa mitoxondriyaning ichida boradigan Krebs sikliga kiradi.
Krebs sikli va uning reaktsiyalari.
Nafas olish zanjiri uchun vodorod generatori vazifasini bajaruvchi asosiy fermentativ sistema Krebs sikli hisoblanadi. Bu siklning birinchi mahsuloti limon kislota (sitrat) bo’lganligi uchun limon kislotali sikl deb atadi. Shuningdek, bu sikl trikarbon kislotalar sikli deb ham ataladi. Ammo, ko’pincha bu jarayondagi reaktsiyalar ketma-ketligini aniqlab bergan olim sharafiga bu siklni Krebs sikli deb atashadi.

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin