Katabolizmning umumiy yo‘llari


Piruvat, yog’ kislotalari va aminokislotalarning



Yüklə 5,43 Mb.
səhifə4/4
tarix13.12.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#176051
1   2   3   4
Katabolizmning umumiy yo\'llari

Piruvat, yog’ kislotalari va aminokislotalarning oksidlanishidan hosil bo’lgan atsetil-KoA Krebs sikliga kiradi.
I reaksiya: Atsetil-KoAning oksaloatsetat bilan kondensatsiya reaksiyasi natijasida limon kislotasining hosil bo‘lishi. Sitratsintetaza allosterik fermentdir. Uning manfiy effektorlari ATF va NAD.H hisoblanadi.
II reaksiya. Sitratning sis-akonitat orqali izotsitratga aylanishi. Bu reaksiyani (akonitaza) akonitgidrataza fermenti boshqaradi. Ferment suvni sis-akonitatning qo‘sh bog‘iga biriktirib izolimon kislotasini hosil qiladi.
III reaksiya. Izotsitratning a-ketoglutaratga oksidlanishi. Bu reaksiyani izotsitratdegidrogenaza fermenti boshqaradi
IV reaksiya. Bu reaksiyalarda a-ketoglutaratning suksinil-KoAa gacha oksidlanishi
V reaksiya. Bu suksinil-KoAning makroergik bog‘i hisobiga substratli fosforlanishdan iboratdir
VI reaksiya. Bu reaksiyada suksinat FAD tutuvchi suksinatdegidrogenaza fermenti (SDG) ta’sirida oksidlanib fumaratga aylanadi.
VII reaksiya. Bu reaksiyada fumarat qaytar yo‘l bilan suv biriktirib malatga (olma kislotasiga) aylanadi.
VIII reaksiya. Bunda malat oksaloatsetatgacha oksidlanadi. Reaksiyani malatdegidrogenaza (MDG) fermenti tezlashtiradi.
Katabalizmning umumiy yo‘llari bilan elektronlar tashish zanjirining bog‘lanishi
Limon kislota sikli elektron tashish zanjiri (ETZ) bilan bog‘liq bo‘lib, energiyaning asosiy qismi shu sikldagi qaytarilgan kofermentlarning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi.
Krebs siklining quyidagi reaksiyalari vodorod ajratish yo‘li bilan boradi, ajralib chiqqan vodorod atomlari ETZ ga beriladi.
Limon kislotasi sikli bilan ETZ o‘zaro bog‘langan.
Limon kislota siklining asosiy vazifasi – potensial kimyoviy energiyani metabolik energiyaga aylantirishdir:
bu energiya ATF shaklida zaxira holda to‘planadi. Krebs siklida I mol atsetil-KoA oksidlanishidan ETZ bog‘liq holda 11 molekula ATF va 1 mol GTF hosil bo‘ladi, jami 12 molekula ATF energiyasiga teng energiya to‘planadi.
I molekula GTF esa suksinil-KoA ning suksinatga o‘tishida ya’ni substratli fosforlanish natijasida hosil bo‘ladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin