44
ta’minlamaydi. Shuning uchun ularning moyda bo’lishi yaxshi tovar ko’rinishli
moyni olishni ta’minlamaydi va moylarni qayta ishlashni qiyinlashtiradi.
Mumsimon moddalar, rafinatsiyalangan moylar va salomaslarni sayqal beruvchi
filtrlash
jarayonlarini
qiyinlashtiradi.
Gidrogenlash
uchun
ishlatiladigan
katalizatorlarga ularning salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar ham bor.
Mumsimon moddalarni muzlatish orqali ajratib olish texnologiyasi shundan
iboratki, bunda moyni sekinlik bilan sovutilib past haroratda ushlab turilgandan
so’ng hosil bo’lgan cho’kma filtrlash orqali ajratib olinadi.
Moylarni muzlatish, bu past konsentrasiyali suspenziyani tashkil qilib, uni
ajratish mumlar kristallarining ko’p bo’lmagan miqdori, moy qovushqoqligining
yuqoriligi va ajralayotgan cho’kmaning murakkab tarkibga egaligi hisobiga qiyin
hisoblanadi.
Hozirgi kunda mumlarni filtrlash orqali ajratib olish jarayonlarini
jadallashtirish uchun qo’shimcha filtrlash kukunlari (kizelgur filtrperlit va
boshqalar) qo’llanilmoqda. Bular filtr to’siq yuzasiga kiritilib, cho’kmaning drenaj
xususiyatini yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: