Katta guruhlar psixologiyasiga xos umumiy xususiyatlar



Yüklə 5,81 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü5,81 Kb.
#192871
nozimova zahro1


Andijon Davlat Peagogika Instituti Tasviriy San'at va muhandislik grafikasi 103-guruh talabasi Nozimova Zahroning Umumiy Psixologiya Fanidan tayorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu: Katta guruglar psihologiyasi
Reja:
Katta guruhlar psixologiyasiga xos umumiy xususiyatlar.
Etnik guruhlar psixologiyasi
Katta guruhlarni ilmiy tadqiq qilishning metodologik muammolari.
1. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional begilar ularning shu gurhga mansubligini ta’minlaydi.
Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega.
Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning xayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi.
Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo‘lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90-yillar Yoshlariga xos bo‘lgan tipik sifatlar ana shu Yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so‘zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, shakilandi.
2. Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik gu­ruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir ko‘pgina davlatlar mustaqil davlat mavqeini olgan.
CHunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo‘lgan hozirgi va o‘tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o‘zgarishini, millatlararo sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorat qilmog‘i lozim.
Etnopsixologiya — bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruxlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V. Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi „xalq" tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi.
Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan .
3.Katta guruhlarni ilmiy tadqiq qilishning metodologik muammolari. CHet ellarda va mamlakatimizda kilingan ilmiy ishlarni analiz kilar ekanmiz, epnopsixologik tadkikotlarda xilma-xil uslub va metodlar kullanilganining guvoxi bulamiz.
Nixoyat, etnopsixologik metodlarni kullashning nokulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar tuplangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman xech narsani ulchamasligi mumkin.
1.SHu xudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bulgan umumiy psixologik omillar va ularni aniklash usullari;
2.Fakat uzbek millatiga xos bulgan umumiy psixologik sifatlar va omillarni aniklash;
3.Tadkikotchi guruxini tekshirilayotgan milliy gurux tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash.
SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy gurux psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga karatilgan maxsus metodlar yuk, Shuning uchun xam tadkikotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash, kerak bulsa, u tildan bu tilga tarjima kilish kerak.
Etiboringiz uchun rahmat
Yüklə 5,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin