Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni idrok qilishni rivojlantirish



Yüklə 50,47 Kb.
səhifə1/7
tarix12.04.2023
ölçüsü50,47 Kb.
#96763
  1   2   3   4   5   6   7
Katta Maktabgacha Yoshdagi Bolalarda Vaqtni Idrok Qilishni Rivojlantirish


KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQTNI IDROK QILISHNI RIVOJLANTIRISH
MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………………............3
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQT VA UNI IDROK YETISHGA O’RGATISH
1.1. Vaqt va uning xususiyatlari………………………………………………….…...5
1.2. Turli yoshdagi bolalarning vaqtni idrok qilishi……………………………..……8
II BOB. KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA VAQTNI HIS QILISHNI RIVOJLANTIRISH
2.1. Bolalarda idrokning rivojlanishi…………………………………………..…….13
2.2. Bolalarda fazoviy va vaqt tasavvurlarni shakllantirish…………………...……..17
XULOSA…………………………………………………………………………….24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..…26

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan.
Vaqtning asosiy qabul qilinishi bu sezish qobiliyatidir har xil kompleks analizator vaqtni sezish qobiliyatining cho`zilishiga ta`sir qiladi, lekin asosiy xususiyati deb I.M. Sechenov eshitish va tananing sezgi qobiliyatlariga e`tibor bergan "Vaqt tovush va tananing sezish qobiliyati insonga vaqt haqida tushuncha beradi, shunda ham to`la o`z mazmuni bilan emas balki vaqt bir tomonlama tovushning tortilishi va tananing sezishini tortilishi. SHuning uchun I.M.Sechenov eshitish va sezish xususiyagidan bu vaqt bo`shlig’ining /drob/ analizatorlari degan edi.
O`quv yilining boshida katta gruppa bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt qismlari haqida tasavvurlar mustahkamlanib vaqt bolalar faoliyatining konkret mazmuni va ular atrofidagi kattalar bilangina emas, balki vaqtning ob`ektivroq ko`rsatkichlari - tabiat hodisalari (quyosh chiqishi) bilan bog’laydilar.
Tarbiyachi bolalar bilan va ular atrofidagi kattalar bilan kun davomida nima qiladilar, ularni qanday izchillikda qachon bajaradilar, erta tong kunduz kechqurun haqidagi taassurotlari to`g’risida suhbatlashadi. U bolalarga tegishli she`r va hikoyalarni aytib beradi. Ko`rsatma material sifatida bolalarning kun davomida xilma xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foydalaniladi: o`rin ko`rpalarni yig’ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta. Sutka qismlari haqida tasavvurlarni aniqlashda didaktik o`yinlar, masalan, bizning kun o`yini yordam beradi.

Yüklə 50,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin