Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari.
Reja:
1. Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari.
2. Nomlangan shakalar. Tartib (qator) shkalari.
3. Intervallar shkalasi.
4. Nisbat va absolyut shkalalar.
5. Xalqaro temperatura shkalasi.
1. Kattalik shkalasi va uning reper nuqtalari
Shkala
(lot.
vsa1a
-
zinapoya, narvon
) - oʻlchash
asboblarining hisoblash
qurilmasidagi belgilar yoki raqamlar majmuidan iborat qism (lineyka yoki limb).
1-rasm. Oʻlchash asbobining shkalasi.
Koʻrsatuvchi analog oʻlchov asboblarining
sanoq qurilmasi shkala va
(strelkali yoki nurli) koʻrsatkichdan tuzilgan. 1- rasmda oʻlchov
asbobining
shkalasi koʻrsatilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar koʻrsatilgan belgilar shkalaning
sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgilari orasidagi oraliq shkalaning
boʻlinmasi deyiladi. Shkalaning ikki qoʻshni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari
ayirmasi
shkala boʻlinmasining qiymati
deyiladi. Oʻzgarmas boʻlinmali va
oʻzgarmas qiymatli shkala
tekis shkala
deyiladi.
Oʻlchanayotgan kattalikning shkalada koʻrsatilgan
eng kichik qiymati
shkalaning boshlangʻich qiymati
, eng katta qiymati esa
shkalaning oxirgi qiymati
deyiladi. Shkalaning uning boshlangich va oxirgi qiymatlari bilan chegaralangan
qiymatlari sohasi (oraligʻi)
koʻrsatuvlar diapazoni
deyiladi.
Shkaladan ma’lumot olishda shkala qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas boʻlishi
mumkin. Shkalada belgilar toʻgʻri chiziq boʻylab (2-rasm,
a
)
yoki silindrsimon
aylana yoyi boʻylab joylashgan boʻladi. Shuningdek
asboblarning shkalalari bir
tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz boʻlishi mumkin (3-rasm).
a)
b)