Kazus №1 Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan “astil” xkga qarashli savdo nuqtasida tekshiruv o‘tkazilganda 150 000 so‘mlik tovar chek berilmasdan realizatsiya qilinganligi aniqlandi



Yüklə 12,12 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü12,12 Kb.
#193945
9-mavzu Kazus


Kazus №1
Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan “ASTIL” XKga qarashli savdo nuqtasida tekshiruv o‘tkazilganda 150 000 so‘mlik tovar chek berilmasdan realizatsiya qilinganligi aniqlandi. Holat guvohlar ishtirokida tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtirildi.
Soliq inspeksiyasi korxonaga moliyaviy sanksiya qo‘lladi. Ammo korxona ma’muriyati o‘z aybini tan olmay, moliyaviy sanksiyani to‘lash to‘g‘risidagi buyruqni bajarmadi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Kazus №2
"Start" MChJ bankka ijtimoiy soliq to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini taqdim etdi. Ammo bank mas’ul xodimi band bo‘lganligi tufayli korxonaning talabnomasini bajarishga vaqt topa olmadi va faqat 3 kun o‘tgandan so‘nggina summa o‘tkazildi.
Shuningdek, ushbu xodimning aybi bilan soliq inspeksiyasining inkasso topshiriqlarini bajarish ham 5 kunga kechikdi.
Soliq inspeksiyasi korxona hisobidan ijtimoiy soliq va inkasso talabnomasi summasidan kechiktirilgan har bir kuni uchun 0,5 foiz miqdorida penya undirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Kazus №3
“EVEREST” MChJ QKga tegishli ob’ektida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish davomida Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi quyidagi noaniqliklarni aniqladi: import qilingan butlovchi qism ko‘rinishidagi tovarlar buxgalteriya balansida ishlatilmagan va foydalanilmagan tovarlar deb aks ettirilsa-da, ular omborda mavjud emas (250 000 ming AQSh dollari miqdorida). Keyinchalik aniqlanishicha, ularning ba’zilari televizor ishlab chiqarishda ishlatilgan, ba’zilari esa sotib yuborilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering
Kazus №4
Yakka tartibdagi tadbirkor S. Abduraxmanova gazeta va jurnallarning chakana savdosi bilan shug‘ullanadi. 2019 yilning 11 may kuni Mirobod tumani soliq inspeksiyasi vakili S. Abduraxmonovaning kioskasiga kelib, aholiga gazeta va jurnallar sotishda fiskal xotiraga ega kassa apparatidan foydalanishga majbur ekanligini aytdi. S.Abduraxmanova sizdan huquqiy yordam berish va quyidagi savollarga javob berishingizni so‘rab murojaat qildi.
1. Gazeta va jurnallarning chakana savdosini amalga oshirishda u fiskal xotiraga ega bo‘lgan NKMni qo‘llashi kerakmi?
2. Fiskal xotiraga ega bo‘lgan NKMni qo‘llash tartibini qisqacha ta’riflang.
3. Ularni qo‘llash majburiy bo‘lgan holda fiskal xotiraga ega bo‘lgan NKMlarini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirish uchun qanday ta’sir choralarini qo‘llash mumkin?
Kazus №5
Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi Ipotekabank Yunusobod filialiga 2020 yil 15 martda "Baraka" MChJ hisobraqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror yubordi. 2020 yilning 2 martda “Baraka” MChJ ushbu bankda hisob raqam ochgan. 2 aprelda esa valyuta hisobraqamini ochdi.
Sizningcha, bank ushbu harakat uchun javobgarlikka tortilishi mumkinmi?
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Yüklə 12,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin