Kazus (Ajurli arra pedagogik texnologiyasi asosida) 1



Yüklə 282,06 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.09.2022
ölçüsü282,06 Kb.
#63747
Falsafa fani kazus



Falsafa fani rivojiga hissa qo’shgan mutafakkirlar 
KAZUS (Ajurli arra pedagogik texnologiyasi asosida) 
1. 
Buyuk mutafakkir jamiyat rivojida mehnat taqsimotining 
rolining ta’kidlaydi va birinchi ma’lum stratifikatsiya 
nazariyasini ta’riflaydi. 
2. 
U yaratgan ijtimoiy strukturada bosh element sifatida 
barqaror va normal faoliyat ko’rsatayotgan davlatning asosi 
hisoblanuvchi o’rta sinf amal qiladi. davlat shakllarini 
boshqaruvning uch to’g’ri va uch noto’g’ri shakllariga 
ajratib, davlat qurilishining ilk tasniflaridan birini taklif qiladi
3. 
Insonning hamma amallari oldindan uning taqdiriga g’zib 
qo’yilgan, shu bois u o’zi qilayotgan ishlarga ma’sul emas, 
degan nuqtai nazarini ham, qadariylarning, Olloh inson 
faoliyatlari va amallarining himoyachisi emas, degan nuqtai 
nazarini ham tanqid qilib, inson yaxshi va g’mon amallarni 
o’z erkiga ko’ra tanlashi va bu yo’lda Ollohning madadini 
olishi nazariyasini ilgari suradi 
4. 
U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi 
insoniylik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil 
shaxs voqea va xodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, 
mohiyatga intilish xaqni tanish ekanligini, insonga berilgan 
ruh aqlni rivojlantirishga,unga quvvat 
bag’ishlashga ma’sul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson 
tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak 
berishini asoslab berdi. 
5. 
dunyoning 
rang-barangligini 
tushuntirish 
uchun 
Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan 
foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada 
Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki, uning paydo bo‘lishi va 
o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz 
beradi, deb hisoblagan. 
6. 
Olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning o’z-
o’zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga 
tushishi va harakatlanishi bilan izohlanadi, deb hisoblaydi. 
Xamma narsaning yuz 
berishida 
taqdiri 
azalning 
roli, 
ilohiy 
hukmning 
mutloqlashuvi g’oyasiga qarshi chiqib, dunyo kamoloti uchun 
jamiyat a’zolarining erkin faoliyatiga 
ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi 
7. 
XI asrda yaratilgan «Qutadg’u bilig» asari ham ijtimoiy 
qarashlarga boy. Bu kitob axloq-odob ta’lim va 
tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo’l-yo’riqlarini, 
usullarini, chora tadbirlarini mujassamlashtirib, o’zida 
jam qilgan buyuk qomusiy asardir. 
8. Qur’oni karimdan keying ikkinchi ishonchli manba 
sanalmish “Sahihi Buxoriy” nomli hadislar to‘plamini 
tuzgan 60 mingga yaqin hadis to‘plagan ulug‘ alloma 
9. 
naqshbandiya 
tariqatining 
asoschisidir. 
Bu 
ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast —ba kor» 
shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati 
natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, 
uning qalbi doimo Ollohda, qo‘li esa mehnatda 
bo‘lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari 
singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini 
e’tirof etadi
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Abu Rayxon 
Beruniy 
2. Platon 
3. Aristotel 
4. Al-Moturidiy 
5. Abu Nasr Forobiy 
6. Imom Buxoriy 
7. Bahouddin 
Naqshband 
8. Ibn Sino 
9. Yusuf Xos Xojib

Yüklə 282,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin